Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasi



Yüklə 236,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü236,26 Kb.
#150583
1   2   3
11-мавзу

4.1.
 
Agrosanot majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi
qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining 
ahamiyati va iqtisodiyotidagi o’rni 
 
Agrosanoat majmuasi 3-sohasining ahamiyati har qanday davlat iqtisodiyoti uchun 
beqiyos. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bu sohaning salmog’i ayniqsa yuqori. 
Malakat mehnat resurslarining 22 foiziga yaqini shu sohada band. Yalpi ichki 
mahsulotning 23 foizga yaqini shu tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligida 
yetishtirilayotgan mahsulotlarning nobud bo’lmasligi avvalo shu tarmoqlar rivojiga bog’liq. 
Agrosanoat majmuasi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish ham asosan shu 
tarmoqlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ular aholini yuqori sifatli mahsulotlar, 
ish joylari bilan ta’minlashda ham alohida o’rin tutadi. 
Mamlakat aholisining ish bilan ta’minlanishida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlar sotuvchi tarmoqlar va xizmatlarning 
ahamiyati beqiyos. Bu tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatda ishsizlik muammosini 
yumshatadi va unga barham berish imkoniyatlarini kengaytiradi, yetishtirilayotgan qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’lishining oldini oladi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi 
kunda yetishtirilayotgan ba’zi turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 30 foizgachasi 
nobud bo’lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri agrosanoat majmuasi 3-sohasining
yetarli darajada rivojlanmaganligidadir. Yuqoridagilarni hisobga olib sohaning ahamiyati va 
iqtisodiyotdagi o’rnini quyidagilar bilan belgilash mumkin: 

qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning nobud bo’lishini oldini oladi va 
natijada katta iqtisodiy samara beradi; 

aholini ish 
bilan 
ta’minlashni yaxshilaydi, ijtimoiy masalalarni yechimini 
optimallashtiradi; 

qishloq xo’jaligini imkon darajasida bir me’yorda moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi; 

aholining turmush darajasini oshiradi

qishloq xo’jaligini unga xos bo’lmagan funktsiyalardan (mahsulotni saqlash, tashish va 
x.z.) ozod qiladi; 

mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi; 

aholini yilning turli fasllarida sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni yaxshilaydi; 

qishloq aholisining mehnat malakasini oshiradi; 

mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini sifatli ta’minlaydi. 
Agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatning 
iqtisodiy strategiyasining bosh yo’nalishlaridan bir hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor yengil 
sanoatni rivojlantirishga qaratilmoqda. Hozirgi paytda yengil sanoatni rivojlantirishda 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor kuchaytirildi. Bu sohada vujudga kelayotgan 
yangi qo’shma korxonalar yangi texnika va texnologiyaning kirib kelishiga olib kelmoqda. 
Bundan tashqari aholini ish bilan bandligi oshishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash quyidagi hajmda bajarilmoqda: 


Mevalar – 15%, sabzavot – 10%, poliz mahsulotlari – 5%, uzum – 23%, teri –
26%, jun – 15%, go’sht – 25%, sut – 5%, paxta xomashyosi – 25%. 
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yalpi mahsulotni yetishtirishda kichik va
o’rta korxonalar salmog’i 60-70% tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasida yalpi 
mahsulotni yetishtirishda kichik korxonalarni salmog’i 1991 yilda 1,5% tashkil etgan bo’lsa, 
2000 yilga kelib u 31%ni 2015 yil yakunlarga ko’ra 56,7 foizni tashkil etdi. 
Qishloq xo’jalig mahsulotlarani saqlash va qayta ishlash bo’yicha Markaziy Osiyo 
davlatlari xalqlari uzoq yillik tajriba va bilimga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
saqlash va qayta ishlash masalalari bo’yicha Markaziy Osiyoda 9-12 asrlarda bir qator 
asarlar paydo bo’lgan. Ibn Al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn 
Rashta (12-asr), Xazrad Mashhadiy Sayid Muhammad (12-asr) kabilarning asarlarida 
qishloq ho’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash haqida ma’lumotlar berilgan. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va 
saqlash masalalari juda qadimdan o’rganilgan va yillar o’tishi bilan takomillashib rivojlanib 
borgan. 

Yüklə 236,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə