Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Ik k in ch i m avzu : 0 ‘z b e k ter m in o lo g iy a sin in g sh a k lla n ish



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/63
tarix30.05.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#88390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H.

Ik k in ch i m avzu : 0 ‘z b e k ter m in o lo g iy a sin in g sh a k lla n ish
b o sq ich la ri. 0 ‘z b e k tili s o ‘z b o y lig id a so h a v iy term in la r va
u la rn in g til xususiyatlari
Reja:
1.0 ‘zbek terminologiyasi shakllanishining uch bosqichi.
2 .0 ‘zbek terminologiyasining ko ‘hna manbalarda aks etishi.
3.Soha terminologiyasining o ‘zbek tili lug‘at fondidagi o ‘mi.
Asosiy tushunchalar: о ‘zbek terminologiyasi sistemasi, termin, at-
ama, istiloh, davrlashtirish, intralingvistik va ekstralingvistik omillar,
mahalliy sulola, turkiy, sug'dcha, sanskritcha, xitoycha, forscha-tojikcha,
arabcha, ruscha-baynalmilal qatlam, qo'llanish chastotasi, lug'atchilik,
akkumulyator.
Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o ‘z tarkibida maxsus tushun­
chalami ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab ol- 
ishi lingvistikada e ’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. 0 ‘zbek terminologi­
yasi tizimi ham bundan mustasno emas).
Um um iste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalami 
anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga y o ‘naltirilgan terminlar o ‘zbek 
adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib 
topdi va takomillashdi.
0 ‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan termi­
nologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (V1I-X) terminologiyasi, eski 
turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o ‘zbek adabiy tili (XV-XX asr 
boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o ‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol 
davri o ‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o ‘n to ‘rt asr- 
lik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida intralingvistik va ekstral­
ingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlami anglab yetish imko- 
nini beradi.
13


Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o ‘zbek tili leksik xazinasida 
muayyan darajada qo'llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan 
butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar 
tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o ‘rinni egallaganligi bilan 
xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha ter­
minologiyasi asosan sof turkiy tub va yasam alar hamda buddizm va moni- 
yizm ta ’sirida sug‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o ‘zlashmalar- 
dan tashkil topgan edi. Jumladan, 
bargu 
“o ‘lja”, 
qargii 
“soqchi, dozor”, 
tamga 
“tu g‘ro”, 
korug 
“ayg‘oqchi”, 
elci 
“elehi; hukmdor, yurtboshi”, 
y o lc i 
“sardor”, 
cigay 
“y o ‘qsil, kam bag‘a r ,
qislag(q) 
“qo‘shinning qish- 
ki qarorgohi”, 
ayguci 
“davlat m aslahatehisi” singari asl turkcha, 
cerig/
cerik 
“qo ‘shin, armiya”, 
sart 
“tojir, savdogar” kabi sanskritcha
xatun/
qatun 
“m alika”, 
kent 
“qishloq; shahar” singari sug‘dcha, 
qagan 
“hukm ­
dor”, 
xan 
“hokim”, 
tegin 
“xonzoda, shahzoda”, 
yabgu 
“xoqondan keyingi 
oliy lavozim egasi”, 
setjiin 
“xitoy generali”, 
tarqan 
“tarxon”, 
lit tug 
“tuman 
hokimi” kabi xitoycha, 
sad 
“Turk xoqonligida oliy lavozim”, 
sadapit 
sing­
ari eroncha terminlar faol qo‘llanishda b o ‘lganligini manbalar so‘z boyligi 
yaqqol k o ‘rsatadi.
Ayni chog‘da e ’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan 
asarlaming turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-si- 
yosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o ‘simlik duny- 
osi-fiora, ilmi nujum-astronimiya va sh.k. sohalarga xos terminlar keyin- 
chalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o ‘zbek tili ulam i qabul 
qilmadi.
Sakkizinchi asrdan e ’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining 
Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar, 
G ‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari 
obyektiv jarayonlar ostida o ‘zligini y o‘qotmagan eski turkiy til(XI-XIV)da 
terminologik leksika ko ‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mum- 
kin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida 
shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada 
taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori, so‘z 
yasash andozalari - modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o ‘laroq eski turkiy tilda 
sanskrit, sug‘d, xitoy tiliga oid o ‘zlashmalaming ishlatilish sur’ati pasaydi, 
aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalaming qo‘llanish chastotasi 
va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o ‘zag-
14


ini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə