Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
490
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
nimalardan iboratligi, uning mazmuni,
tashkil qilinishini, bolalarni harakatga
o„rgatish metodikasini bilishni talab qiladi. Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy
tarbiya
jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi
va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga
tayyorlashni nazarda
tutadi.
Maktab yoshi harakatga o„rgatish uchun eng qulay yoshdir. Xuddi mana shu
yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo„zg„olishiga ega
bo„ladilar va shunga ko„ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo„lishi
bilan ajralib turadilar. 14-15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi
me‟yoriga etadi. Maktabni tugallash davriga kelib o„quvchilar
xilma-xil darajadagi
harakat malakalariga ega bo„ladilar. Bu o„z navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat
faoliyatida va ijtimoiy hayotda turmushda, o„zlarining sog„ligini mustahkam-lashga,
jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qo„llay oladilar.
Darsni yuqori saviyada o„tkazish, dars davomida o„quvchilar faolligini
ta‟minlash,
beriladigan vazifa, ko„rsatma va mashqlar ijrosiga ularni ongli
yondoshishlariga erishish, jismoniy tarbiya darsiga mehr va hurmat uyg„otish
o„qituvchining nafaqat kasbiy mahorati va sifatli ishlab chiqilgan dars bayon-
nomasiga, balki uning shaxsi va insoniy fazilatlariga ham bevosita bog„liqdir.
Maxsus jismoniy tayyorgalikka umumiy vaqtning 10% ajaratilib,
u asosan
umumiy mashqlanaganlikni saqlab turish va maxsus mashqlanganlik va ish
qobiliyatini o„stirishga erishish bilan uzviy bog„liqdir. Bunda asosiy e‟tiborni ish
qobiliyatini tez va to„liq tiklab olishga yordam beruvchi vositalarga qaratish lozim.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda asosan e‟tibor tezkorlik, tezkor-kuchlilik va
maxsus chidamkorlikni (ayniqsa sakrashda va zarbali harakatlarda)
sifatlarini
rivojlantirishga yo„naltirilishi kerak [8,9].
O„rgatish uslublari yordamida, bilim, ko„nikma va malakalarni egallash,
harakat qobiliyatlrini, irodaviy va ahloqiy sifatlarni rivojlantirish
vazifalari amalga
oshiriladi. Murabbiy mashg„ulotlarda u yoki bu harakat faoliyatini o„rgatadi,
tushuntiradi va ko„rsatadi, shug„ullanuvchilar esa uni egallab oladilar.
Mashg„ulotlarda o„rgatish uslublarini tanlashda, pedagogik vazifa, material mazmuni
va o„quvchilar tayyorgarligini e‟tiborga olish lozim. Jismoniy tarbiya darslari va sport
mashg„ulotlari jaryonida
asosan uchta o„rgatish uslublari mavjud bular: so„z uslubi,
ko„rgazmali uslub va amaliy uslublar. So„z va ko„rgazmalilk uslublari bevosita
harakatlarni amalda qo„llash, ya‟ni mashqlarni bajarish uchun
zamin yaratadi. Barcha uslublar o„zaro bir-biri bilan bog„liq holda
kompleks qo„llaniladi [4,7] .