Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar


Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 360,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix21.09.2023
ölçüsü360,68 Kb.
#122760
1   2   3   4   5   6
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse

Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha).
Bu yondashuv hozirgi vaqtda 
keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif 
qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani 
dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz 
o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z 
navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va 
qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) 
mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday 
imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.
1.4. Menejmentning xorijiy modellari 
Menejmentni mavjud bo‘lishi davrida ko‘pgina xorijiy mamlakatlar, o‘zlarining o‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa sohalarda 
boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko‘pgina ma’lumotlarni to‘plaganlar. 
Bu to‘plangan tajribani o‘rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. SHuning bilan 
birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval YAponiya 
tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan 
boshqasiga ko‘shirishning amalda iloji yo‘q. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda 
mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining 
pishib etilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur. 
Menejmentning amerikacha modelini 
o‘rganish ma’lum sho‘‘baiqish uyg‘otadi. 
Amerikacha menejment AQSHga g‘arbiy mamlakatlar orasida etakchi o‘rinni egallashga imkon 
bergan. 
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv 
maktabi ta’limlariga asoslanadi. 
Amerikacha mejentment yana o‘ziga asoschisi Anri Fayol bo‘lgan klassik maktab 
asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo‘nalishlari 
shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. 
20-30 yillarda xo‘jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o‘tish 
boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan. 
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi 
ishchilar holatiga munosabatni o‘zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi
hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy 
munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi konsepsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va 
psixolog E.Meyo nomi bilan bog‘liqdir. 
“Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik 
sotsiolog R.E.Maylz o‘zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy 
resurslar” modlelini qarama-qarshi qo‘ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik, tashkilotning 
asosiy maqsadlarini hal qilishga ko‘maklashuvchi sifatida ko‘rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” 
modeli shaxsning tashkilotdagi faol o‘rniga qaratilgan. Har bir kishi o‘z mehnatining natijalariga 
javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o‘z mehnati bilan ularga erishishga 
ko‘maklashishi kerak. O‘z navbatida tashkilot o‘z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy 
rag‘batlantirishi va xizmatda ko‘tarilish yordamida sho‘‘baiqtirishi kerak. 
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi: 
-
bozorning mavjudligi; 
-
ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli; 


-
tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.
Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aksiyadorlari esa foydaning o‘zlariga 
tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdoriga mutonosib bo‘lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. 
Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo‘lgan va egalari ishchilar faoliyatini 
to‘liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o‘rniga kelganlar. 
Menejment nazariyachilarining fikriga ko‘ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o‘z 
orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib 
kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va
menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o‘tgan. 
Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik 
bo‘ladilar. 
Amerika korporatsiyalari o‘zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM 
raqobatbardosh mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo‘yicha 
mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi. 
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to‘rtta asosiy shakllari 
keng tarqalgan: 
1.
Ishchilarni sex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi. 
2.
Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo‘shma qo‘mitalari)ni tashkil 
qilinishi. 
3.
Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi. 
4.
Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi. 

Yüklə 360,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə