Mexanikani o’qitishda fizik kattaliklarning ekvivalent ta’riflaridan foydalanish samaradorligi



Yüklə 154,09 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü154,09 Kb.
#149874
portal.guldu.uz-maqola


MEXANIKANI O’QITISHDA FIZIK KATTALIKLARNING EKVIVALENT TA’RIFLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


I.R.Kamolov, D.I.Kamolova
Navoiy davlat pedagogika instituti

Hozirgi kunda umumta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim oldidagi asosiy vazifa – yoshlarning intellektual salohiyatga ega bo’lishlarini ta’minlashdan iboratdir. Biz quyida talabalarning fizika fanini chuqur egallashlari uchun fizik kattaliklarning ekvivalent ta’riflaridan foydalanishni namuna sifatida keltiramiz va bu mustaqil amaliy mashg’ulot ishlanmasining afzalliklari quyidagilarda deb bilamiz:



  • Talaba fizik kattalik haqida to’liq va mukammal tushunchaga ega bo’ladi;

  • Fizik kattalikni aniq yoritish uchun bir necha o’quv adabiyotlaridan foydalanadi;

  • Mustaqil izlanadi va h.k.

Fizik kattaliklarning o’quv adabiyotlarida an’anaviy tarzda keltiriladigan ta’riflari (1.) va ularga ekvivalent bo’lgan ta’riflar (2.):
1. Jismning birlik vaqt ichida bosib o’tgan masofasiga tezlik deb aytiladi, uning matematik ifodasi quyidagicha:
Jismning aniq bir vaqt momentidagi yoki trayektoriyaning aniq bir nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi, ya’ni:
2. Moddiy nuqtaning vaqt o’tishi bilan fazodagi harakati jadalligini tavsiflovchi fizik kattalikka tezlik deb aytiladi.
1. Jism harakati tezligining birlik vaqt ichida o’zgarishiga tezlanish deb aytiladi, uning matematik ifodasi quyidagicha:
2. Tezlanish deb, jismning oniy tezligining o’zgarish tezligiga miqdor jihatdan teng fizik kattalikka aytiladi.
1. Jismni harakatga keltiruvchi fizik kattalikka kuch deb aytiladi.
2. a) Jismlarning harakat yo’nalishini o’zgarishiga sabab bo’luvchi fizik kattalikka kuch deb aytiladi yoki
b) jismlarning harakatini va shaklini, yoki ikkalasini bir vaqtda o’zgartiruvchi o’zaro ta’sir kuch deb ataladi.
1. Jismning inertligini tavsiflovchi fizik kattalik massa deb ataladi.
Jismning tinch yoki harakat holatini saqlash qobiliyati inertlik deb ataladi.
2. Jismda bor bo’lgan modda miqdoriga ham massa deb ataladi
1. Kuchning ko’chish kattaligiga ko’paytmasiga ish deb aytiladi, uning matematik ifodasi quyidagicha:
Bu yerda F va S orasidagi burchak.
2. a) Jismlarning o’zaro ta’siri natijasida jismlar o’rtasida mexanik harakatning almashinuvi yoki uzatilishiga ish deb aytiladi.

Bu yerda o’zaro ta’sir natijasida jismlar o’rtasida mexanik harakatning almashinuvi yoki uzatilishini miqdor jihatidan ham belgilaydi, ya’ni F va S yo’nalishlari o’zaro parallel bo’lsa, Amax va F va S yo’nalishlari o’zaro perpendikulyar bo’lsa, Amin ish bajariladi.
b) Energiyaning o’zgarishiga ham ish deb ataladi, ya’ni
Foydalanilgan adabiyotlar

    1. A.G’.Rasulmuxamedov, J.Kamolov, B.F.Izbosarov. Umumiy fizika kursi. Toshkent O’qituvchi 1989.

FIZIKA FANINI O’QITISHDA NOAN'ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


B.F.Izbosarov, N.Tosheva, N.Sharopova
Navoiy davlat pedagogika instituti

Yoshlarning intellektual salohiyatini yuqori darajaga ko’tarishda ta’lim berayotgan o’qituvchilarning har tomonlama dunyoviy va zamonaviy bilim, ko’nikma va yuqori malakalarga ega bo’lishlarini bugungi kun taqozo etmoqda. Bu borada keyingi vaqtlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida yetarlicha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Islohotlar natijasida ta’lim jarayonini ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ta’lim jarayonida bu texnologiyalarni qo’llash natijasida talabaning faolligini oshirish, bilish faoliyatini rivojlantirish, mustaqil ta’limga asoslanishi va ijodiy izlanishlarni rivojlantirish asosida fanni talab darajasida o’zlashtirib olish samaradorligiga erishish mumkin. Buning uchun biz quyida fizikaning mexanika va molekulyar fizika bo’limini o’qitishda ekvivalent ta’riflaridan foedalanishni taklif etamiz:


1. Vaqt birligi ichida, F kuch bajargan ishga son jihatdan teng bo’lgan fizik kattalik quvvat (N, P) deb ataladi, uning matematik ifodasi quyidagicha:
2. Jismning ish bajarish jadalligini (tezligi) ifodalovchi fizik kattalikka quvvat deb ataladi, ya’ni
Talabalar tomonidan ko’pincha, 1 Ot kuchiga teng quvvat qanday o’lchov birlik deb so’raladi. Bunga quyidagicha javob berishimiz ham mumkin:
1 Ot kuchiga teng quvvatni quyidagicha tasvirlash ham mumkin
Demak, 1 Ot kuchi massasi 75 kilogramm bo’lgan jismni 1 sekund ichida 1 metr balandlikka ko’tarish uchun bajarilgan ishga teng. Buni quyidagicha ham hisoblab topish mumkin:
1. Jismlarning issiqlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalikka harorat deb aytiladi.
2. Harorat molekulalar xaotik issiqlik harakati o`rtacha kinetik energiyasining o`lchovidir yoki harorat issiqlik muvozanati holatini tavsiflaydi.
1. T absolyut nol harorat (-273,16C) haqida fikr yuritganda, bu haroratda gaz bosimi nolga teng va eng past haroratdir deyiladi.
2a. Absolyut nol haroratda gaz izoterma va adiabatalari bir-biriga mos tushadi yoki absolyut nol haroratda entropiya nolga teng bo’ladi.
2b. Absolyut nol haroratda jismni tashkil etgan molekulalarning kinetik energiyasi nolga teng.
2v. Odatda absolyut nol haroratda moddalar orasidagi fizik farqlar ham yo’qoladi.
Yüklə 154,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə