Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Mening nomim - so’rovchidir,
Vafodor Zardusht.
Ikkilamchi ismim - matlub;
Uchinchisi qudrat,
To’rtinchisi haqiqatdir.
Beshinchisi barcha ezgulik,
Mazda bilan boshlanguvchi bor haqiqatlar.
Oltinchisi - aql erur,
Ettinchi men aqllidurman;



14
Sakkizinchitalimotchiman men;


To’qqizinchi - men muallimman;
o’ninchi - men avliyodurman;
o’n birinchi - muqaddasman men;
o’n ikkinchi - men Axuraman;
o’n uchinchi - qudratlidurman;
o’n to’rtinchi - yovuz emasman.
o’n beshinchi - men tolibdurman;
o’n oltinchi hisobchisi barcha narsaning.
Har narsani ko’rguvchiman ~o'n ettinchisi;
Asraguvchi ham o’zimman - o’n sakkizinchi;
Yaratguvchi mening o’zim - o’n to’qqizinchi;
Yigirmanchi - men Mazdaman.
«Ovisto» talimotida jismoniy va ma'naviy dunyo uch hayotiy davrga bo’linadi.
Birinchi davr eng qadimgi davr sanalib, u ilk hayotni bildiradi. Bun-da ham
jismoniy, ham ma'naviy dunyoda yaxshilik tantana qiladi. Dunyoda yorug’lik va
insoniy saodat hukmron bo’lgan. Yagona jinoyatchi – hokim Yima Viviaxvant bo’lib, u
kishilarni batamom rozi qilmoq uchun ularga mol go’shti ediradi.
Ikkinchi davr hozirgi davr bo’lib, bu davrda yaxshilik ruhlari bilan yomonlik
ruhlari o’rtasida kurash davom etadi.
Uchinchi davr - bo’lg’usi hayot. Bu davrda aql-idrok va adolat tantanasi
o’rnatiladi. Bo’lg’usi yaxshi hayotni Artu o’rnatib, dehqonlar badavlat, hokimiyat
esa mustahkam bo’ladi, deyiladi. «Yaxshilik ta'limni va sadoqatni amalga oshirib
yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-
saodat keltiradigan talimni amal-ga oshirsinlar».
Zarushtiylik talimotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. o’smir balog’at yoshiga
etganda unga Zardusht qonunlari - falsafa, axloq-odob qoidalari va axloqiy yo’riqlar
mazmuni o’rgatilgan. o’smirlarning xudojo’y, mehnatkash, adolatli bo’lib voyaga
etishishlari, o’y-niyat, so'z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e'tibor
berilgan. Bolalarga ularning yoshligidayoq ko’chat o’tqazish, daraxtlarni parvarish
qilish, uy-ro’zg’or buyumlarini yasash, erga ishlov berish hamda chorva mollarini
boqish borasidagi bilimlar berilib, amaliy ko’nikmalarning hosil bo’lishiga alohida
e'tibor qaratilgan.
Zardushtiylik talimotining axloqiy yo’riqlariga binoan inson tomonidan o’z burchini
his etishning eng birinchi belgisi ma'naviy poklik sanalgan.
Ayollarga g’amxo’rlik ko’rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador
ayollarga muruvvat ko’rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g’oyalarga
ko’ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir. Odamlar ularni e'zozlash,
quyoshga sajda qilishga daVat etiladi. Zardusht talimotida shaxsiy va turmush
gigienasiga qafiy amal qilish kishilar o’rtasida turli xil kasalliklar kelib chiqishining
oldini oluvchi tadbir ekanligi alohida uqtiriladi. Shu o’rinda quyidagi qoidalarga amal
qilish maqsadga muvofiqligiga urg’u beriladi: qabristonlarning shahar yoki
qishloqdan tashqarida bo’lishiga alohida e'tibor qaratish, hayvonlarning qabrlarni
oyoqosti qilmasliklari uchun qabristonlarning atrofini o’rab qo’yish, mayit (o’lik)ni
yuvish vaqtida ozodalikka rioya qilish, murda tekkan libos yoki murda qo’yilgan joyni



15
suv yordamida yuvib tashlash, turli jonzotlarning oligi (inson murdasi) tushgan suv


havzalarini bir necha bor qatron qilish (havzani yomg’ir yoki daryo suviga bir necha bor
to’ldirib, suvni havzadan chiqarib tashlash), badan va sochning toza bo’lishiga
ahamiyat berish, tirnoqlarni vaqti-vaqti bilan olib turish, kuniga besb marta
yuvinish va hokazolar.
Zardusht g’oyalarining amaliy ahamiyati shundaki, ularda turli ka-salliklarning
oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini ta'minlovchi usullar to’g’risida ham
malumotlar beriladi. Bu boradagi usullar quyidagi uch guruhdan iboratdir: 1) axlatni
berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash; 2) olov
yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida mikroblarni yo’q qilish; 3) kimyoviy
usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - sandal va isiriq tutatish, sabur(aloe), piyoz,
sarimsoq, qizil qalampir va hokazolarni iste'mol qilib mikrobl arni yo’qotilgan -
yuqumli kasaliklarga barham berilgan). Ta'limot mazmuniga ko’ra kasallik
tarqatuvchi ayrim hashoratlarning o’ldirili-shi evaziga suvni saqlash qoidalarini
buzgan yoki itni o’ldirgan kishilarning gunohi kechirilgan. Bu o’rinda alohida
me'yor belgilangan, ya'ni yuqorida qayd etilgan gunohni sodir etgan kishi 1000 ta
echkiemar, 1000 ta suv qo’ng’izi, yoki kasallik tarqatuvchi pashshani o’ldirishi yoki
10 000 ruhiyatni tetiklashtiruvchi o’simlik bargi, barsum berishi lozim bo’lgan.
Bizga yaxshi malumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida
tez tarqaladi va keng hududga yoyiladi, shu bois «Ovisto» g’oyalariga ko’ra, ularni
asrash, ulardan foydalanishga nisba-tan oqilona munosabatni qaror toptirish o’ta
muhim sanalgan. Ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 400 qamchi urish bilan
jazolanganlar.
Zardushtiylik talimotida ovqatlanish qoidalari xususida ham batafsil so’z
yuritilib, ularga qafiy rioya etish lozimligi alohida ta'kidlanadi.
Darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni ham bajara
olmaydi. Insonning ma'naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan aloqador
ekanligi asarda alohida qayd etilgan. Xususan, «Yasna»larda «Eb-ichmaydigan
insonning toat-ibodat qilishga quvvati etmaydi», - deyiladi.
Zardushtiylikda kishini holdan toydiradi degan fikrga ko’ra, ro’za tutish man etilgan.
Inson holdan toysa, o’z zimmasiga yuklangan vazifani bajara olmaydi, ya'ni Axura
Mazdaga yordam bera olmaydi. Bu esa, yovuz kuchlarning ezgulik kuchlari
ustidan g’alaba qilishiga sharoit yaratib beradi, deyiladi kitobda. Och qolish va
yaxshi ovqatlanmaslikning inson xulqining shakllanishiga ham ta'sir etishi quyidagicha
ta'kidlanadi: «Oziq-ovqat yaxshilanishi bilan xalqning axloq-odobi ham kuchayadi. Non
mo'1-ko'1 bo’lsa, axloqiy so’zlar, ilohiy fikrlar yaxshiroq idrok qilinadi».
Zardushtiylikda may iste'mol qilish ta'qiqlanmagan. Mayni me'yorida iste'mol
qilish kishi organizmini mustahkamlaydi, ya'ni ovqat yaxshi hazm bo’ladi, qon
yaxshi yurishadi, kishi yaxshi uxlaydi, bu holatlar esa uning unumli ravishda aqliy
mehnat qilishiga yordam beradi, kishilar o’rtasida do’stona munosabatlarning qaror
topishiga ko’maklashadi, axloqi yomon kishilar bilan axloqi yaxshi kishilarni bir-
biridan ajratib olishiga yordam berishi qayd etib o’tiladi.
Zardushtiylikda dunyo noz-ne'matlaridan voz kechish talab etilmaydi, balki noz-
ne'matlarni me'yorida iste'mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson
hayotining«Yaxshi kun ko’rish uchun zarur narsalar mo'l-ko'lchiligida»



16
xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari


suriladi.
«Ard yasht»ning 17-bobi baxt muammosiga bag’ishlanib, unda moddiy
farovonlikka erishish birinchi o’ringa qo’yiladi. Axloqan mukammal bo’lgan
insonning baxt-saodatga erishishi muqarrar ekanligi ta'kidlana-di. Insonning baxt-
saodatga ega ekanligini ko’rsatuvchi omillar sifatida quyidagi holatlar keltiriladi:
uning sog’-salomatligi, uzoq umr ko’rganligi, sevimli xotini va bolalarining borligi,
oziq-ovqatining mo'1-ko'lligi. Ular-ning uy-joylari shinam, chorvasi mo'1, uzoq-uzoq
vaqtlargacha mo'1-ko’lchilikda yashaydilar.
Biroq baxt-saodatga erishish uchun mehnat qilish lozim. Shu bois, baxtga
erishishning yagona va ishonchli yo’li mehnat qilish ekanligiga alohida e'tibor
qaratiladi: «Chorvadorlar to’q bo’lishi uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq
lozim».
Zardushtiylik talimotiga ko’ra, oila muqaddas hisoblangan. Oila qurish ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan. Erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo’lgan holda
oila qurmasa, unga muayyan jazo berilgan. U qopga solib kaltaklangan, peshonasiga
tamg’a bosilgan yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur etilgan. Ko’p bolali
oilalarning davlat tomonidan mablag’ bilan ta'minlashi yolga qo’yilgan. Egizak yoki
bir yo’la uchta farzand ko’rgan ayollarning maxsus ravishda taqdirlanishlari e'tirof
etilgan. Zardusht g’oyalariga ko’ra, naslning sog’lom bo’lishi, qavm qonini toza
saqlash, turli irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin
qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan.
«Ovisto»da inson omili, uning salomatligini ta'minlash masalasi alohida bayon
etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida qo’llanilib kelayotgan va kishilar
salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida
raa'lumotlar beriladi. Bildirilgan fikrlar mazmuniga ko’ra mavjud kasalliklarni
davolashda dorivor o’simlik(giyoh)lar yordamida tayyorlangan vositalardan
samarali foydalanilgani ma'lum boladi. Ana shunday dorivor vositalar sirasida
kunjut, ko’knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi,
shakar, shira hamda sedananing nomi qayd etiladi. Ayrim kasalliklarni bartaraf etishda
dorivor o’simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi va urug’laridan
tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta'kidlanadi.
Xulosa qilib aytganda, «Ovisto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida
uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat
qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan
boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha
ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning
inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan
muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb
xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan
masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht
g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda
ham yuqori bolishiga olib kelgan.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə