Bosh ventilator qurilmalari


Ventilator qurilmasi ish rejimini ravonlash



Yüklə 96,85 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü96,85 Kb.
#147904
1   2   3   4   5
Тургун маш курс лойихасиll

4.8. Ventilator qurilmasi ish rejimini ravonlash
Ventilator qurilma ish rejimini ravonlash quyidagi usullardan foydalanib bajariladi;
-ish g’ildiragi parraklarining o’rnatish burchaklarini o’zgartirish orqali;
-havo yo’naltiruvchi apparat parraklarining o’rnatish burchaklarini o’zgartirish bilan;
-ish g’ildiragini aylanish tezligini o’zgartirish usullari bilan amalga oshiriladi.
Loyihalash jarayonida, qabul qilingan ventilator tipiga qarab, ish rejimini ravonlash usuli tanlanadi.Qabul qilingan usul ventilator qurilmani barqaror ishlashini va unumdorlik bo’yicha zahirani yetarli darajada ta’minlashi hamda ish rejimini ravonlash qisqa vaqt oralig’ida kam xarajatlar bilan bajarilishi kerak.
4.9. Havo oqimi yo’nalishini o’zgartirish
Ayrim hollarda tashqi tarmoq orqali xarakatlanayotgan havo oqimining yo’nalishini o’zgartirish zarur bo’ladi. Bu amal o’rnatilgan ventilator ish g’ildiragining teskari yo’nalishida aylantirish (iloji bo’lganda) yoki havo oqimining yo’nalishini o’zgartirish uchun moslangan aylanma lahimlar va havo to’sqichlari (lyadalar) yordamida amalga oshiriladi.
Havo oqimi yo’nalishini o’zgartirish jarayoni xavfsizlik qoidalariga asosan 10 minut ichida bajarilishi shart va bunday holatda ishlaydigan ventilatorning unumdorligi normal sharoitdagi unumdorlikning 60% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ventilator qurilmani loyihalash jarayonida qabul qilingan ventilator tipiga qarab havo oqimi yo’nalishini o’zgartirish usuli tanlanadi va uning amalga oshirish yo’llari ko’rsatiladi.
4.10. Elektr yuritgich turini tanlash
Ventilator ishchi g’ildiragini aylantirish uchun zarur bo’lgan quvvat quyidagi tengliklar bilan hisoblanadi;
-ekvivalent tuynuk Amin -bo’lganda
, kvt (46)
-ekvivalent tuynuk Amaks -bo’lganda
, kvt (47)
bu yerda, - ekvivalent tuynukning Amin va Amaks bo’lgan hollardagi ventilator qurilma ish rejimlarining parametrlari.
Elektryuritgich turini tanlashda elektr yuritgich va ventilatorning xizmat muddatlarini hamda elektr energiya uchun sarflanadigan xarajatlarni etiborga olish kerak.
Agar bo’lsa, ventilatorning butun xizmat muddati uchun bir hil quvvatli elektryuritgich o’rnatiladi va uning quvvati ifoda bilan hisoblanadi.
Aks hollarda ventilatorning butun xizmat muddati uchun kamida ikki elektr yuritgich o’rnatish ko’zda tutiladi:
-birinchisining quvvati (kichikroq elektryuritgich).
kVt (48)
-ikkinchisining quvvati
, kVt (49)
ifodalar bilan hisoblanadi.
bu yerda, -quvvatning zahira koeffitsienti. Uning qiymati olinadi.
Hisoblangan quvvat va ventilator ish g’ildiragining aylanish tezligi asosida elektryuritgich turi tanlanadi. Agar hisoblangan quvvat 200 kvt gacha bo’lsa rotori qisqa tutashtirilgan asinxron elektryuritgich turini qabul qilish tavsiya etiladi. Kattaroq quvvatlarda ( kvt) sinxron elektryuritgich tanlanadi.

Yüklə 96,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə