Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar



Yüklə 360,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.09.2023
ölçüsü360,68 Kb.
#122760
  1   2   3   4   5   6
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse



Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) 
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar 
 
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari 
Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar 
mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha 
farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar, shuning uchun 
boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq 
bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning 
maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z 
munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi 
tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila 
boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab 
chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to‘rtta asosiy yondashuvlarni 
ajratish mumkin. 
Hammadan avval, 
boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan 
yondashuv.
U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi 
beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq 
haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul. 
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” 
nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning 
boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor 
(1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish 
maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi 
menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning ko‘zga 
ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. 
F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. 
“Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). 
F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, “kapitalistik korxonalarda 
hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni 
jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho‘‘baiqish 
uyg‘otgan. 
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga 
aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish 
beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish 
tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining vazifalari uchun 
javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga 
harakat qilish kerak. 
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga 
erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o‘sishi va xo‘jayinlar va 
ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy 
vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa 
tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan. 
SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: 
-
ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash; 
-
sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish; 
-
boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish; 
-
mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga 
yo‘naltirish; 
-
faoliyatni qat’ian tartibga solish; 


-
vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to‘g‘ri bajaradigan xodimlarni 
maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o‘qitish; 
-
xo‘jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy 
tahlildan foydalanish; 
-
ishlarni rejalashtirish; 
-
xodimlarni rag‘batlantirish. 

Yüklə 360,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə