K I R I S H
Ilg’or tеxnologiyalarning bosh maqsadi –
tashlandiq va foydasiz narsalardan foydali
narsalarni ishlab chiqarish usullarini
izlab topishdir.
D.I.Меndeleyev.
Mavzuning dolzarbligi.
Organik birikmalarni
ishlab chiqarish qadimdan
boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi
mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari
va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy
moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va
gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik
kimyo taraqqiyotida yirik
muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish
nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo
va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni
kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo
bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni,
oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
O'zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat
iqtisodiyotining eng yirik
tarmoqg’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublikamiz neftgaz sanoatining
keyingi yillarda barqaror rivojlanganligini, mustaqillikka erishish yo’lida salmoqli
ishlar qilinganligini ta’kidlab, yoqilg’i energetika kompleksni bundan buyon ham
jadal rivojlantirish siyosatimizning ustvor vazifasi bo’lib
qolishga katta ahamiyat
berib kelmoqda.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi
gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida
atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin
ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
O’zbeekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin
birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish,
atrof-muhitni
muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim
yo’nalshlardan biri hisoblanadi
1
.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda
aromatik aminlar, oksigenatlar-
alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi
butil
efiri)
metallosenlardan
foydalanilmoqda.
Aromatik
aminlar
va
metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan
katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat
xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar
yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: