Davlat va huquq


@edurtm_uz INSON MANFAATI VA JAMIYAT MANFAATINING UYGʻUNLIGI



Yüklə 274,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/119
tarix23.12.2023
ölçüsü274,39 Kb.
#155665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
10-sinf darslik @huquqshunoslar gfa

9
@edurtm_uz
INSON MANFAATI VA JAMIYAT MANFAATINING UYGʻUNLIGI
Ushbu bobdagi inson huquqlarini oʻrganishda “inson manfaati” hamda “jamiyat 
manfaati” tushunchalarini anglab olish juda ham muhim. Chunki inson jamiyatdan alohida 
hayot kechira olmaydi. U doim biron-bir jamiyatning a’zosi boʻladi. Ammo jamiyat a’zosi 
boʻlgan shaxsning manfaatlari ba’zida jamiyat manfaatlari bilan uygʻun boʻlsa, ba’zida 
bir-biriga zid kelib qoladi. Ya’ni biz faqat ma’lum bir shaxsning manfaatinigina oʻylasak, 
jamiyatdagi boshqa insonlarning manfaatlariga putur yetib qolishi mumkin. Ammo 
faqatgina jamiyat manfaatini (ommaviy manfaatni) hisobga oladigan boʻlsak, ma’lum bir 
insonlarning manfaatlari oyoqosti boʻlishi ehtimoli bor. Bu ularning inson huquqlari yoki 
davlat tomonidan ta’minlangan asosiy huquq va erkinliklari buzilishi mumkin deganidir.
Yolgʻizlik halokatga olib keladi. Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan 
ajralgan holda yashay olmaydi. Jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy-
huquqiy qonunlar zarur bo‘ladi. Zero, inson oʻziga kerakli narsalarni faqat jamiyat 
yordamida qoʻlga kiritishi mumkin. 
Abu Ali ibn Sino
Fuqarolarning asosiy 
huquq va erkinliklari
Inson huquqlari
– Yer yuzidagi butun insoniyat uchun 
bir xilda amal qiladi.
– Xalqaro huquqdan kelib chiqadi va u 
tomonidan himoya qilinadi.
– Cheklanmaydi.
– Ma’lum bir davlat fuqarolariga ushbu 
davlat tomonidan taqdim etiladi.
– Asosan shu davlatning 
konstitutsiyasidan kelib chiqadi.
– Davlat xavfsizligi, favqulodda 
holatlar va boshqa shu kabi qoidalar 
bilan cheklovlarga uchraydi. 
Albatta, kelgusi hayotingizda siz ham oʻz manfaatlaringiz jamiyat manfaatlariga zid 
kelib qoladigan holatlarga duch kelishingiz mumkin. Jamiyat manfaatlari bu ommaning 
manfaatlari deganidir. Keling, bunga bir qancha misollarni koʻrib chiqamiz. Masalan, bir 
kishi tamakini xohlagan joyida chekishni, yana boshqa bir kishi esa avtomobil xavfsizlik 
kamarini umuman taqmaslikni hamda avtomobilda oʻtirgan boshqa yoʻlovchilar ham 
buni soʻramasliklarini xohlashi mumkin. Bir qarashda “tamaki ham, avtomobil ham oʻsha 
insonlarning mulki, ulardan qanday xohlasa, shunday foydalanaversin, ularda inson 
huquqlaridan biri boʻlmish mulkka boʻlgan huquq bor” deb oʻylashingiz mumkin. Ammo bu 
jamiyat manfaatlariga zid hisoblanadi va atrofdagilarga zarari tegishi mumkin. Shu sababli 


10
@edurtm_uz
Chekish mumkin bo‘lmagan 
joylarda chekish jamiyat 
manfaatlariga zid.
Xavfsizlik kamaridan 
foydalanish ham siz uchun, 
ham atrofingizdagilar uchun 
foydali.
Pandemiya davrida niqob 
taqish sizga yoqmasa-da, 
jamiyat manfaatlari uchun 
muhim va foydali.

Yüklə 274,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə