Bosh ventilator qurilmalari



Yüklə 96,85 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü96,85 Kb.
#147904
  1   2   3   4   5
Тургун маш курс лойихасиll




BOSH VENTILATOR QURILMALARI

Kon ventilator qurilmalari yerosti lahimlarini shamollatish uchun xizmat qiladi. Ventilator qurilma yordamida yer ostidagi lahimlarga beriladigan toza havo miqdori u yerdagi ishchilarni nafas olishi, ish jarayonini tashkil etish va portlovchi hamda zaharli gazlarni xavfsizlik talablari miqdorigacha suyultirish uchun yetarli bo’lish kerak.


Shaxta maydoni katta bo’lgan va chuqur konlarda shamollatishga sarflanadigan havo, (og’irlik bo’yicha) qazib olinadigan foydali qazilmadan 4-5 marta katta. Bunday katta miqdordagi havoni yer osti lahimlariga yetkazib berish uchun unumdorligi 400-500 m3sek, quvvati 34 ming kVt bo’lgan zamonaviy vetilatorlar qo’llanilmoqda.
Elektr energiya sarfi bo’yicha ventilator qurilmalar eng ko’p elektrenergiya iste’mol qiladigan qurilma hisoblanadi. Shuning uchun ventilator qurilma uskunalarini to’g’ri hisoblash va tanlash, uning iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi omillardan biridir.


4.1. Hisoblashdan maqsad va yechiladigan masalalar
Kon ventilator qurilmalari yer osti lahimlarini shamollatishda va kon ishchilarining yer ostida ishlashi uchun yetarli miqdorda toza havo yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Kon ventilator qurilmalari shamollatish maydoniga, hamda bajaradigan vazifasiga qarab ikki turga, ya’ni bosh ventilator va lahim o’tish ventilator qurilmalariga bo’linadi.
Bosh ventilator qurilmalari konlardagi barcha lahimlarni shamollatish uchun xizmat qiladi va ularni loyihalash uchun quyidagi ma’lumotlar berilishi kerak.
-konni normal shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori- Qsh, m3sek;
-konning maksimal-Nmaksva minimal-Nmin depressiyalari (lahimninig boshlang’ich va ohirgi kesim yuzalaridagi havo bosimlari ayirmasi), kgsm2 yoki mm.suv ustuni:
-konning gaz ajralish kategoriyasi.
-konning yillik unumdorligi-A , mln.t
Agar Qsh, Nminva Nmaks-larning qiymatlari berilmagan hollarda ularning miqdori konning unumdorligi, uning nisbiy gaz ajralish kategoriyasi va kon lahimlarining geometrik o’lchamlari asosida hisoblanadi.
Bosh ventilator qurilmasini loyihalashda quyidagi masalalar hal etiladi;
-ventilator qurilmaning texnologik sxemasini tanlash:
-ventilator o’rnatiladigan joyni aniqlash;
-ventilator turini tanlash;
-tashqi tarmoq ekvivalent tuynugining qiymatlarini hisoblash;
-ventilator qurilmaning tashqi tarmoq xarakteristikalarini ifodalovchi H1=f(Q) va H11=f(Q) tenglamalarni aniqlash;
-ventilator qurilmaning, ekvivalent tuynukning eng kichik-Aminva eng katta Amaks qiymatlariga mos keluvchi, ish rejalarini aniqlash;
-ventilator qurilmaning unumdorlik bo’yicha zahirasini hisoblash va xavfsizlik qoidaliri asosida tegishli qaror qabul qilish.
-ventilator qurilma ish rejimini ravonlash usulini tanlash;
-havo oqimi yo’nalishini o’zgartirish usulini tanlash;
-ventilator validagi quvvatni hisoblash va elektryuritgich turini tanlash;
-ventilator qurilmaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash.

4.2. Konlarni normal shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori


a. Yer osti bir vaqtda ishlaydigan odamlar soni bo’yicha
, m3 min; (33)
bu yerda 6-bir kishi uchun zarur bo’lgan havo miqdori, m3 min;
p-bir vaqtda yer ostida bo’ladigan odamlar soni;
Kz=1,3 1,6-zahira koeffitsienti.
b. Portlash xavfini sodir etuvchi gazlarning ajralishi bo’yicha.
-I, II, va III-kategoriyali konlar uchun
, m3 min; (34)
-yuqori kategoriyali konlar uchun
m3 min; (35)
bu yerda Ash-konning sutkalik unumdorligi, m3;
-konning nisbiy sergazligi, m3/ m3;
Cd-kon havo oqimidagi gazning ruxsat etilgan maksimal miqdori, %. Hisoblarda 0,8 qabul qilinadi.
-bir metr kub tog’ jinsini qazib olish uchun zarur bo’lgan havo miqdori, m3min. Uning qiymati 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval




Konlarning gaz ajralish kategoriyasi




1

2

3

yuqori

Bir metr tog’ jinsini qazib olish uchun zarur bo’lgan havo miqdori

1,4




1,75


2,1


2,1




v. Bir yo’la portlatiladigan portlovchi modda miqdori bo’yicha


, m3min; (36)
bunda V-bir yo’la portlatiladigan portlovchi modda miqdori, kg
T-portlatishdan keyingi shamollatish vaqti, min
Iv-portlatuvchi moddaning gazchanligi, m3kg
Uning qiymatlari portlatuvchi moddaning turiga qarab 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval

№:

Portlovchi modda turi

Iv

1.
2.
3.

Grammonit 79 21
Ammonit
Granulit : AS-8
AS-4

0.73
0.45
0.5-0.6
0.5-0.6

g. Chiqindi gazlarni (ichki yonuv dvigatellari qo’llanilgan shaxtalarda) zararsiz kontsentratsiyaga keltirish bo’yicha shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori quyidagicha hisoblanadi.


,m3 min; (37)
bu yerda, v-ichki yonuv dvigateli quvvatining har bir ot kuchiga sarflanadigan havo miqdori, m3min.
Uning qiymatini ( 5-6) m3min oralig’ida olinadi;
N-ichki yonuv dvigatellarning umumiy quvvati, ot kuchi.



Yüklə 96,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə