Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bmi mashhura

 
 
NH
2
Аnilin 
R
|
R
x
Аromatik aminlar 
NH

Аkridin 

Piridin

Xinolin

Fenantridin

Piperidin
NН 
Izoxinolin

Benzxinolin



 
Neftning neytral azot – organik birikmalari 
Azot saqlovchi neytral birikmalar asosan pirrol, indol va karbazol hosilalari, 
hamda kislota amidlaridan iborat. Pirrolning alifatik qator hosilalari neftdan ajratib 
olinmagan, biroq, ularning mavjudligi haqida fikr - gumonlar ham yo`q emas. 
Pirrolning aromatik hosilalari bo`lmish indol, karbazol va ularning gomologlari 
topilgan va neftdan ajratib olingan. Masalan, AQSh neftlarida quyidagi birikmalar 
va ularning hosilalari borligi aniqlangan: 
Karbazol, benzokarbazol hosilalarining miqdori yuqori qaynaydigan 
fraksiyalar (450-540
0
C) da ortib borib, azotli birikmalarning asosiy qismini tashkil 
qiladi. Undan tashqari, og`ir neft qoldiqlarida porfirinlar (metin ko`prigi orqali 
bog`langan 4 pirrol halqasi) va kislota amidlari mavjuddir. Benzin fraksiyalarida 
azot amalda aniqlanmaydi. Azotli birikmalar azotli asoslarining ko`pchilik qismi 
dizel va keng gazoyl fraksiyalarida yig`ilgan. Azotli birikmalarning asosiy massasi 
500
0
C gacha haydaluvchi fraksiyadan so`ng qolgan qoldiqda kuzatilib, asosan 
karbazol va pirrol hosilalaridan, ya'ni, neytral azotli birikmalardan iborat bo`ladi. 
Azotli asoslarga esa qoldiqdagi azotning 1/3 qismi to`g`ri keladi. 
Neftning oltingugurt saqlovchi birikmalari 
Hozirda neft zahiralarining dunyo bo`yicha ko`pchilik qismi oltingugurtli yoki 
yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Ushbu neftlarni qayta ishlash va neft 
mahsulotlarini yoqilg`i sifatida ishlatish qo`shimcha xarajatlar bilan bog`liq. 
Benzin tarkibida oltingugurt miqdorining 0,033% dan 0,15% (massaviy) ga 
ko`tarilishi motorlar quvvatini 10,5% ga pasaytiradi, yoqilg`i sarfini 12% ga, 
dvigatellarning kapital ta'mirlanishini 2 martaga, o`rtacha ta'mirlash muddatini esa 
2,1 martaga oshiradi. Ushbu holatlarda ta'mirlash davridagi to`xtashlarni 
kompensatsiyalash uchun mavjud mashinalar parkini 1,7 martaga oshirish lozim. 
Xuddi shunday zarar oltingugurtli dizel yoqilg`ilarini ishlatilganda ham kuzatiladi. 
NH 
Indol
(Benzopirrol) 
NH 
Каrbazol 
NH 
Benzokarbazol 


 
Ekspluatatsiya zararidan tashqari, oltingugurtli yoqilg`ilarni ishlatish atmosfera - 
muhitiga katta zarar yetkazadi; dvigatellarda ularning yonishi oqibatida oltingugurt 
oksidlari hosil bo`lib, o`simliklarga va odam organizmiga o`ta ziyon keltiradi. Shu 
bois 50 - yillardan boshlab bizda va chet elda juda yuqori sur'at bilan neft 
mahsulotlarini oltingugurtli birikmalardan tozalash jarayonlari rivojlana boshladi. 
Volga - Ural, G`arbiy Sibir
,
, Janubiy O`zbekiston va Qozog`istonning ayrim 
neftlari tarkibida 1 - 2% (mass.) oltingugurt mavjud. Yuqoridagi natijalarga binoan 
neftning oltingugurtli birikmalari tarkibini chuqur o`rganish va ularning 
xossalarini, ularni yo`qotish usullarini va ishlatilishini o`rganish va bilish talab 
qilinadi. 
Xuddi kislorodli birikmalar kabi neftning oltingugurtli birikmalari ham 
fraksiyalarga notekis tarqalgan. qaynash haroratining oshishi bilan oltingugurtli 
birikmalar ham tarkibda oshadi. Oltingugurtli birikmalarning 70 - 90% i og`ir neft 
qoldiqlarida mujassamlangan bo`lib, ayniqsa, asfaltenli - smolali qismida ko`proq 
kuzatiladi. 
Neftning oltingugurtli birikmalarining kimyoviy tarkibi bo`yicha o`ta turli-
tumandir. Neftlarda erigan holda ham, kolloid holatda ham elementar oltingugurt 
uchratilishi mumkin. Shu bilan birgalikda erigan vodorod sulfid, merkaptanlar 
(tiospirtlar), polisulfidlar, siklik sulfidlar (tiofan tipidagi) va tiofen hosilalari 
kuzatiladi (jadvalga qarang). Bundan tashqari aralash oltingugurt - kislorod 
saqlovchi birikmalar - sulfonlar, sulfoksidlar va sulfon kislotalarda mavjuddir. 
Neftning smolali - asfaltenli qismida tarkibida bir vaqtda oltingugurt, azot va 
kislorod atomlari bo`lgan murakkabroq birikmalar ham kuzatiladi. Hozirda neftda 
250 dan ortiq oltingugurt saqlovchi birikmalar topilgan. Ularning asosiy 
ko`pchiligi yengil va o`rta distillat fraksiyalaridan ajratib olingan.
Neftning oltingugurtli birikmalarining asosiy qismi - yuqori molekulyar 
massa va qaynash haroratiga ega bo`lib, ularning ko`pchiligi (70-90%) mazut va 
gudron tarkibida kuzatiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə