Bildirishnoma


Turli yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning



Yüklə 3,73 Mb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü3,73 Mb.
#153188
1   2   3   4
Ariza, Bayonnoma, Bildirishnoma , Tavsiyanoma

Turli yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning
borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular
qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi
rasmiy hujjat. U voqelikning o'rni, vaqti va holati haqida
ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to'g'ri qabul
qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat
qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko'ruvchi organlar (ilmiy
kengash, hay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish
ko'ruvchi organlar (konferensiyalar, yig'ilishlar, anjumanlar,
komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi
kerak.
Yig'ilish stenografiya usulida (stenografik ) yoki
diktofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik)bo'l -
sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko'ruvchi organ yoki yig'ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig'ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig'ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur
bo'lsa).
8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro'yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
e) so'zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo'lsa).
11. Imzolar.
BAYONNOMADAN KO'CHIRMA
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko'chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko'chirmada
bo'lganidek, bayonnomadan ko'chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
. Bayonnomadan ko'chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Tashkilot nomi.
2. Hujjat nomi (Bayonnomadan ko'chirma).
3. Sana (majlis o'tkazilgan sana).
4. Shartli raqam.
5. Bayonnoma tuzilgan joy.
6. Matn:
a) KUN TARTIBI;
b) ESHITILDI;
d) QAROR QILINDI.
7. Imzolar.
8. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan)

Yüklə 3,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə