Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə7/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda muammoga doir siyosiy, sohaga doir ilmiy, ilmiy-metodik adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy o‘rganish va tahlil etish; DTS, milliy o‘quv dasturi, darslik kabi hujjatlarni o‘rganish; sotsiologik-pedagogik (kuzatish, suhbat, so‘rovnoma); pedagogik tajriba-sinov; monitoring; natijalarni matematik-statistik tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi raqamlashtirish strategiyasi, infratuzilma va raqamli kontent, raqamli ma’lumotlarni boshqarish, raqamli savodxonlik, o‘quv dasturlari va standartlar, ta’lim strategiyalari va modeli, malaka oshirish treninglari, o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holati kabi omillari maktablarning raqamli salohiyati va transformatsiyasini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni kontentni boshqaruv tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari, ommaviy ochiq onlayn kurslar, virtual borliq, to‘ldirilgan borliq, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, buyumlar interneti, mobil texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, smart texnologiyalar kabi raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari va ta’limga samarali integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik loyihasi pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik xuquqi kabi talablari hamda reja-loyihani ishlab chiqish, vaqtni tasdiqlash, dasturiy ta’minotni yaratish va sinovdan o‘tkazish bosqichlarining uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan va raqamli ta’lim platformasi ishlab chiqilgan;
raqamli ta’lim platformasini amaliyotga joriy etishning didaktik modeli tashkiliy, boshqaruv, texnologik, pedagogik, ahloqiy, dizayn, baholash va resurslarni qo‘llab-quvvatlash kabi komponentalar, tahlil qilish, standartlarni aniqlash, faollashtirish, loyihalash, ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash kabi pedagogik dizayn modeli hamda TPACK, SAMR, RAT, PICRAT texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning xususiy-metodik asoslari raqamli ta’lim platformasini “blended learning”, “flipped classroom”, “project-based”, “collaborative”, “gamifacition” kabi texnologiyalariga asoslangan aralash ta’lim sharoitida intensiv joriy etish asosida takomillashtirilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə