Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


 Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

4. Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar 



17


Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib,
pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular
«Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo’lib,
ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan
sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-
Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. o’ziga xos
xat(yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan.
Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni
beradi.
Urxun-Enasoy
yodgorliklari
dastlab
Enasoy
havzasida,
so’ngra
Mo’g’ulistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 -yili birinchi
bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V.Tomsondan so’ng olimlar -
N.M.Yadrinsev, V.V.Radlov mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq
bo’ldilar.
Urxun-Enasoy yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Stebleva tomonidan rus tiliga
tarjima qilindi. o’zbekistonda Oybek, CSharafuddinov, N.Mallaev, Aziz
Qayumov va N.Rahmonov Urxun-Enasoy bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar
va ushbu manbaning ta'lim-tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib
berdilar.
Malumki, eramizning VI asri o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy
Osiyo hududlarida yashovchi turkiy qabilalarning Turk xoqonligi davlati tarkib
topdi. Bu xoqonlik G’arbda Vizantiya, Janubdan Eron va Hindiston, Sharqdan Xitoy
bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan.
Xoqonlik 604 -yili Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga
kelib esa Turk xoqonligibarham topgan.
Turk xoqonligi asosan uch kishi: Bilga xoqon (Mog’uliyon), Kultegin, Tunyukuklar
tomonidan boshqarilgan. Bilga xoqon - xoqon, Kultegin -sarkarda, Tunyuquq esa -
vazir boiib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan.
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar,
sarkardalar ko’rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari
bayon etiladi. o’z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib
chiqish, ularningbirdamligini ta'minlash xoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish,
Eltarishning o’g’illari – Bilga xoqon, lashkarboshi Kultegin, ma'naviy otalari
Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida
uning taYifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham
oVlaydigan jonkuyar sarkarda sifatida taViflanadi. U o’z jonidan vatan taqdiri, xalq
manfaatini yuqori qo’ygan shaxs. Kultegin Eltarish xoqonining kichik o’g’li. U 731
-yil 27 fevralda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 -yili o’rnatilgan. Ushbu
bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi.
Kultegin bitigida Bilga xoqonning og’a-inilari va qarindosh-uruglariga murojaat
qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz berganini bayon etganligi
ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabg’achlarning



18
bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so’z yuritiladi.


Xoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni
mustahkamlash, o’zaro urushlarga chek qo’yish, tinch-totuv bo’lib yashashga
undashdek ezgu maqsad ham ifadalangan.
Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kultegin bitigida Bilga xoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar
borasidagi fikrlarni nasihat, o’git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi o’zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla va firib
qurboni bolib, tabg’achlar ularni qul va cho’ri etgani, oqibatda ular qashshoq, erksiz va
mute bo’lib qolganliklarini kuyimib so’zlaydi.
So’ng turk xalqini qanday qilib birlashtirgani, ukasi Kulteginning jasorati
tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, to’q va farovon hayot kechirgani, u
jasur va engilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi.
«Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o’layotgan xalqni
tiiiitdrib tarbiyat qildim, yalang’och xalqni kiyimlik qildim, yalang’och xalqni ko’p qildim.
To’rt jihatdan xalqni butunlay el qiidim, bir-biriga do’st qildim, butunlay menga
qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kultegin vafot
etdi», - deydi.
Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bolib yashash, vatan va xalq
manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Turk xoqonlari Bilga xoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda
jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi.
Ikkinchi bitiktosh - Bilga xoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish xoqoninng katta o’gli -
Kulteginning akasi Bilga xoqon sharafiga 735-yili o’rnatilgan. Bilga xoqon 734-yili
ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab oldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’
tegin tomonidan yozilgan.
Bilga xoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga xoqon davrida tinchlik
hukmron bolgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni
birlashtirgani, o’z 5oirtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani
mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq xoqonidan, vatanidan ayrilmasa,
betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o’z navbatida davlat boshliqlarining
xatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga xoqon turk eli o’rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. «Bilga» so’zining
o’zi ham «dono» degan ma'noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bolishi
uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o’git qiladi: «Vatanni saqlab qolmoq, faqat
xoqonga eraas, xalqqa ham bogliq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning
dalilidir. Xalq o’z xoqonining yo'1-yo'riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko’p
kulfatlar tushadi. Xoqon o
(
ta ishonuvchan bolmasligi, boshqalarning gapini o’ylab,
mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so'z bilan yolg’onni farqlay olishi
kerak. qattiqqol xoqon o’z xalqiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Ishonuvchan boisa,
yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yol ochiladi, mamlakatda tartibsizlik
yuzaga keladi».
Bilga xoqon tarqoq xalqni birlashtirdi, oyoqqa turg’izadi, yurtda farovon hayot qaror
topadi. U xalq farovonligini ta'minlash davlat boshlig’ining burchi, mamlakatning
ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog’liq deb biladi.



19
Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qoyishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib


keluvchi sabab ekanligi qayg’u bilan ifodalanadi. U o’z xalqiga shunday murojaat
etadi: «Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu xoqoningdan, bu beklaringdan,
eringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o’zing ezgulik ko’rajaksan,
betashvish bo'lajaksan».
Tunyuquq bitigi 310 misradan iborat bo’lib, 717-718(ba'zi manbalarda 712-716-
yillar ko'rsatilgan)-yillari yozilganligi qayd etilgan. Tunyuquq o’z bitigini tirikligida
yozdirgan. Mazkur bitikda Tunyuquq vatanparvar shaxs sifatida ta'riflangan.
Tunyuquq ega bo’lgan insoniy fazilatlar -insonparvarlik, ezgulik va haqiqat
tantanasi yo’lida kurashish uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’sini yanada
oshirib yuboradi. Xususan, Tunyuquq tomonidan turkiy xalqlar qo’liga tushgan
asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi dushman qabilalar a'zolarining bosh egib
kelishi, ez-gulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash chog’ida ezgulikning g’alabaga
erishishi kabi holatlar shu asosida qon to’kishning oldini olish mumkinligidan
dalolat ekanligiga ishora qilinadi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik
namunasini ko’rsatadi, ammo xoqonlik qonunlarini ham qattiq himoya qiladi.
Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligi madh etilgan
bitigtoshlar ham ko’plab topilganki, bularda alplarning axloqi, odobi va bilimi ularning
asosiy fazilati bo’lganligi qayd etiladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun-Enasoy yodgorliklari, garchi
yo’nalish nuqtai nazaridan ta'lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa
ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va
talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bolishga munosabatlar mohiyati
asosan qushlar va hayvonlar obrazlari orqali ochiladi.
«Irq bitigi»da eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari
xalq og’zaki ijodi namunalari tarzida o’z aksini topgan. An'anaga ko’ra, har bir
epizodda yaxshilik g’oyalari targ’ib etiladi.
Inson doimo yaxshi hayot kechirishga intilar ekan, bu yo’lda u juda ko’p
qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin inson qiyinchiliklarni ilohiy qudrat - Tangri
yordamida engib o’tib, go’zal hayotga etishadi. Ana shu holat ham ta'birnomada o’z
aksini topgan.
Ammo yaxshilik bor joyda yomonlik ham mavjud bo’ladi. Ayrim tushlarga
nisbatan berilayotgan ta'birlarda yomon hodisa-voqealar negizida yomonlikning
mavjudligiga alohida urg’u beriladi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlar-dan
eramizning IX asrigacha qaror topgan ma'rifiy qarashlari inson shaxsining
shakllanishida, uning kamolotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki
tasavurlari ifodalangan.
Xalq og’zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik,
xushxulqlilik xislatlariga ega bolgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush
tarzi hamda odatnlar o’rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday
sifatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik
o’rtasida ayovsiz kurash borgan. Mazkur kurash jarayonida insonda eng yaxshi
xislatlar shaklla borgan. Bilimlilik, xushxulqlilik, muayyan kasb yoki hunarga ega



20
bo’lish inson kamolotini belgilovchi asosiy ko’rsatgichlar hisoblangan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə