Alaliyali bolalar nutqini logopedik tekshirish motori Reja



Yüklə 55,44 Kb.
səhifə7/9
tarix11.02.2023
ölçüsü55,44 Kb.
#100629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alaliyali bolalar nutqini logopedik tekshirish motori

Til mashqlari. Tilni keng holatda ko`rsatish - og’izni kirgizish, tilni keng holatda pastki lab ustiga qo`yish, yuqori lab tomon ko`tarish - tilni og’izga kirgizish, og’izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko`rsatish; tilni tor holda tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni og’izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og’izni ochish, tilni surib qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta kaytariladi.
Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash, yo`talish ko`rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho`zib, keyin bo`lib-bo`lib talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish.
Mashqlar taqlid asosida va so`z qoidasi bo`yicha bajariladi.
Artikulyasion apparak a’zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida harakatning bor yoki yo`qligi, harakatning bajarilish darajasi (to`liq, noto`liq) va bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo`zg’aluvchanlik); harakatni aniq bajarish ko`nikmasi; Artikulyasion a’zolarni ko`rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o`tish; harakatlar tezligi; sur’ati me’yorda (sekinlashgan, tezlashgan) aniqlanadi
Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me’yori:

  • harakatni aniq, to`liq, me’yorda bajaradi.

  • bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi.

  • harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi.

  • bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o`tadi.

  • harakatni logoped yordami bilan bajaradi, mustaqil o`zi bajara olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi.

  • harakatni bajara olmaydi.

Tovushlar talaffuzini tekshirish
Tovushlar talaffuzining holati logopedik praktikada umumiy qabul qilingan quyidagi tartib bo`yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko`rsatiladi, bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so`zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch o`rinda kelishi kerak: so`zning alohida talaffuzida, bo`g’inlarda, so`zlarda va jumlalarda tekshiriladi.
O`zbek tilida so`zda undosh tovushlarning mos kelishi:
Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s);
Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch);
Sanor tovushlar (l, r, ng);
Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x);
Jarangli tovushlar (v, b, d);
Unli tovushlar (a, o, u, u).
Rasmlarni tanlash me’yorlari:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo`lishi;

  • idrok tasvirlangan so`ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli munosabatni uygotish;

  • hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo`yicha biz quyidagi shakllarni belgiladik:
a) tovush yo`qligi; b) tovushning almashtirilishi; v) tovushlarning nutqda mustaxkam bo`lmasligi (bunda tovush ba’zi so`zlarda to`g’ri talaffuz etiladi, ba’zi so`zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi); g) tovushni buzib talaffuz etish.


Yüklə 55,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə