Adabiyot 11-sinf indd


«DeVONu luG‘OT AT-TuRk» ASARi HAqiDA



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«DeVONu luG‘OT AT-TuRk» ASARi HAqiDA
«Devonu lug‘ot at-turk» XI asrda yozilgan bo‘lsa-da, 
unda jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyoti-
ning ancha qadimgi davrlarida vujudga kelgan. Ular xalq 
og‘zaki ijodi 
ning juda qadimiy namunalaridir. Ularda turkiy 
xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e’tiqodlari, marosimlari bilan 
bog‘lanib ketadigan badiiy lavhalar ko‘p.
Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag‘ish-
langan. Alp Er To‘nga
1
marsiyasi, 
«Oltin qon»
rivoyati, 
Yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi 
parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq 
afsonalar shular jumlasidan. 
Bu yodgorlik vositasida XI asrgacha bo‘lgan adabiyotdagi 
bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari 
haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
«Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar 
bor. Muallif 
hikmatli so‘zlar
,
 saj’lar
,
 maqollar
,
 rajaz 
va
 nasr
deb atalga n adabiy parchalar haqida gapirib o‘tgan. Shuning-
dek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar bergan. 
Jumladan:
Yir – 
kuy, maqom... Ko‘pincha bu so‘z she’rga nisbatan 
qo‘llanadi. Bu so‘z 
ir
tarzida ham talaffuz qilinadi.
Qo‘shug
‘ – she’r, qasida, qo‘shiq.
1
Alp Er To‘nga – shaxs nomi. A l p – alp, botir, pahlavon.


57
«Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini 
to‘rt­
lik
lar tashkil qiladi. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadi-
gan she’riy janrlar (
to‘rtlik

ruboiy

tuyuq

murabba’
 
)ning 
ri 
vojlangani ma’lum. Mahmud Koshg‘ariy ularni, asosan, 
qo‘shug‘
yoki 
she’r
deb nomlagan.
Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan baho-
dirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnat 
shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi 
mavzulardir.
«Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq 
bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi. Ularda xalqning 
urf-odati, yashash tarzi, mashg‘uloti, ishonch-e’tiqodlarining 
ifoda 
si juda ochiq ko‘rinadi. Ularda turkiy xalqlarning ha-
yot manzara 
lari o‘z aksini topgan. Yigitlarni ishga safarbar 
qilish, meva terish, ovchilikka yo‘naltirish qadimgi turmush 
tarzining ayrim lavhalaridir. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə