At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov


II BOB. ZANJIRLI UZATMANING KINEMATIKASI HAMDA DINAMIKASI VA UNING ISHLASH QOBILIYATI, TEXNIKADAGI O’RNI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/6
tarix08.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#109115
1   2   3   4   5   6
Zanjirli uzatmalar va uni texnikadagi o\'rni

II BOB. ZANJIRLI UZATMANING KINEMATIKASI HAMDA DINAMIKASI VA UNING ISHLASH QOBILIYATI, TEXNIKADAGI O’RNI
2.1. Zanjirli uzatma kinematikasi va dinamikasi
Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi ikkita tishli g‘ildirak (yulduzcha) va unga kiydirilgan cheksiz egiluvchan zanjirdan iborat. Yetaklovchi va yetaklanuvchi 2 yulduzchalar va zanjir 1 o‘zaro bog‘lanib uzatmani hosil qiladi. Uzatma harakati zanjirni yulduzcha tishlariga ilashishiga asoslangan.

Bunday uzatmalar zanjirning turiga qarab:


vtulka;
vtulka-rolikli;
tishlilarga bo‘linadi.

Vtulka-rolikli zanjir tashqi zveno 2, valik 3 ga presslanib o‘rnatilgan, ichki zveno 1, vtulka 4 ga presslab joylashtirilgan va vtulkaga uning atrofida bemalol aylanadigan qilib, kiydirilgan rolik 5 dan tuzilgan. Rolik yulduzcha tishiga tekkanda aylanib ketishi, rolikni sirpanib ishqalanishni dumalab ishqalanishga aylantiradi. Bu xol tishlarning yeyilishini susaytiradi va uzatma ishini yaxshilaydi. Aylana tezligi 20 m/s gacha bo‘lganda vtulka-rolikli zanjir ishlatiladi. Bir qatorli bilan ikki, uch va to‘rt qatorli zanjirlar tayyorlanadi.
• Vtulkali zanjirni tuzilishi vtulka-rolikliga o‘xshash bo‘ladi, faqat unda rolik bo‘lmaydi. Zanjir va yulduzchani yeyilishi ortadi, ammo uning xajmi va qiymati kamayadi.
• Tishli zanjir ichki uchida tishga o‘xshagan chiqiqlari bo‘lgan plastinkalar majmuidan iborat. Yulduzchaning tishlari plastinka chiqiqlari orasida joylashgan xolda ilashishda bo‘lib tortish qobiliyati ancha katta bo‘ladi.
• Tishli zanjirlar vtulka rolikliga nisbatan yetarli darajada ravon va shovqinsiz ishlaydi. Tishli zanjirli uzatmalar nisbatan katta aylana tezlikda ishlay oladi 35 m/s gacha, lekin ularni tayyorlash va montajiga yuqori aniqlik talab etiladi.
Zanjirli uzatmalarning afzalliklari:
1. Harakatni nisbatan uzoq masofaga uzata oladi, vallar orasida masofa 5 m ga etadi. 2. Vallarga tushadigan kuch tasmali uzatmalarga qaraganda kichik.
3. Sirpanish hodisasi ro‘y bermaydi, uzatish soni o‘zgarmas.
4. Tasmali uzatmaga nisbatan kattaroq quvvatni uzata oladi.
Zanjirli uzatmalar markazlararo masofa nisbatan katta bo‘lganda, tishli uzatmalarda bajarish murakkab, tasmada esa etarli darajada ishonchli natija bermaydigan hollarda ishlatiladi.
Vtulka-rolikli zanjir va yulduzcha tishlari o‘lchamlari standartlashtirlgan (GOST 13568-81). Zanjirning qadami PZ asosiy geometrik o‘lcham bo‘lib, uning miqdori standartlashtirilgan. Zanjir detallarining geometrik parametrlari shu asosiy o‘lcham bilan bog‘langan. Zanjirning ilashish qadami qancha katta bo‘lsa, bu zanjir shuncha kattaroq quvvatni, lekin kichikroq tezlik bilan uzata olishi mumkun.


Yetaklovchi yulduzcha tishlari soni Z1 uzatmaning minimal gabarit o‘lchamli va tekis (ravon) ishlashini inobatga olgan holda tanlanadi. Z1 = 31 – 2i Lekin Z1 kichiklashgan sari (zanjir qadami PZ ortishi), uzatmaning notekis ishlashi va shovqinning kuchayishi ortadi.

Uzatish nisbati, yulduzcha aylanishlar chastotasi, burchak tezligi va zanjir tezligi uzatmani kinematikasi hisoblanadi. Zanjirli uzatmani uzatish nisbati:

Zanjirni tezligi yulduzcha bo‘luvchi diametrining aylana tezligiga teng bo‘ladi:

bunda: n1 – yetaklovchi yulduzchaning aylanish soni; z1 – yetaklovchi yulduzcha tishlar soni; Pz – zanjir qadami;



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə