Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasi



Yüklə 236,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü236,26 Kb.
#150583
1   2   3
11-мавзу

4.2.
 
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, 
qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining 
hozirgi holati va rivojlantirish yo’nalishlari 
 
O’zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuasining 3-sohasi nisbatan yaxshi 
rivojlangan. Jumladan, agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi meva va savzavotlarni 
qayta ishlash sanoati jadal va barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasida oziq- 
ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan tarmoqlar qatoriga kiradi. Respublika oziq-ovqat 
sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: 

bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarani qayta ishlash tarmoqlari. Bularga: un-krupa, 
yog’-moy, kraxmal, sut, go’sht, choy, shakar, vinochilik uchun xomashyo mahsulotlarni 
tayyorlash sanoati kabi tarmoqlar kiradi; 

oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlaridan keng foydalangan holda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarani ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Bularga: mevasabzavot sanoati 
korxonalari, sut va go’sht mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqaruvchilar, pivo va vino 
ishlab chiqarish sanoati korxonalari kiradi; 

non va non mahsulotlari, makaron, salqin ichimliklar, qandolatchilik, kolbasa, 
rafinadlangan qand, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar; 

baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar

Tuz ishlab chiqarish korxonalari. 
O’zbekiston keyingi yillarda vaqtinchalik baliq va boshqa suv hayvonlari 
mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar tugatilgan. Albatta keyinchalik bozor 
talabi va mavjud iqtisodiy sharoit ushbu korxonalarning istiqbolini belgilaydi. 
1991 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 9 foizni tashkil etgan 
bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizni 2015 yil yakunlariga ko’ra 25,2 foizni tashkil 
etdi. 2016 yilning birinchi yarim yilligida sanoatning ulushi 33,5 foizga yetdi. 
2004 yilda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 13,2 foizi 
oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 15,1 foizni tashkil 
etdi. 
Mamlakatda juda katta yog’-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. Bu sohada 
asosiy muammo yog’-moy ishlab chiqarish uchun homashyoning nisbatan yetishmasligidir. 
Demak respublikada moy beradigan ekinlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq. 


Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati 
juda katta. Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi 
yirik chorva fermalarining tugatilishiga olib keldi. Natijada sutni va go’shtni 
qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil davomida deyarli bekor qola boshladi. Bu, 
quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda: 

sohada ishlaydigan ishchi, xodimlarning asosiy qismi o’z ishlarini 
o’zgartirishlariga majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz 
qolishlariga sabab bo’lmoqda; 

davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha 
bo’yicha kamayishga olib kelmoqda; 

chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning 
(ikkinchi darajali mahsulotlar: qon, ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida 
bo’ladigan yem- xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab 
bo’lmoqda; 
Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut 
zavodlari quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va 
korxonalarda turlicha) foizdan oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim 
bo’lgan ishlar ko’p. Respublikada mavjud qayta ishlash korxonalarining ishlab 
chiqarish quvvatlaridan to’liq va samarali foydalanishning mo’’tadil 
yechimlarini topish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilishi zarur. 
2014 yilda yengil sanoat respublika sanoatida 14,1 foizni tashkil etdi. 
Hozirda asosiy e’tibor o’zimizda yetishtirilayotgan homashyoni 3-4 bosqichda 
qayta ishlash vazifasi tkribdi. Bu paxta tolasi bo’yicha bir so’mlik homashyo 
o’rniga 7 so’mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi va 
mamlakatdagi ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yaxshilash imkoni 
beradi. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlardan bo’lib, hozirda ushbu masalaga ustivorlik statusi 
berilgan. 
Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika agrasanoat majmuasida yetishtirilgan 
paxta tolasi dunyo talablariga to’liq javob beradigan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lmoqda. 

Yüklə 236,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə