Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
489
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
2. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o„quvchilarning
aylanma mashq
uslubiyatidan foydalanib kuch qobiliyatlarini kompleks mashqlar orqali rivojlantirish.
Tadqiqot uslublari:
maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarning nazariy tahlili,
anketa so„rovi, pedagogik kuzatuvlar, pedagogik tajriba,
matematik statistika
uslublari foydalanildi.
F.A.Kerimov, M.N.Umarovlarning (2005), fikriga ko„ra sportdagi yuklamalar
ta‟siridagi o„zgarishlar inson skeletida, mushaklarida, ichki organlarida va umumiy
morfologik maqomida yuzaga keladi. Shuning uchun shug„ul-lanuvchilarning
morfologik
xususiyatlarini, shuningdek, yo„naltirilgan mashg„ulot yuklamalari
ta‟sirida ularning dinamikasini o„rganish hamda hisobga olish zarurati muhim
ahamiyatga ega.
jismoniy tarbiya ta‟limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya”
maktab kursi
maktabning o„quvchilar sog„lig„ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy
sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko„nikmalarini
shakllantirish, o„z-o„zini jismoniy takomillashtirish
istak va ehtiyojlarini
shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o„stirish faoliyatida
asosiy bo„g„in hisoblanadi.
Mashg„ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang„ich sinf
o„quvchilari uchun 8-10 soat, 5-11-sinf o„quvchilari uchun 10-12 soat harakat
rejimini ta‟minlab berishi kerak.
A.Abdullaev, Sh.Xonkeldievlarning (2005), fikricha belgilangan hajm
o„quvchilarning ko„rsatilgan guruhlari uchun yetarli
darajada zarur va minimal
darajada majburiydir. Nosog„lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali
o„quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o„rnatiladi.
O„quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash muammosini o„rganadigan tadqi-
qotchilarning ta‟kidlashicha, ularning o„qishi va kasb tayyorgarligida jismoniy
tarbiya munosib o„rin egallashi lozim [5]. Bolalar sportida yuqorida qayd qilingan
ikkala belgi shunday ifodalanganki, o„quvchilarning sport faoliyati darsdan tashqari
hisoblanib, o„quv fani sifatida umumta‟lim maktablari o„quv rejalari va dasturlariga
qisman kiritilgan
va sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari muassasalaridagi
mashg„ulotlar shaklida alohida ahamiyat, e‟tibor bilan ko„ngilli tarzda yo„lga
qo„yiladi [6,7].
Dostları ilə paylaş: