Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə12/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

O‘quv dasturlari va standartlar

O‘quv dasturida o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni targ‘ib qiluvchi standartlar bo‘lishini nazarda tutadi.

O‘qituvchi yondoshuvi va ta’lim strategiyalari

Ushbu omil o‘qituvchining raqamli texnologiyani o‘quv jarayoniga integratsiyasini amalga oshirish uchun eng samarali ta’lim strategiyalari, yondashuvlari hamda modelidan foydalanishini nazarda tutadi.

O‘qituvchilar malakasini oshirish treninglari

O‘qituvchilarga raqamli texnologiyalarni sinf amaliyotiga samarali kiritishi uchun texnik va dasturiy yordam hamda innovatsion texnologiyalarni ta’limda qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish treninglarda qatnashish imkonini berish kerak.

O‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi

Bu o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati va ijtimoiy-madaniy muhiti ularning ta’lim yutuqlariga ham ta’sir qilishini anglatadi.

Maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va favqulodda vaziyatlar

Maktablarning geografik joylashuvi, ijtimoiy-iqdisodiy ahvoli hamda favqulodda vaziyatlar (pandemiya, davlatlar urushi, turli xil ofatlar va b.)ning ta’sirini nazarda tutadi.

Maxfiylik va xavfsizlik

Maktablar o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoyasini va ularning onlayndagi xavfsizligini ta’minlashi kerak.

Izlanishlar natijasiga ko‘ra, raqamli texnologiyalar tavsifi va uning mobil texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, taqsimlangan texnologiyalar, SMART texnologiyalar, buyumlar interneti texnologiyalar, virtual borliq texnologiyalar, to‘ldirilgan borliq texnologiyalar, Web 2.0/Web3.0 texnologiyalar, ijtimoiy media texnologiyalar, multimedia texnologiyalar, o‘yinli texnologiyalar, blokcheyn texnologiyalari, 3D texnologiyalar, tezkor prototiplash texnologiyalari, ta’limni boshqaruv tizimlari, kontentni boshqaruv tizimlari, ommaviy ochiq onlayn kurslar, katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt, infografika kabi tarmoqlari mazmuni ochib berildi.


Mamlakatimizdagi ta’lim tizimi ham - uni tashkil etish prinsiplari, mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta’lim texnologiyalari talablari darajasida tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Informatika va axborot texnologiyalari ta’limining umumta’lim maktablarida o‘qitilishining amaldagi joriy holati va to‘plangan tajribalar tahlili, raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari va ta’limga samarali integratsiyalashuvini hisobga olgan holda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni takomillashtirildi hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimlarida Informatika ta’limini uzviyligini taʼminlash konsepsiyasi, Informatika va axborot texnologiyalari fani milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Dissertatsiyani “Raqamli ta’lim platformalarini pedagogik loyihalash va dasturiy ta’minoti” deb nomlangan ikkinchi bobida raqamli ta’lim platformalarini yaratish zaruriyati, mazkur muammoning mamlakatimizda va xorijda o‘rganilganligi haqidagi ma’lumotlar ilmiy-pedagogik nuqtai-nazardan tahlil etildi va platformani yaratish metodologiyasi, jumladan platformani yaratish talablari, konsepsiyasi, bosqichlari, pedagogik loyihasi, tarkibi, mazmuni hamda dasturiy ta’minoti yoritildi. Shuningdek, raqamli resurslarini tayyorlashning pedagogik dizayn modeli keltirib o‘tildi.
Raqamli ta’lim platformalari evolyusiyasi bevosita elektron ta’lim platformalari evolyusiyasi bilan bog‘liq. Shu sababli tadqiqotda elektron ta’lim platformalari evolyusiyasi va imkoniyatlari ilmiy tahlil etildi hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim platformalarini didaktika qonunlari va chuqur bilimga asoslanganlik yondashuvi asosida ishlab chiqish zarurligi asoslandi.
Tadqiqot davomida raqamli ta’lim platformalarini yaratish uchun pedagog-psixolog, dizayner, front-end va back-end dasturchi kabi mutaxassislar jamoasi va ularning vazifalari belgilandi.
Raqamli ta’lim platformalarini yaratishning pedagogik, psixologik, didaktik, dizayn, texnik, mualliflik huquqi talablari hamda konsepsiyasi tarkibi aniqlandi va ular asosida raqamli ta’lim platformalarini yaratish bosqichlari ishlab chiqildi va raqamli ta’lim platformasini yaratish jarayoniga tatbiq etildi(1-rasm).




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə