Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta


-rasm. Raqamli ta’lim platformasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

3-rasm. Raqamli ta’lim platformasi

Dissertatsiyani “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformalaridan foydalanish metodikasi” deb nomlangan uchinchi bobda raqamli ta’limni tashkil etish modeli, raqamli ta’lim platformasi tarkibi, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning didaktik modeli va darslarni tashkil etish strategiyalari va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish metodikasi yoritilgan.


Raqamli ta’lim platformalarining yaratilishi uni takomillashtirishda ishtirok etgan o‘qituvchilarning metodologik, metodik va axborot-texnik tayyorgarligini umumiy darajasini, pedagogik faolligini oshirish va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Elektron ta’lim sohasida global elektron ta’limning 8 ta yo‘nalishdan iborat Xan tomonidan ishlab chiqilgan klassik model keng qo‘llanilgan. Ushbu model quyidagi yo‘nalishlardan (dimensions) iborat: tashkiliy, boshqaruv, texnologik, pedagogik, ahloqiy, dizayn, baholash, resurslarni qo‘llab-quvvatlash. Xan modeli yaratilgan vaqtda raqamli texnologiyalar ko‘zda tutilmaganligi sababli, tadqiqot davomida ushbu model takomillashtirildi hamda raqamli ta’lim modeli sifatida taklif etildi(3-rasm). Har bir yo‘nalish raqamli ta’limni sifatli qo‘llab-quvvatlash, loyihalash, ishlab chiqish va baholash sifati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.

2-rasm. Raqamli ta’lim modeli komponentlari
Raqamli ta’lim platformasi yordamida o‘qitish – bu ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati, motivi, intellekti va imkoniyatini inobatga oluvchi, zamonaviy innovatsion va raqamli texnologiyalaridan ta’lim oluvchi bilimini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Raqamli ta’lim platformasi yordamida o‘qitish o‘qitishni differensiallash va individuallashtirishning asosiy tamoyili sifatida qaraladi.
Raqamli ta’lim platformasi asosida ta’limni tashkil etish uchun puxta o‘ylangan pedagogik yondoshuv(pedagogik dizayn) zarur bo‘ladi. Ta’lim nazariyalariga asoslangan pedagogik dizayn (ID - instuctional design) - bu o‘quv maqsadlari va ehtiyojlarini tahlil qilish, o‘quv faoliyati, materiallar va baholash strategiyalarini tizimli ishlab chiqish hamda o‘quvchilarning belgilangan ta’lim natijalariga erishishini ta’minlash jarayoni. Bugungi kunda ta’lim jarayonida ko‘plab pedagogik dizayn modellari va tamoyillaridan foydalaniladi. Dissertatsiyada ADDIE, SAM, ASSURE, Merril, Gagne modellari tahlil qilindi hamda raqamli ta’lim platformasi uchun o‘quv materiallarini tayyorlashning tahlil qilish(analysis), standartlarni aniqlash(standart), faollashtirish (activation), loyihalash (design), ishlab chiqish (development), amalga oshirish (implementation), baholash (evalution) tamoyillaridan iborat TCFLIAB(ASADDIE) modeli taklif etildi.
Raqamli ta’lim platformalarini uchun o‘quv materiali tayyorlashda pedagogik dizayndan foydalanish: o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilishga yordam beradi; o‘quvchilarni ko‘p faktlar va ma’lumotlarga botib ketmasliklari uchun ma’lumotlarni tizimlashtirishga yordam beradi; o‘qituvchi nafaqat natijalarni oladi, balki ularni tahlil qiladi. Natijalarni tahlil qilmasdan o‘quv loyiha muvaffaqiyatli bo‘lganligini bilib bo‘lmaydi. Demak, mohiyatan pedagogik dizaynining roli bilimlarni nafaqat samarali, ta’sirchan va o‘quvchilarni qiziqtiradigan tarzda egallashga yordam beradigan o‘quv tajribalarini yaratishdan iborat. Balki, o‘quvchilarni mavzuni chuqurroq va mazmunli tushunish, rag‘batlantirish orqali o‘zlashtirish jarayonini yaxshilash va kerakli bilim darajalariga ega bo‘lishiga qaratilgan.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə