Bekimov Sarvarbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#150969
  1   2   3   4   5
Sarvarbek Bekimov


Toshkent Menejment va Iqtisodiyot instituti I kurs 104-23 guruhi talabasi
Bekimov Sarvarbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Talab va taklif qonuni REJA: 1.Talab qonuni va uning o’zgarishi. 2.Taklif qonuni va uning o’zgarishi. 3.Talab va Taklif elastikligi.

Talab tushunchasi

  • Talab - bu ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismidir.
  • Talab bitta individual iste’molchiga yoki bozordagi barcha iste’molchilarga (bozor talabi) tegishli bo’lishi mumkin .
  • Talab jadvali - bu kimdir sotib olishga tayyor bo’lgan turli xil mahsulot yoki xizmatlarning mumkin bo’lgan narxlar bo’yicha ro’yxati keltirilgan jadval.

Birlik mahsulot narxi ,so’m

Mahsulotga bo’lgan talab soni

500 000

2

400 000

4

300 000

6

200 000

8

100 000

10

TALAB QONUNI

  • Mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikning mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va ko’rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o’rtasida bog’liqlikbo’ladi. Ana shu bog’liqlikka talab qonuni deyiladi.

Talab qonuniga ko’ra, talab miqdori va narx qarama – qarshi yo’nalishda harakat qiladi.

  • Talab qonuniga ko’ra, talab miqdori va narx qarama – qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
  • Bog’liq tovarlarning narxi talabga ta’sir qiladi:
  • O’rinbosar tovarlar almashish imkoniyati – bu boshqasining o’rnida ishlatilishi mumkin bo’lgan mahsulot.
  • O’rnini bosadigan Tovar narxi va boshqa tovarga talab to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Masalan, CocaCola narxi o’sishi Pepsiga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.
  • Tovarlar bir-birini to’ldirganda, birining narxi bilan boshqasiga talab o’rtasida teskari bog’liqlik bo’ladi. Masalan, qulupnaydan tayyorlangan murabbo! Qulupnay narxi oshsa, murabboga bo’lgan talab kamayadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə