Teacher onboarding for schools



Yüklə 9,83 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü9,83 Kb.
#182664
  1   2   3
6-Мавзу

Mavzu: O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyoti REJA: 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. 2. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li. 3.O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.

TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, besh tamoyil, milliy taraqqiyotmilliy model, O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, evolyutsion o‘tish yo‘li, mulkni xususiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi

Birinchi Prezident Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992- yil 4-yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr etilgan „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi. Taraqqiyotning «o‘zbek modeli». Bu model-jamiyatni yangilash va isloh etishning besh tamoyiliga asoslanganligi.Uning O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda muhim yo‘nalish ekanligi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.O‘zgarishlar va yangilanishlarni izchil amalga oshirishda davlatning islohotchilik faoliyati. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.


Ma’lumki, mashhur va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “O‘zbek modeli” quyidagi beshta tamoyilga asoslanadi:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, qiyin o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi kerak. Bu degani, davlat mavjud sharoitda barcha odamlarning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonini boshlashi, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashi, suveren davlatimizning iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tub o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va izchil amalga oshirishga bosh-qosh bo‘lishi demakdir.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni huquqiy asosga, ya’ni qonun ustuvorligiga asoslanishi kerak. SHundagina, iqtisodiy o‘zgarishlarning aniq natijalariga erishish, amaliy kuchga ega bo‘lgan tasdiqlangan qonunlarga asoslanib, ularni qaytarib bo‘lmaydigan holga keltirish mumkin.
To‘rtinchidan, real demografik vaziyatni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda, bozor munosabatlariga o‘tishda odamlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha oldindan qat’iy choralar ko‘rilishi kerak. Faqat kuchli, samarali ijtimoiy himoya mexanizmi va ijtimoiy kafolatlar bilan, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni saqlab, bozor iqtisodiyoti sari jadal rivojlanishni ta’minlash mumkin.
Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarining shakllanishi muvozanatli, puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Yüklə 9,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə