Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
493
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
samarali ekanligini ko„rsatadi. Tadqiqot davomidagi barcha mashqlar o„z
yo„nalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus tayyorgarligi
asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy,
maxsus jismoniy, texnik, taktik,
o„yin tayyorgarligi. Xar bir tayyorgarlik turida o„zining yetakchi omillari borki, ular
yordamida ko„zlagan maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi
tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy bog„liq. Misol uchun agar o„quvchi jismoniy
yaxshi tayyorlanmagan bo„lsa, u xujumda zarba berish texnik mashqini yaxshi bajara
olmaydi. Bunday holda o„quvchini jismoniy tomondan chiniqtirish,
zarba berish
usulini ko„p marta takrorlashdan ko„ra foydaliroqdir.
XULOSA
Magistrlik dissertatsiyasi bo„yicha adabiyotlar tahlili hamda savolnoma
natijalari shundan dalolat berdiki, o„rta umumta‟lim maktablarida jismoniy tarbiya
darsini to„g„ri
rejalashtirish, tashkil qilish, ayniqsa dars mazmuniga jiddiy e‟tibor
qaratish o„quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, ularni muntazam
mashg„ulotlarga jalb qilish borasida muhim ahamiyatga ega. Lekin, so„rovnoma
natijalari maktablarda jismoniy tarbiya darslarini maqsadga muvofiq tarzda o„tkazish
yo„lga qo„yilmagan.
Umumiy o„rta ta‟lim maktabining 5-6 sinf o„quvchilaridan
iborat nazorat va
tajriba guruhlarida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, jismoniy tarbiya
darslarida qo„llaniladigan mashqlar (nazorat guruhida) o„quvchilar faolligi
susaytirish, befarqlik, qolaversa jismoniy qobiliyatlarini yetarli
darajada rivojlantira
olmas ekan. Aksincha, dars jarayonida qo„llanilgan uslublar va har xil mashqlar
nafaqat yuqorida qayd etilgan usullarni tajriba guruhidagi o„quvchilarda samarali
rivojlantirish
ega ekanligi isbot qilindi, balki shu o„quvchilarning darsga bo„lgan
qiziqishi, faolligi va kayfiyatlariga ijobiy ta‟sir etganligi kuzatildi.
Tadqiqot asosida samaradorligi o„rganilgan kompleks mashqlarni har bir
darsda va darsdan tashqari sharoitlarda muntazam qo„llash o„quvchilar o„rtasida
jismoniy tarbiya jarayonini faol pog„onaga ko„tarish, ularning jismoniy tarbiya va
sportga bo„lgan qiziqishi ortishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: