Birja risklari. Defolt va soliqqa tortish riskining ta’siri. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish



Yüklə 204,53 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü204,53 Kb.
#141517
  1   2   3   4   5   6   7   8
8 мавзу Активлар риски


8-Mavzu: Aktivlar riski REJA:

  1. Birja risklari.

  2. Defolt va soliqqa tortish riskining ta’siri.

  3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish.

  4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash

1. Birja risklari


Birja risklari birja bitimlaridan yo’qotishlar xavfini o’zida aks ettiradi. Bu risklarga quyidagilar kiradi: tijorat bitimlari bo’yicha to’lovsizlik riski, brokerlik firmalariga komissiya mukofotlarining to’lovsizlik riski va h.k.
Deyarli barcha birja faolligi bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatga, shuningdek, birjachilarning faoliyati va professionalizmiga bog’liq ravishda bitta riskka emas, balki risklar majmuiga duchor bo’ladi.
Risklar yo’q bo’lgani holda daromad olish kafolatlangan birja faoliyati yo’q. Birja savdolarining har bir ishtirokchisi mavjud riskka oid muammolarni hal etish orqali daromad olishga harakat qiladi va bevosita risklar bilan bog’liq vaziyatlardan qochish uchun barcha choralarni ko’radi. Birja savdosidagi risklarning xarakterli xususiyati shundaki, ular barcha ishtirokchilarga, hatto birja savdosiga bevosita aloqador bo’lmaganlarga ham ta’sir ko’rsatadi.
Birja riskini kuchaytiruvchi omillar ko’pincha ularning funktsiyalariga ta’sir qiladi. Birja savdosida risklar mohiyatini to’liqroq aks ettiruvchi risk funktsiyalari sirasiga innovatsion, tartibga soluvchi va himoya funktsiyalari kiritiladi. Analitik funktsiyani ham riskning funktsiyalari qatoriga kiritish mumkin. Bu risk mavjudligi mumkin bo’lgan echim variantlaridan birini tanlab olish kerakligini anglatadi. Shunga boshliq ravishda, birjachilar qarorlar qabul qilish jarayonida barcha mumkin bo’lgan variantlarni tahlil qilib, eng rentabelli va kam riskli variantni tanlashadi.
Fond va valyuta birjalarida risk ko’pincha pulning xarid qobiliyatini pasayishi, boshqacha aytganda, inflyatsiya riski bilan bog’liq bo’ladi (kelajakda pul xuddi bugungidek ayni sifatdagi birja tovarlari va xizmatlarini o’sha miqdorda “xarid” qila olmaydi).
Kelajakdagi narxlar bo’yicha o’z taxminlarini hisobga olgan holda foyda olishga intiluvchi birjachilarning moliya bozoridagi xatti-harakatlarining individual va ommaviy psixologiyasi ham risk omili sanaladi.
Risklar muammosiga echim topish birja bitimining ishtirokchilari uchun qanday risk darajasi mumkinligi bilan belgilanadi. Birjachi riskka har xil munosabatda bo’lishi: riskni yoqtirmasligi, unga befarq bo’lishi yoki riskni afzal ko’rishi mumkin. Munosabat mezoni risk uchun mukofotga birjachi ehtiyoji sanaladi. Riskni yoqtirmaydigan birjachilar ehtimoliy noaniqlik uchun kompensatsiya talab qilishga har doim moyil bo’ladi. Riskka neytral munosabatda bo’lganlar mukofotga ham befarq bo’ladi, riskni afzal ko’rganlar esa keskin hissiyotlarni boshdan kechirish uchun hatto zarar ko’rishga tayyor turadi.
Har bir professional birjachi qaror qabul qilishning o’ziga xos usullariga ega bo’lib, shu asosda qanday darajadagi risk o’zi uchun qoniqarli ekanligi yoki riskdan qanday chetlab o’tish mumkinligini belgilaydi. Birja o’yinlarida tajribaga ega bo’lgan professionallar har bir risk omilini oldindan aniqlay olishadi va faqatgina risk uchun mukofot olish imkoniyati mavjud bo’lgandagina o’yinga kirishadilar.
Risklar to’g’risida qaror qabul qilish natijasida birja savdosi ishtirokchilari kutilmagan omillar yoki riskni oshiruvchi omillarni noto’g’ri baholash tufayli zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun risklarni baholashda ekspertlar birinchi navbatda qaror natijasida birja savdosi qatnashchilari uchun yo’qotishlar ehtimolini ko’rib chiqishi kerak bo’ladi. Risklarni baholashda kutilmagan natija ehtimoli va butun umumiy jihatdan ustuvorligi bo’yicha har bir riskning darajasi kabi mezonlar ancha maqbul sanaladi.
Birja savdosi ishtirokchilari qabul qilishi mumkin bo’lgan eng muhim qarorlar qaysi risklar maqbulligi va maqbul bo’lmagan yoki kutilmagan boshqa risklarni nima qilish kerakligi bilan belgilanadi. Har bir savdo qatnashchisi risk yoki mukofotlar bilan bog’liq o’z afzalliklariga ega va o’ziga ta’sir qiladigan risklarni identifikatsiya qilish, qaysi risklar o’zi uchun maqbul ekanligini hal etishi va nihoyat boshqa kutilmagan risklardan chetlab o’tish yo’llari va vositalarini topishi kerak. Shuningdek, bu qanday moliyaviy xarajatlarga olib kelishi va bunda qandaydir ma’no borligini baholay olishi ham talab etiladi. Birjachilar birja savdosi qatnashchilari ixtiyorida mavjud bo’lgan baholash usullari, uslublari va metodlarini tanlashga, shuningdek, eng maqbul riskka yondashishga majbur sanaladi.
Risklarni minimallashtirish bo’yicha choralar guruhiga xejerlash, moliyaviy zaxiralar yaratish, diversifikatsiya, boshqariluvchan risk omillariga birjachi ta’sirining variantli tizimini joriy qilish kabilar kiradi.

Yüklə 204,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə