Andijon davlat universiteti,,Axborot texnologiyalari” fakultetei kki 2-kurs 1-guruh talabasi Akbarov Jamshidbekning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi



Yüklə 10,96 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü10,96 Kb.
#181337
1   2   3   4
Akbarov Jamshidbek (1)

Maslahat (konsultatsiya - o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi.

Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi. Metod: muhokama darsi, guruhlar bilan ishlash, izlanish, musobaqa tarzida. Shakl: jamoa, yakka, guruh bilan ishlash. Jixoz: tarqatma materiallar, rangli tasvirlar, test savollari. Nazorat: O’qituvchilar faolligini nazorat etish, tartibini nazorat etish hisobga olinadi. Baholash: O’quvchilar baholari dars oxrida e’lon qilinadi, kerakli me’yoriy hujjatda qayd etiladi.

Darsning maqsad va vazifalari. Maqsadlar: Ta’limiy: O’tgan darsda olgan bilimlarni mustahkamlash. “Barakalla, bo’tam” mavzusidagi matn mazmunini so’zlab berish. O’tgan darsdagi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mavzu yuzasidan savollar berish. O’quvchilarning erkin so’zlay olish, matn tuza olish malakasini shakllantirish. Og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni qiziqishlarini orttirib borish. Hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini oshirish. Tez va to’g’ri javob berishga o’rgatish. Jonli tabiatni sevishga, ularga g’amxo’rlik qilishga o’rgatish. Tarbiyali vijdonli bo’lishga undash. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni bilimli, zukko, hozirjavob, tez fikrlay olish ko’nikmalarini shakllantirish, ijodiy tasavvur qila olish, erkin va mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularning bilimlarini rivojlantirish. Kutilayotgan natija: O’quvchilarni hayotni to’g’ri tasavvur eta olishga o’rgatish, she’r matni orqali bilim olishga ishtiyoqlarini oshirish.


Yüklə 10,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə