Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi


-mavzu: Nokaries kasalliklarini mahaliy davolash. 32-mavzu



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə8/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235
2- курс мажмуа лотин

31-mavzu: Nokaries kasalliklarini mahaliy davolash.
32-mavzu: Nokaries kasalliklarini umumiy davolash. Fizikaviy davolash usullari.
33-mavzu: Tish qattiq to‘qimasining nokaries kasalliklarida restavratsiyaning klinik tamoyillari.
34-mavzu: Tishlarni oqartirish usullari.Tish qattiq to‘qimalarining rezistentligini oshirish usullari.
35-mavzu: Tishlarni nokarioz kasalliklarida charxlashning biologik, mexanik va estetik tamoyillari.
36-mavzu: Tish qattiq to‘qimasining nokaries kasalliklari bo‘yicha kasallik tarixini himoya qilish.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
- Amaliy mashg‘ulotlarni maqsadini aniq belgilab olish;
- O‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
- Talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
- Talabani nazariy-metodik va klinik jihatdan tayyorlash.
Amaliy ko‘nikmalar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Klinik restavratsion stomatologiya moduli bo‘yicha klinik amaliyotni o‘tish davrida talabalar quyidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan:
3-semestr
1. Og‘iz bo‘shlig‘i daxliz qismini ko‘zdan kechirish.
2. Xususiy og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘zdan kechirish.
3. Perkussiya o‘tkazish.
4. Og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarini palpatsiya qilish.
5. Zondlash o‘tkazish.
6. Elektroodontometriya o‘tkazish.
7. Termodiagnostika o‘tkazish.
8. Metilen ko‘kining 2% li suvli eritmasi bilan bo‘yash usuli.
9. Kofferdam qo‘yish.
10.Dog‘ bosqichidagi kariesni davolashda remineralizatsiya terapiyasi o‘tkazish.
11.Dog‘ bosqichidagi kariesni ftorli lak yordamida davolash.
12.YUza kariesni karioz kovakni charxlash bilan davolash.
13.O‘rta kariesni davolash.
14.O‘tkir surunkali kariesni ikki qatnovda davolash.
15.Surunkali chuqur kariesni bir qatnovda davolash.
16. Fissuralarni germetizatsiya qilish usullari
17. Dog‘ bosqichidagi kariesni elektroforez usulida davolash.
18. Stomatologik xujjatlarni to‘ldirish qoidasi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə