Анатом- меш


Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi. 
Yangi tug'ilgan bolaning 
bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda ikki 
smdan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga etadi. Hayotining ikkinchi yilida atigi 10 sm 
ga o`sadi. 6-7 yoshgacha bo`yning o`sishi yanada sekinlashadi. Boshlanchg`ich 
maktab yoshida bola bo`yi uzunligi 7-10 sm ga o`sadi. Jinsiy etilish munosabati bilan 
qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi. 
Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18-19, yigitlarda 20 yoshda to`xtaydi. Butun o`sish 
davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 


15
barobar, bosh balandligi 2 barobar ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga etish davrida 
bolaning bo`yi 6-8 sm dan o`sadi. 
1-savol bayoni: 
Tana vaznining yoshga qarab o`zgarishi
. Tana vazni yoshga qarab 
quyidagicha o`zgaradi. Yangi tug`ilgan qiz bolalarning o`rtacha vazni 3 kg, o`g`il 
bolalarniki esa 3,4 kg., bo`ladi. Bolaning vazni tug`ilganidan keyingi birinchi oyda 
600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug`ilganidagi vaznidan 
uch marta ortib 9-10 kg ga etadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5 — 3,5 kg qo`shiladi. 
4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5 — 2 kg qo`shilib boradi. 7 yoshdan boshlab 
uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o`g`il bolalar bilan qiz bolalar tana
vazni bir xilda o`zgaradi. Jinsiy etilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 
14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O`g`il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg 
ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi. 
Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o`quvchilarida ko`rish 
mumkin. Bu notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo`lsa, 
boshqa holda shaxsning nisbatan tez o`sib ketishi sabab bo`ladi. Birinchi holda bu 
hususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo`lsa, boshqa holatda 
o`qituvchining dars berish mahoratiga ham bog`liqdir. Ikkinchi holatda o`quvchi o`z 
sinfdoshlaridan o`zib ketgan holda, u mustaqil bo`lishga va o`zbilarmonlikka berilib 
o`qituvchiga ham buysinmay qoladi. Bunday o`quvchilar o`qituvchiga nisbatan 
tenglashishga harakat qilib, o`z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot 
tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o`zib ketishiga nisbiy 
munosabatda bo`lish kerak bo`ladi. Bolalarni individual o`sish va rivojlanishini 
e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. 
Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va 
atrof muhit sharoitiga ham bog`liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi 
bolalarni o`rab turgan muhitga va o`quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog`liqdir. Shuni 
yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi 
ularning shaxsiy o`sish tempiga ta'sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi 
bolalar orasida o`ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis 
tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko`pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta 
qobiliyatga ega bo`lganliklari bizga ma'lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu 
Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz 
mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib-hakim bo`lib tanilgan. 
Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e'lon 
qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo`lgan. Viktor Gyugo esa 
Frantsiya Akademiyasining rag`batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor 
Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni 
tarixda ko`p keltirishimiz mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda 
katta e'tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan. 
Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o`sishi va rivojlanishida, yuqorida 
aytib o`tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, 
kasalliklar bilan og`rigani muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham 
ularning o`sishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul' —


16
avgust) hususan tez o`sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy 
mashqlar va sport bilan shug`ullansa u sog`-salomat o`sadi, uning organlari uygun 
rivojlanadi. (m-n. bola nafas organlarining takomillashuvi yurak — qon tomir 
tizimining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə