Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Imom Ismoil al-Buxoriy
«Sahih» yo’nalishining asoschisi eng etuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida «Amir
ul-mo'minin», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning peshvosi») degan
sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810-yilning 13-mayida (ba'zi manbalarda 810-
yilning 20-iyulida) (hijriy 194-yil shavvol oyining 13-kuni) Buxoroda tug’ilgan.
Go’dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10
yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki
ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq
va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi' ibn Jarroh kabi olimlar
to’plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda
ishtirok etgan.
'
Imom Ismoil al-Buxoriy 825-yili, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga
safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini
ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bag’dod, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi
shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar
suhbatlarida ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab boradi. Olti yil Hijoz
shahrida yashab, u erda etuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, Qohira,
Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fiqh ilmi bo’yicha ta'lim
oladi. Allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars
ham beradi.
Imom Israoil al-Buxoriy iste'dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bolgan.
Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtida ko’pincha qorong’u
kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga
bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni
qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba'zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar
ekan»(U. Uvatov).
Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish
mumkin.
Rivoyatlarga ko’ra, u qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba mutoala qilsa,
unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma'lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom
Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming
g’ayrisahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos
«Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma'lum bo’lmagan hadis, albatta, ishonchli
hadis emasdur», — deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning
aytishicha, «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas».
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi:
«Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid
ibn Ismoil aytadi: «Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi.
Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq



34
solibgina o’tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis


rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?—deb ta'na
qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab
olayotirman, - dedida, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan
yoddan o’qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning
yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo'ldik».
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan talim oladi. Manbalarda
alloma ustozlarining soni to’qson nafarga yaqin bo’lgan deb ko’rsatiladi. Muhammad
ibn Yusuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-
Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-
Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar -Ishoq ibn
Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masna-diy, Muhammad ibn
Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn
Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli
inson ham bo’lgan. U hadis ilmining etuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda
shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis
eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kisbi ishonarli hadislarni
eshitgan. Malumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni
to’plagan, 100 ming «sahih» va 200 ming «g’ayrisahih» hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va
ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ’ibotchisiga aylanadi.
Rivoyatlarga ko’ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-
Zuhaliy uni saroyga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imorn
Ismoil al-Buxoriy bu taklifga:
«Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak
bolsa, bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga
yuborsin», - deb javob beradi. Shu bois alloma bilan amir Xolid ibn Ahmad az-
Zuhaliy o’rtasidagi munosabatga putur etadi. Bunga ayrim hasadgo’y shaxslarning
ig’volari ham sabab boladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishiga farmon
beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o’z yurtlariga taklif etadilar.
Yo’lga chiqqan Imom Is-moil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo’lgan Hartang
qishlog’i (ho-zirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bolib qoladi va shu erda hijriy
256-yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872-yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi
va shu erga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning «A1-jome' as-
sahih» («Ishonchli to'plam»), «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «At-tarix
al-kabir» («Katta tarix»), «At-tarix as-sag’iyr», («Kichik tarix»), «Al-qiroatu xalfa-l-
Imom» («Imom ortida turib o'qish»), «Vaf ul-yadini fi-s-saloti» («Namozda ikki qo’lni
ko'tarish») kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha etib kelgan.
Ammo «At-tarix al-avsat» («O'rta tarix»), «At-tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «A1-
jome' al-kabir» («Katta to'plam»), «Kitob ul-hiba» («Hadya kitobi») nomli asarlari ham
bolganligi malum. Biroq ular bizgacha etib kelmagan. Shubhasiz, yuqorida
nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari «Al-jome' as-sahih»dir.



35
Bu asar «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat


mazkur kitobga 600 ming hadisdan 7275 eng «sahih» hamda 4000
takrorlanmaydigan hadis kiritilgan. Bu kitob Islom ta'limotida Qur'oni Karimdan
keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari etaklovchi ta'limotdir. Shu sababli
Qur'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga
kishilarning qafiy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome' as-sahih» asarining bir jildiga odob-axloq
masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, «Al-adab al-mufrad» («Adab
durdonalari») nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro
munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari
borasida yanada batafsil malumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan
1322 hadisni o’z ichiga oladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə