Ayqash chiziqlar 2 Kesishuvchi chiziqlar


Gorizontal chiziqlar o'tkazish



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#163243
1   2   3   4
Chiziqlar

Gorizontal chiziqlar o'tkazish. Gorizontal to'g'ri chiziqlar hamma vaqt gorizont (ufq) chizig'iga parallel olinadi.
Shuning uchun ham gorizontal chiziq chizmada chizma qog'ozining yotiq tomoniga parallel o'tkaziladi.
Gorizontal chiziqlar chapdan o'ngga qarab chiziladi. O'zaro parallel gori­zontal chiziqlar chizishning eng qulay usuli ikkita uchburchaklik yoki chizg'ich va uchburchaklik yordamida chizishdir (6.1-chizma).
Ikkita uchburchaklik yor­damida parallel chiziqlar chizilganda ularning bittasi yo'naltiruvchi qilib olinadi, u qo'zg'alib ketmasligi uchun uni chap qo'l bilan bosib turiladi.
Ikkinchisi yo'naltiruvchi uchburchaklik qirrasiga surib chiziladi.
Vertikal chiziqlar chizish. Vertikal chiziqlar gorizont (ufq) chizig'iga perpendikular o'tkaziladi. Yerda tik turgan narsalar, odatda, vertikal turgan narsalar deyiladi.
Shunga ko'ra, bunday chiziqlar vertikal chiziqlar deb ataladi. Chizmada vertikal chiziqlar chizma qog'ozining tik yon tomonlariga parallel yoki gorizontal chiziqlarga perpendikular qilib o'tkaziladi.
Vertikal chiziqlar pastdan yuqoriga qarab chiziladi. Vertikal parallel chiziqlar chizishning eng qulay usuli chizg'ich va uchburchaklikdan yoki ikkita uchburchaklikdan foydalanib chizishdir (6.2-chizma, a, b).
Qiya chiziqlar chizish. Qiya holatdagi chiziqlar gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashadi. Vertikal yoki gorizontal chi­ziqlar o'z vaziyatini o'zgartirsa, qiya chi­ziqlarga o'tib qoladi. Gorizontal va ver­tikal holatdan boshqa holatni egallagan chiziqlar qiya chiziqlar deyiladi.
Qiya chiziqlar, chizmadagi holatiga ko'ra, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab chiziladi (6.3-chizma). O'zaro parallel chiziqlarni sirkul yor­damida yoki o'lchab qo'yish yo'li bilan ham chizish mumkin.
Masalan, AB to'g'ri chiziq kesmasiga 30 mm masofada unga parallel to'g'ri chiziq o'tkazish uchun sirkulda 30 mm o'lchab, A va B nuqta-lardan yoylar chiziladi va ularga urinma o'tkaziladi (6.4-chizma, a).
Yoki A va B nuqtalardan to'g'ri chiziq kesmasiga 90° burchakda ingichka chiziq chiziladi va ularga 30 mm o'lcham qo'yiladi. So'ng-ra hosil bo'lgan 1- va 2-nuqtalar o'zaro tutashtiriladi (6.4-chizma, b).

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə