Andijon davlat universiteti,,Axborot texnologiyalari” fakultetei kki 2-kurs 1-guruh talabasi Akbarov Jamshidbekning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi



Yüklə 10,96 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü10,96 Kb.
#181337
1   2   3   4
Akbarov Jamshidbek (1)

Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko‘rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.

Ta’limning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.

Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda, o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.

Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o‘quv dasturi talablari, o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi.


Yüklə 10,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə