Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə9/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235
2- курс мажмуа лотин

4-semestr
19.Blek bo‘yicha I sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
20.Blek bo‘yicha II sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
21.Blek bo‘yicha III sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
22.Blek bo‘yicha IV sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
23.Blek bo‘yicha V sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
24.Blek bo‘yicha VI sinfli karies kovaklarini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
25. Blek bo‘yicha karioz bo‘shliqlarinin charxlash, davolovchi, ajratuvchi tagliklar va sementdan doimiy plombalar qo‘yish.
26.Gipoplaziyada tish qattiq to‘qimasini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
27.Giperesteziyada tish qattiq to‘qimasini davolashning klinik bosqichlari.
28.Ponasimon nuqson, nekroz va tish qattiq to‘qimasi eroziyasida tish qattiq to‘qimasini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
29.Tishlarni mexanik va kimiyoviy jarohatlarida tish qattiq to‘qimasini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
30.Elektroforez usulida giperesteziyani davolash.
31.Tishlarni oqartirish usullari.
32. Karioz kovakni nur bilan qotuvchi kompozit plomba ashyosi bilan restavratsiyalash.
33.Patologik emirilishda tish qattiq to‘qimasini restavratsiya qilishning klinik bosqichlari.
34. ART- usulida plombalash texnikasini o‘tkazish.
35. Fissuralarni germitizatsiyasini o‘tkazish.
36. Tish qattiq to‘qimasining nokaries kasalliklari bo‘yicha kasallik tarixini yozish.


Modul davomida o‘quv klinik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Talabalarning Klinik restavratsion stomatologiya moduli bo‘yicha klinik o‘quv amaliyoti ta’lim jarayonining 50% tashkil qiladi va poliklinikaning terapevtik stomatologiya va stomatologiya bo‘limlarida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1-Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun kerakli asbob anjomlar ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi.
Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim.
2-Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni kadamma-kadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoyish etiladi, algoritm asosida bosqichma-bosqich to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba amaliy ko‘nikmani mustaqil, biroq pedagog nazorati ostida mulyajlar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlarda, talabalar o‘zaro bir-birida ko‘p marta mashq qilib o‘rganadilar. Boshida barcha bosqichlarini alohida, so‘ng umumlashtirgan holda to‘liq va to‘g‘ri bajara olgandan so‘ng bemorda qo‘llashga ruxsat beriladi (imitatsion trening).
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy ko‘nikmalar qadamma qadam algoritmi va videofilmi, o‘kuv-uslubiy qo‘llanmasi, bajarish sxemasi yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Mulyajlar, trenajyorlar, fantomlar va manekenlar, imitatorlar, asbob anjomlar bo‘lishi lozim va kerakli shart sharoitlar (maksimal darajada ish sharoitiga yaqin modellashtirilgan) yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘irlaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib o‘ziga namoyish etilishi, tanqidiy muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va so‘ngra muolajani takrorlaydi. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy ko‘nikma avtomatizm darasigacha etkazilishi maqsadga muvofiq.
3-Uchinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani bemor
(fantom, volonter) da qo‘llash. Bu bosqichda talaba o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmani turli hil klinik holatlarda (shu jumladan shoshilinch holatlarda) qo‘llashga, olingan natijalarni tahlil qilishga va shu ma’lumotlar asosida harakat taktikasini belgilashga pedagog nazoratida o‘rgatiladi.
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalalar va testlar to‘plami, keyslar, klinik protokollar, diagnostika va davolash standartlari, o‘rgatuvchi kasallik tarixlari va ambulator kartalar va x.q. ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda, balki komandada ishlashda ishtirok etadilar.
4-To‘rtinchi bosqich – hulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan ko‘nikmani bemorlarda, turli xil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida to‘g‘ri va to‘liq qo‘llay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko‘nikma o‘zlashtirildi deb hisoblanadi.
To‘rtinchi bosqichni amalga oshirish uchun talaba bemor bilan mustaqil ishlashi pedagog tomonidan nazorat qilinadi, tibbiy hujjatlarni, kasallik tarixini yozib himoya qilganda baholanadi. Tish qattiq to‘qima kasalliklarining barcha klinik turlarida kasallik tarixini yozish va himoya qilish ko‘zda tutiladi.
Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda modulni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
Amaliy ko‘nikmalarni shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jihatdan bajariladi va kundalik (amaliy ko‘nikma) daftarlarida aks etadi. Amaliy ko‘nikmalar assistent-talaba, talaba-fantom, talaba-volonter, talaba-bemor uslubida avtomatizm darajasiga etkazish lozim.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə