Ayqash chiziqlar 2 Kesishuvchi chiziqlar


Uchrashmas to’g’ri chiziqlar ayqash chiziqlar ham deb ataladi. Bunday chiziqlar o’zaro kesishmaydilar va parallel ham bo’lmaydilar. Bu chiziqlarning umumiy nuqtasi bo’lmaydi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#163243
1   2   3   4
Chiziqlar

Uchrashmas to’g’ri chiziqlar ayqash chiziqlar ham deb ataladi. Bunday chiziqlar o’zaro kesishmaydilar va parallel ham bo’lmaydilar. Bu chiziqlarning umumiy nuqtasi bo’lmaydi.


Ma’lumki, parallel va kesuvchi to'g'ri chiziqlar bitta tekislikka tegishli bo'ladi (4 a,b-rasmlar). Uchrashmas to'g'ri chiziqlar esa bir tekislikda yotmaydi. Uchrashmas to'g'ri chiziqlarning bir nomli proyeksiyalari chizmada o'zaro kesishsa ham, ammo kesishish nuqtalari bir bog'lovchi chiziqqa tegishli bo'lmaydi.
Ayqash chiziqlar

Uchrashmas to’g’ri chiziqlar proyeksiyalarining kesishgan nuqtasi fazodagi bu to’g’ri chiziqlarning ikki nuqtasining proyeksiyalari bo’ladi. Bunday nuqtalar konkurent nuqtalar deb ataladi.

Kesishuvchi to’g’ri chiziqlari.


Kesishuvchi to'g'ri chiziqlar proyeksiyalarining kesishish nuqtalari to'g'ri chiziqlar kesishish nuqtasining proyeksiyalari bo'ladi. Kesishuvchi to'g'ri chiziqlarning bir nomli proyeksiyalari ham chizmada o'zaro kesishadi va kesishish nuqta proyeksiyalari bir proyeksion bog'lovchi chiziqda bo'ladi.

Fazoda umumiy vaziyatda kesishuvchi to'g'ri chiziqlar berilgan bo'lsa, bu to'g'ri chiziqlarning faqat ikkita bir nomli proyeksiyalarining kesishishi kifoya qiladi.

Agar kesishuvchi chiziqlarning biri proyeksiyalar tekisligining birortasiga parallel bo'lsa, u holda ularning ikkita bir nomli proyeksiyalarining o'zaro kesishuvi yetarli bo'lmaydi.


Masalan, AB va CD(38-rasm) to'g'ri chiziq kesmalarining biri W tekislikka parallel joylashgan.

Bu chiziqlarning o'zaro vaziyatini ularning profil proyeksiyalarini yasash bilan aniqlash mumkin.


Agar kesishish nuqtasining proyeksiyalari bir bog'lovchi chiziqda joylashsa, bu to'g'ri chiziqlar o'zarokesishadi, aks holda to'g'ri chiziqlar kesishmaydi.
Har qanday chizmani chizishda o'zaro parallel va perpendikular chiziqlarni chizishga to'g'ri keladi.
Bitta chiziqda markazlari bir-biridan o'zaro teng masofada joylashgan bir nechta teshiklari bor detallar ham uchraydi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə