Bildirishnoma



Yüklə 3,73 Mb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü3,73 Mb.
#153188
  1   2   3   4
Ariza, Bayonnoma, Bildirishnoma , Tavsiyanoma

Xalqaro Nordic Universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi Sultonova Shaxnoza Ermamat qizining Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi fanidan tayyorlagan


Taqdimoti
  • ARIZA
  • BAYONNOMA
  • BAYONNOMADAN KO’CHIRMA
  • BILDIRISHNOMA,
  • VASIYATNOMA
  • DALOLATNOMA

REJA:
Ariza, Bayonnoma, Bildirishnoma , Tavsiyanoma
ARIZA
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga
biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan
rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko'p qo'llanadigan va
keng tarqalgan ish qog'ozidir.
Arizalar ilmiy-tadqiqot muassasasi direktoriga, maktab direktoriga, oliy
o'quv yurti rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini
ko'rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday
boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat'i nazar, ariza o'zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi
asosida tuziladi.
Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo'llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va
familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb
topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Sud idoralariga, xo'jalik yoki hakamlik sudiga, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralariga
yoziladigan va ular tomonidan ko'rib chiqiladigan arizalar
ham mundarija jihatidan rang-barangdir. Bunda fuqarolar o'zlarining amaldagi qonunchilikda belgilab qo'yilgan huquq
va majburiyatlarini himoya qilish yoki ularning ijro qilinishini talab etib, da'vo, iltimos yoki shikoyat mazmunidagi
arizalarni yozadilar. Shuning uchun ham bunday arizalarning
aksariyati da'vo arizalari deb yuritiladi.
Da'vo arizalarining zaruriy qismlari odatdagi arizalarnikidan birmuncha boshqacharoq bo'ladi:
1. Da'vo arizasi yo'llovchining nomi, hujjatning tuzilgan vaqti va tartib raqami ko'rsatilgan to'rtburchak
muhr.
2. Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi (varaqning yarmidan boshlab o'ng tomoniga yoziladi).
3. Da'vogarning to'liq nomi va manzili (2-qismning
ostiga yoziladi).
4. Javobgarning to'liq nomi va manzili (3-qismning
ostiga yoziladi).
5. Da'vo summasi (bu qism 4-qismning so'nggi satrlari
bilan bir chiziqda bo'lishi talab qilinadi).
6. Hujjat nomi (Da'vo arizasi).
7. Da'vo arizasining matni (mazmuni) - matnda nizoning mohiyati, da'vogarning nizoni ko'ngilli ravishda hal
qilish yo'lidagi chora-tadbiri va uning natijalari, da'vogarning javobgar tomonga qo'ygan talablari, talablarning
haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.
8. Ilovalar (da'vogarning talablarini asoslovchi barcha
hujjatlar sanaladi).
BAYONNOMA

Yüklə 3,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə