Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü38,31 Kb.
#181933
  1   2   3   4   5   6
Organik kimyo fanidan tayyorlagan-www.hozir.org


Organik kimyo fanidan tayyorlagan

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLILGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO TA`LIM YO`NALISHI 302-K GURUH TALABASI NING

ORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN


KURS ISHI

MAVZU : O’zbekistonlik olimlarining organik kimyo faniga qo’shgan xissalari
Tayyorladi: Turg`unova G

Rahbar: Xolmatova M
Andijon-2021

MUNDARIJA

I.



KIRISH………………………………………………..........................

3

I. 1

Organik kimyo tarixi ………………………………………………….




I I.



ASOSIY QISM……………………………………………………….

5

II.1.

Geterofunksional birikmalar haqida tushuncha……………….......


5

II.2.

Oksokislotalar …………………………………………………..


5

II.3.

Gidroksikislotalar ..................................................


10

II.4

L Aminokislotalar ………………………………………….


11

II.5

Peptidlar va oqsillar ………………………………………………




III



XULOSA……………………………………..…………………….....

19

IV



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………...…………..

20

KIRISH

Barcha kimyoviy elementlar ichida uglerod o'ziga xos o‘zaro uzun zanjir hosil qila olish xususiyatiga ega bo`lganligi tufayli barcha organik moddalarning asosini tashkil etadi. Bugungi kunda organik kimyo fani uglerod birikmalari to‘g‘risidagi fan bo'lib, tirik organizmning asosini tashkil etuvchi moddalardir. Organik moddalar insoniyatga qadimdan ma’lum. Azaldan odamlar tabiiy manbalardan sirka kislotasi, yog'lar, o ‘simlik moylari, tabiiy b o ‘yoqlar kabi organik moddalarni ajratib olishni, ulardan foydalanishni bilganlar. To'plangan bilimlarva tajribalar boshqa fanlar qatori kimyo fanining vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Tabiiy organik moddalardan dorivor moddalar sifatida foydalanish Markaziy Osiyo, Xitoy, Misr kabi davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida eramizdan oldingi davrlarda ham keng foydalanilganligi haqida ma’lumotlar bor. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o'zining «Tib qonunlari» asarida o ‘simlik va hayvonlardan ajratib olingan sodda va murakkab dorivor moddalardan foydalanish usullarini bayon qilgan. Sirka kislota, har xil bo ‘yoqlar, o'simliklardan ajratib olingan turli xil malhamlar tabiiy, ya’ni tirik


organizmlardan ajratib olinib, ularni biologik faolliklariga ko‘ra ishlatish uslublari tavsiya etilgan.
Organik kimyoni rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda to‘rt davrga ajratish mumkin:
1. Empirik davr — organik kimyo alohida fan sifatida shakllangungacha bo'lgan davr bo'lib, bu davrda insoniyat organik moddalar bilan bevosita tanishuvi, ularni qayta ishlash, ajratib olish, ulardan foydalanish usullari bilan shug‘ullangan davrlarni o‘z ichiga oladi.
2. Analitik davr — bu davrda organik kimyoga doir dastlabki nazariyalar yaratilgan bo'lib, XVIII asming ikkinchi yarmidan XIX asming 60-yillarigacha bo'lgan davr hisoblanadi.
3. Tuzilish nazariyasi davri — XIX asrning 60-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o ‘z ichiga olib, bu davrda organik moddalarni tuzilish nazariyasiga asos solinib, sintetik, organik kimyo shiddat bilan rivojlandi.
Organik moddalarning olamni asosini tashkil etishi barcha sohalarda o‘z isbotini topdi.
4. Organik kimyo fani rivojlanishining hozirgi zamon ilmiy takomillashuv davri — bu davrda organik moddalar atom-molekulyar nuqtai nazaridan tahlil qilinib, tirik organizmlarda, tabiatda bo‘ladigan barcha o ‘zgarishlar ular tarkibiga kiruvchi atom va molekulalar, hamda ularning mikrozarrachalaridan boshlanishligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Bundan 1000-1200 yil awal Abu Bakr Zakariyo Ar-Roziy, Abu Mansur Al-Qumriy, Abu Bakr Rabi’, Yusuf ibn Sayyor, Yassa ibn Sinon, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi mutafakkir olimlar asarlarida tabiiy organik birikmalardan dorivor moddalar sifatida foydalanish uslublari haqidagi ma’lumotlar keltirilganligi tabiiy organik moddalardan insoniyat qadimdan foydalanganligini tasdiqlaydi.
Organik kimyo dastawal tabiiy mahsulotlardan olinadigan moddalar haqidagi
fan sifatida shakllandi. Organik moddalarni sistematik ravishda fan yutuqlari asosida o'rganish XVIII asrdan boshlangan. Organik moddalar noorganik moddalaiga nisbatan beqarorroq, murakkab kimyoviy tarkibga ega edi. Organik moddalarni o'iganish bilan ilmiy asosda sistematik shug'ullana boshlagan dastlabki kimyogar olimlardan biri shved olimi K.Sheele hisoblanadi. XVIII asming ikkinchi yarmida K.Sheele tabiiy mahsulotlardan vino, limon, olma, sut va boshqa kislotalarni ajratib oldi. Organik moddalar noorganik moddalardan asosan tarkibi bilan farq qilishi aniqlandi. 1808- yilda shved olimi Y.Ya.Berselius kimyo kursida «Organik kimyo» bo'limini ajratib, bu fanga asos soldi.
O‘sha davrdagi tasawurlaiga ko'ra organik moddalar qandaydir «hayotiy kuch« (vis vitalis) ta’sirida faqat tabiiy jarayonlardagina hosil bo'ladi (vitalizm nazariyasi) deb qaralar edi. Bu nazariya ta’sirida organik kimyoning rivojlanishi ancha orqada qolgan. Lekin oiganik moddalarni tirik organizmdan tashqarida laboratoriya sharoitida noorganik moddalardan sintez qilish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan kimyogarlar ham ko'zga tashlana boshladi. Vitalistik nazariya tarafdorlari va ulaming raqiblari o‘rtasidagi kurash natijasida organik kimyoda muhim yutuqlarga erishildi.
Keyinchalik noorganik moddalardan sun’iy yo'llar bilan organik moddalarni olish mumkinligi isbotlangandan so‘ng organik kimyo fani yangi rivojlanish bosqichiga o ‘tdi. 1783-yilda K.Sheele ko'mir, novshadil va potashdan laboratoriya sharoitida kaliy sianidni sintez qildi. Kaliy sianid tuziga mos keluvchi sianid kislotasi o'simliklar tarkibida oz miqdorda uchrashligi aniqlangan edi. Nemis kimyogari F.Vyoler 1824-yilda ditsiandan oksalat kislotasini laboratoriya sharoitida sintez qildi. 1828-yilga kelib ammoniy sianatdan mochevinani sintez qilishga erishdi. J.Dyuma organik moddalar taikibidagi azot miqdorini, Yu.Libix esa uglerod va vodorod miqdorini aniqlash metodlarini ishlab chiqdilar. XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab organik sintez rivojlana boshladi. 1845-yilda nemis kimyogari G.Kolbe sirka kislotasini, 50-yillarda fransuz kimyogari M.Bertlo noorganik moddalardan chumoli kislotasini, etil spirtini, atsetilenni, benzolni, metanni, glitserin va yog‘ kislotalaridan yog'larni sintez qilishga muvaffaq bo'ldilar. 1861-yilda AM.Butlerov formaldegiddan shakarsimon moddani sintez qildi.
Kimyogarlar organik moddalar ham noorganik moddalar kabi ma’lum qonuniyatlargabo'ysunishini aniqladilar. 1851-yilda nemis kimyogari AKekule organik kimyo fanini uglerod birikmalarining kimyosi deb atadi. 1889-yilda K.Shorlemmer bu tushunchani kengaytirib organik kimyoni uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ta’rifladi.
Organik birikmalarning tuzilishi haqidagi tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishida J.Dyuma, A.Kekule, A.Kuper, Ya. Vant-GofTkabi olimlarning hissalari juda katta. 1861-yilda rus kimyogari A.Butlerov tomonidan organik birikmalarning tuzilishi nazariyasi ishlab chiqilishi natijasida organik moddalarning tuzilishi va xossalarini yanada chuqurroq tushunish imkoniyati tug‘ildi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab organik sintez, tabiiy va biologik faol moddalarning tuzilishini aniqlash jadal rivojlana boshladi. Misol uchun birinchi marta alizarin, indigo kabi bir qator tabiiy bo‘yoq moddalar, alkaloidlar, dastlabki sintetik dorivor moddalar sintez qilindi, oqsillar va peptidlarning kimyoviy tabiati aniqlandi.
XX asrning birinchi yarmidan organik kimyoni rivojlanishiga juda kata ta’sir ko‘rsatgan yangi metodlar - fizik tadqiqot usullari, elektron nazariyalari tatbiq qilina boshlandi. Zamonaviy sintetik va nazariy organik kimyoni fizik metodlarsiz tasawur
qilish qiyin. Fizik metodlar organik birikmalarning tuzilishini va reaksiya mexanizmini aniqlashni sezilarli darajada osonlashtiradi. Zamonaviy organik kimyo o ‘ziga xos sintez usullari, moddalarni samarali ajratish va tozalash metodlariga ega. Zamonaviy elektron nazariyasi va kvant kimyo tushunchalari organik kimyoning nazariy asosini tashkil qiladi.


Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə