Davlat va huquq


-yil 11-sentyabr kuni terroristlar qo‘lga



Yüklə 274,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/119
tarix23.12.2023
ölçüsü274,39 Kb.
#155665
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
10-sinf darslik @huquqshunoslar gfa

2001-yil 11-sentyabr kuni terroristlar qo‘lga 
olgan samolyotlar kelib urilishi natijasida 
portlagan Jahon savdo markazining egizak 
binolari


12
@edurtm_uz
Demak, ba’zida insonlarning shaxsiy manfaatlari, ba’zida esa omma hamda jamiyat 
manfaatlari biri ikkinchisidan yuqori oʻringa qoʻyilar ekan. Ular oʻrtasida ziddiyatlar yuzaga 
kelganda esa uni adolat bilan hal etishgina bizni farovon jamiyat sari yetaklashi mumkin. Ha, 
aynan adolat bilan hal etilgandagina biz inson manfaatlari hamda jamiyat manfaatlarining 
uygʻunlashuviga erishamiz. Shuning uchun ham konstitutsiyamiz muqaddimasida har 
birimiz adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak 
mas’uliyatni anglashimiz muhimligi ta’kidlangan.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI – INSON HUQUQLARI 
KAFOLATI
Zamonaviy davlatlarning deyarli barchasida inson huquqlari konstitutsiyaning yuragini 
tashkil etadi, deb ayta olamiz. Zamonaviy konstitutsiyalarning asosiy vazifalaridan biri ham 
aynan inson huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining bosh 
qomusi hisoblanmish konstitutsiyamiz ham xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan 
inson huquqlarini oʻzida aks ettiradi va ularni juda ham yuqori darajada himoya qiladi. 
Konstitutsiyaning butun boshli II boʻlimi aynan inson va fuqarolarning asosiy huquq va 
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgani ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. 
Ushbu bobda faqatgina eng asosiy moddalargagina toʻxtalib oʻtamiz. Avvalo, 
Konstitutsiyaning 19-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil 
huquq va erkinliklarga ega ekani, shuningdek, ular jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
2023-yil 30-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi 
referendumi arafasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya 
meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori 
ostidagi targ‘ibot tadbiridan lavha.
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mav qeyidan qat’i 
nazar, qonun oldida teng 
ekani ta’kidlanadi. Bu bilan 
Konstitutsiyamiz aso siy in
-
son huquqlaridan biri boʻl
-
gan tenglik va kamsitilmaslik 
huqu qini himoya qiladi.
Inson huquqlariga doir 
yana bir eng muhim mod
-
da 25-modda boʻlib, unda 
inson ning yashash huquqi 
haqida soʻz ketadi. Yashash 
huquqi insonning dunyoga 
kelgandan to vafot etgunga 
qadar ajralmas huquqi boʻlib, 
undan mahrum qilishga hech 
kimning haqqi yoʻq. Konsti
-
tutsiya insonning hayotiga 
suiqasd qilishni eng ogʻir 
jinoyat deb baholashi bilan 
mazkur huquqning naqadar 
muhim ekaniga urgʻu beradi.
Konstitutsiyaning 33-moddasi dunyo miqyosida alohida e’tirof etiladigan va koʻplab 
muhokamalarga sabab boʻladigan fikrlash, soʻz va e’tiqod erkinligi huquqini belgilab beradi. 
Konstitutsiya bu bilan bizga oʻz fikrlarimizni hech qanday majburlovlar yoki cheklovlarsiz 
erkin ifoda etishimiz mumkinligini koʻrsatadi. Bu huquqlar bizning hayotimizda naqadar 



Yüklə 274,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə