Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savolari 
1.
Kiberxavfsizlik tushunchasini izohlab bering. 
2.
Xavfsizlik muammolarini sanab o‗ting. 
3.
Kiberxavfsizlikning bilim sohalarini izohlang. 
4.
Kiberxavfsizlikning fundamental terminlarini aniqlang. 
5.
Axborot xavfsizligi va axborot himoyasi tushunchalarini bir – biridan farqini 
tushuntiring. 


10 
2-
ma‘ruza 
Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika 
Reja: 
1.
Kiberjinoyatchilik 
2.
Kiberetika 
3.
Kiberqonunlar 
Tayanch iboralar: 
Kiberjinoyat, kiberhuquq, kiberetika 
2.1
 
Kiberjinoyatchilik 
Kiberjinoyatchilik bu 
– kompyuter yoki boshqa qurilmalarga qarshi qilingan 
yoki kompyuter va boshqa qurilmalar orqali qilingan jinoiy faoliyat turi bo‘lib, uning 
eng keng tarqalgan turlari - kompyuter qaroqchiligi, onlayn firibgarlik, kompyuter 
tizimlariga hujum qilish, shaxsiy ma‘lumotlarni o‘g‘irlash va noqonuniy yoki 
taqiqlangan ma‘lumotlarni tarqatish. 
Kiberjinoyatni amalga oshirganda quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi: 
-
pul, qimmatli qog‘ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, xizmatlar, imtiyozlar
ko‘chmas mulk, yoqilg‘i xom ashyosi, energiya manbalari va strategik xom 
ashyolarni noqonuniy olish; 
-
soliq va turli yig‘imlarni to‘lashdan bosh tortish; 
-
jinoiy daromadlarni legallashtirish; 
-
qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuqlar uchun kassa 
chiptalarini qalbakilashtirish yoki tayyorlash; - shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda 
maxfiy ma‘lumotlarni olish; 
-
ma‘muriyat yoki ishdagi hamkasblardan shaxsiy dushmanlik munosabatlari uchun 
qasos olish; 
-
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish; 
-
mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma‘muriy tuzulishni beqarorlashtirish yoki 
siyosiy maqsadlar uchun tartibga solish; 
-
talonchilik, raqibni yo‘q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa, korxona 
yoki tizim ishining tartibini buzish; 
-
boshqa turdagi jinoyatlarni yashirish uchun; 
-
tadqiqot masalalarida; 
-
shaxsiy intelektual qobiliyat yoki ustunlikni namoyish qilish uchun. 
Kiberjinoyatlar hajmini keskin oshishiga quyidagilar motiv bo‘lib xizmat 
qilmoqda: 
-
moliyaviy qiyinchilikdan chiqish; 
-
jinoyatchidan bo‘lgan qarzdorlikni kechikmasdan jamiyatdan olish; 
-
kompaniyadan va ish beruvchidan o‘ch olish; 
-
o‘zini tengsizligini ko‘rsatish uchun. 


11 
Kiberjinoyatchilikning turlari
. Kiberjinoyat turlarini qat‘iy bir tasniflashning 
imkoni yo‘q. Quyida kriminologiya sohasida aloqador holda kiberjinoyatlarning 
turlari keltirilgan: 
-
iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi; 
-
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga qarshi qaratilgan 
kompyuter jinoyatchiligi; 
-
jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi. 
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko‘p uchraydi. Ular jinoyatchilarga 
miliionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida 
keng tarqalgani firibgarlik bo‘lib, u asosan bank hisobraqamlari va bank kartalari 
orqali amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan 
jinoyatlar yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan kartalar, soxta to‘lov kartalarini yaratish yoki 
ulardan foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisobvarag‘i ma‘lumotlarini olish 
va noqonuniy foydalanish bilan, shuningdek, karta egasi tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlar bilan bog‘liq. 
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning huquqlari va 
erkinliklariga qarshi jinoyatlar - ―kompyuter qaroqchiligi‖dir. Ushbu jinoyatlar 
dasturiy ta‘minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo‘ladi. 
Bu dasturiy ta‘minot va ma‘lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq huquqiy 
munosabatlarga (mualliflik huquqi) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, dasturiy 
ta‘minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo‘qotishlarni olib keladi. 
―Maykrosoft Armaniston‖ kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning 
takidlashicha, ―kompyuter qaroqchiligi‖ ishlab chiqaruvchilarga yetkazgan zarari 
yiliga 66 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra Armanistonlik 
istemolchilar o‘zlarining moliyaviy resurslarini tejash uchun viruslarni yuqtirish 
xavfi yuqori bo‘lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanadilar. 
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi jamoat yoki davlat xavfsizligiga 
qarshi kompyuter jinoyatchiligi bo‘lib, ularga davlat yoki jamoat xavfsizligiga 
qaratilgan jamoat uchun xavfli bo‘lgan xatti - harakatlar kiradi. Ular ko‘pincha 
ma‘lumot uzatish qoidalarini buzilishi, mamlakat mudofaa tizimining yoki uning 
tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə