Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Yuz tasviriga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#159277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v

Yuz tasviriga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari

Yuz tasviri tizimlari arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audio vositalariga ega. Bu biometrik tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 90° ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib keladi.
Yuz shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash usullari turli ko‘rinishda bo‘lib quyida ulardan asosiylari keltirib o‘tilgan:


    • neyron tarmoqli usul (bir va ko‘p qatlamli)

Neyron tarmoqli usul tasvirni aniqlashda foydalanilib, bir necha neyron tarmoqlarini qo‘llashga asoslanadi



  • Elastik grafiklarni taqqoslash usuli;

Bu usul (Elastic Bunch Graph Matching)da –yuzning kalit nuqtalari: bosh, burun, lab va ko‘z chegarasi va oxirgi nuqtalari grafik ko‘rinishda ifodalanadi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə