Birja risklari. Defolt va soliqqa tortish riskining ta’siri. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish


Defolt va soliqqa tortish riskining ta’siri



Yüklə 204,53 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü204,53 Kb.
#141517
1   2   3   4   5   6   7   8
8 мавзу Активлар риски

2. Defolt va soliqqa tortish riskining ta’siri
Ba’zan bir xil kupon daromadliligi va qaytarish muddatiga ega bo’lgan obligatsiyalar turli narxlarda sotiladigan vaziyatga duch kelish mumkin. Ushbu farqlar boshqa omillarning qimmatli qog’ozlar qiymatiga ta’siri bilan shartlangan bo’lib, bu ular tashqi ko’rinishidangina bir xil tuyulishini anglatadi.
Bir xil fiksirlangan pul tushumlari oqimini ta’minlaydigan obligatsiyalar bir qator sabablarga ko’ra o’zaro farq qilishi mumkin. Ammo bunda defolt riski va soliqqa tortish shartlari muhim ahamiyat kasb etadi. Misol tariqasida bir yildan keyin 1000 sh.b. to’lov talab qilinadigan obligatsiyani ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, AQSh G’aznachiligining yillik obligatsiyalari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6% ni tashkil etadi. Bu qimmatli qog’ozlar defolt riskiga duchor bo’lmaydi va shuning uchun bunday obligatsiyaning narxi 1000 sh.b./ 1,06 = 943,40 sh.b.ni tashkil qiladi. Biroq qandaydir defolt riski (ya’ni, to’lovsizlik riski) mavjud bo’lsa, bu risk qanchalik kichik bo’lishidan qat’i nazar, bunday obligatsiyalar narxi 943,40 sh.b.dan kamroq, uning daromadliligi esa yiliga 6% dan yuqoriroq bo’ladi.
Obligatsiyalarni soliqqa tortish darajasi emitent kim hisoblanishi yoki bevosita obligatsiya turiga bog’liq bo’lishi mumkin. Bularning hammasi, albatta, obligatsiyalarning qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, AQShda shtat hukumatlari va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardan olingan daromadlar federal daromad solig’idan ozod qilinadi. Boshqa barcha o’xshash parametrlarda bu xususiyat soliq to’lovchilar uchun bunday obligatsiyalarni yanada jozibador qiladi va boshqa o’xshash obligatsiyalar bilan solishtirganda, ularning narxi yuqori (daromadliligi mos ravishda kam) bo’ladi.
Tashqi o’xshash fiksirlangan daromadli qimmatli qog’ozlar o’rtasidagi narx farqini yuzaga keltirib chiqaradigan boshqa ko’plab omillar ham mavjud.
Obligatsiyalar qiymat va daromadliligiga ta’sir qiladigan quyidagi ikki imkoniyatni ko’rib chiqamiz:

  1. Muddatidan avval qayta sotib olish imkoniyati. Bu xususiyat emitentga o’z obligatsiyalarini uni qaytarishning oxirgi muddati tugashidan oldin sotib olish huquqini beradi. Bunday obligatsiya qayta sotib olish huquqiga ega obligatsiya deyiladi.

  2. Konvertatsiyalanuvchanlik. Bu xususiyat obligatsiya egasiga uni mazkur obligatsiyalarni chiqargan kompaniyaning oldindan belgilangan aktsiyalar miqdoriga ayirboshlash huquqini beradi. Bunday o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan obligatsiya konvertatsiyalanuvchan obligatsiya deb ataladi.

Ta’bir joiz bo’lsa, obligatsiyani emitent uchun yanada jozibador qiluvchi har qanday xususiyat uning narxi pasayishiga olib keladi, mos ravishda, investor nazdida obligatsiyalar qiymatini oshiruvchi xususiyatlar narx oshishiga olib keladi. Shuning uchun muddatidan avval qayta sotib olishni amalga oshirish imkoniyati bunday obligatsiyalar narxi pasayishiga (va qaytarishda uning daromadliligi ortishiga) olib keladi. Konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyati esa obligatsiyalar narxi oshishiga va qaytarishda uning daromadliligi pasayishiga sabab bo’ladi.

Yüklə 204,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə