Academic R



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#142425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ta-lim-jarayonida-mobil-ilovalardan-foydalanishning-pedagogik-asoslari

919 April, 202 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journa



2
l


S. A. Shennikov, A. G. Teslinov, A. G. Chernyavskaya va boshqalar ta'lim jarayoni tuzilishiga uchta muhitni (ta'limiy, ijtimoiy, kasbiy) integratsiya qilish g'oyasiga asoslanadi [7].
Biz tadqiqotimizda mobil ilovalardan foydalanib tashkil etilgan ta‟limning pedagogik jarayoni siklik xarakterga ega ekanligi, uni uch: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichga bo'lish mumkinligini keltiramiz.
Tayyorgarlik bosqichida, bizning fikrimizcha, quyidagi vazifalarni hal qilish kerak: a) maqsadlarni belgilash, b) shart-sharoitlar diagnostikasi va yutuqlarni prognozlash, c) mobil ilovalar yordamidagi ta'limning pedagogik jarayonini ishlab chiqish va rejalashtirish. Bu bosqichda zarur tarbiyaviy, moddiy, ma‟naviy, psixologik, estetik sharoitlar ta‟minlanadi, mavjud vaqt oqilona taqsimlanadi. Ta‟limiy mobil ilovalar mazmuni, ular yordamidagi ta'limning shakllari va usullarini rejalashtirish o'quv va tematik rejalarda amalga oshiriladi.
Mobil ilovalar yordamidagi ta'limning pedagogik jarayonini tashkil etish va amalga oshirishning asosiy bosqichi ishtirokchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning quyidagi elementlarini o'z ichiga oladi: faoliyatning maqsad va vazifalarini belgilash va tushuntirish, ularni pedagogik jamoa tomonidan qabul qilish; mobil ilovalar ishtirokidagi ta'limning pedagogik jarayonini tashkil etishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini amalga oshirish; barcha sub'yektlarning o'zaro ta'sirini ta'minlash; qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan xavfsizlik va ekologik tozalikni ta'minlash; talabalarning faolligini rag'batlantirish bo'yicha turli tadbirlarni amalga oshirish. Asosiy bosqichda pedagogik o'zaro hamkorlik, nazorat qilish, jarayonni tartibga solish, ta'lim sub'yektlari faoliyatining mazmuniga tezkor tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. Bundan tashqari pedagogik jarayonda teskari aloqaning mavjudligi va uning amalga oshirilishi ta'lim va tarbiyaviy muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə