Ayqash chiziqlar 2 Kesishuvchi chiziqlar


O'zaro perpendikular chiziqlar chizish



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#163243
1   2   3   4
Chiziqlar

O'zaro perpendikular chiziqlar chizish. Ikkita chiziq bir-biriga nisbatan 90° burchak hosil qilib joylashsa, ularni o'zaro perpendikular chiziqlar deyiladi.
Bunday chiziqlarni aniq chizish uchun oldin gorizontal yoki vertikal, yoki ixtiyoriy vaziyatdagi qiya chiziq chizib olinadi. Gorizontal chiziqqa O nuqtasi orqali unga perpendikular chiziq o'tkazish uchun uchburchaklikning 90° li burchagi to'g'ri chiziqqa O nuqtadan 6.5-chizma, a da ko'rsatilgandek chiziladi.
Chizg'ich yoki uchburchaklik yordamida gorizontal chiziqdan parallel surilib, ikkinchi uchburchaklikning yon qirrasi O nuqtaga 6.5-chizma, b dagidek qo'yib chiziladi.
Yoki sirkul yordamida O nuqtadan ikkala tomonga bir xil radiusda yoylar chizilib, to'g'ri chiziq bilan kesishgan nuqtalar 1- va 2- dan 01 yoki 02 dan kattaroq bir xil yoylar chi­ziladi.
Yoylarning o'zaro kesishayotgan 3- va 4-nuqtalari o'zaro tutashtirilsa, berilgan chiziqqa perpendikular chiziq hosil bo'ladi (6.5-chizma, d).
Vertikal va qiya chiziqlarga ham perpendikular chiziq xuddi gorizontal chiziqqa o'tkazilgan perpendikular chiziq kabi o'tkaziladi (6.6-chizma, a).
Shu usulda AB kesmani to'rtga bo'lish uchun oldin u ikkiga, keyin har bir qismini yana ikkiga bo'lish orqali AB kesma teng to'rtga bo'linadi (6.6-chizma, b).
Konstruksiyalash haqida ma'lumot.
Har qanday buyum (narsa) ilk bor yaratilishidan oldin uning shakli va elementlarining tasviri chizish orqali aniqlanadi. Turli ko'rinish (variant)larda bajarilgan buyumning eng optimal (ma'qul) ko'rinishi tanlab olinadi va u iz-langan buyumning konstruksiyasi hisoblanadi. Konstruksiyani yaratgan odam konstruktor deyiladi.
Har bir konstruktor o'z faoliyatini turli ko'rinishdagi o'zaro parallel va perpendikular chiziqlarni hamda figuralami qo'lda, ko'zda chamalab chizish-ni mashq qilish bilan boshlaydi. So'ngra standart tomonidan belgilangan texnik rasmlardan foydalanib ijod qiladi. Texnik rasm (34-§ ga qarang)larda buyum va uning elementlaridagi qirra kabilar o'zaro parallel va perpendiku­lar tasvirlanadi. Shunda buyumning eskizlarini (32-§ ga qarang) chizishda tushunmovchilik yuz bermaydi.
O'quvchilar, sizlar ham turli holatdagi o'zaro parallel to'g'ri chiziqlar, kvadrat, aylanalami (6.7-chizma) chizmachilik albomingizga qo'lda, ko'zda chamalab chizishni tez-tez mashq qilib tursangiz, qo'lingizning kinestetik (rasm chizishga moyilligi) harakat qilishini rivojlantirib borishingiz mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Engeneering Drawing, M.B. Shah, B.C. Rana., Darslik, Indiya, 2009 y.
  • Sh. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Darslik – T. TURON IQBOL, 2007 y. 232 bet.
  • Davletov S.A. Chizma geometriya O’quv qo’llanma, T., TTYeSI, 2006 y. 132 bet.
  • Usmonov J.A. Chizma geometriya kursi. – T. ‘Ta‘lim nashriyoti, 2014 y. 240 bet.
  • 5. Karimov A.A., Alimov U.T., Shokirova X.A. Chizma geometriya fanidan amaliy mashg’ulotlar Ish daftari. T., TTYeSI, 2014.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə