Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 
МАЪРУЗАЛАР
 
КУРСИ
MODUL-1 
BOLALAR O`SIShI VA RIVOJLANISHINING UMUMIY 
QONUNIYATLARI


14
Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya 
jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Bolaning o'sishi va rivojlanishi muayyan 
qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akselerasiya kiradi. 
Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanishi juda uzviy bog'langan 
va o'zaro bir-biriga ta'sir qilsa-da, biroq ular bir vaqtda sodir bo'lmaydi. Ular turli 
tezlikda boradi, chunki biror organ to'qimaning massasi ortishi uning ayni vaqtda 
funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya'ni 
rivojlanishning notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini 
ta'minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi. 
Odam organizmi paydo bo`lganidan to vafot etgunga qadar ketma-ket 
keladigan morfologik, bioximik va fiziologik o`zgarishlarga uchraydi. Bu 
o`zgarishlar o`sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga 
bog`langan. Biroq, bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh hususiyatlarini 
shakllanishida ta'lim, tarbiya bolaning ovqatlanishi, turmushining gigiyenik sharoiti, 
uning kattalar bilan muloqati, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning 
ijtimoiy hayoti katta ta'sir ko`rsatadi. Inson hayoti bu uzluksiz rivojlanish jarayonidir. 
Bolaning dastlabki qadam tashlashi va hayoti davomidagi harakat funktsiyasining 
rivojlanishi, bolaning birinchi aytgan so`zi va hayoti davomida nutq funktsiyasining 
rivojlanishi, bolaning o`smirga aylanishi, markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, 
reflektor faoliyatining murakkablashuvi. Bular organizmda kechadigan, yuz 
beradigan uzluksiz o`zgarishlarning bir bo`lagidir. Bunday o`zgarishlarni bolaning 
gavda proportsiyasini o`zgarishida kuzatish ham mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloq 
katta odamdan oyoq — qo`llarining kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan 
farqlanadi. Yangi tug'ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1|4 
qismini, 2 yoshda 1|5 qismini, 6 yoshda 1|6 qismini tashkil qiladi. Yangi tug'ilgan 
bola qo'llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo'ladi. 
Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o'sadi. Yangi tug'ilgan 
bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 
yoshida 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi. 
Odam yoshi bilan birga boshning o`sishi sekinlashadi, oyoq-qo`llarning 
o`sishi tezlashadi. Jinsiy balog`atga etguncha qiz va o`g`il bolalar gavda 
proportsiyasida jinsiy tafovut sezilmaydi, biroq, balog`at yosh davri kelishi bilan 
jinsiy farq yuzaga chiqadi, ya'ni o`g`il bolalarda oyoq-qo`llari uzunlashadi, gavda 
kaltalashadi, tazi tor bula boshlaydi. 
Bola bo`yining uzunligi va massasining notekis o`sishi va rivojlanishini 
quyidagi misollarda ko`rish mumkin.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə