Texnologik jarayonning tasnifi



Yüklə 44,79 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü44,79 Kb.
#156539
  1   2   3   4
TJA


PARALLEL TUZILISHLI TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISH
REJA:

  1. Texnologik jarayonning tasnifi

  2. Texnologik jarayonni boshqaruv obyekti sifatida tahlil qilish

  3. Parallel tuzilishli texnologik jarayonlar



  1. Texnologik jarayonning tasnifi

Texnologik jarayon - bu xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun amalga oshiriladigan operatsiyalar va tadbirlar ketma-ketligi. U materiallarni tayyorlashdan tortib tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilishgacha bo'lgan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi.

Texnologik jarayonning maqsadi mahsulotning ma'lum sifatiga erishish, xavfsizlik talablariga rioya qilish va resurslardan samarali foydalanishdir.


Texnologik jarayonning vazifalariga quyidagilar kiradi:
-Mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’qul usul va texnologiyalarni tanlash;
-Operatsiyalar va harakatlar ketma-ketligini ishlab chiqish;
-Kerakli uskunalar va asboblarni aniqlash;
-Harorat, bosim, tezlik va boshqa jarayon parametrlarini aniqlash;
-Ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat nazoratini tashkil etish;
-Samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun jarayonni optimallashtirish.
Texnologik jarayon bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, ularning har biri ketma-ket amalga oshiriladi va oldingi va keyingi bosqichlar bilan o'zaro bog'liqdir. U ma'lum bir sanoat va mahsulot turiga qarab ishlov berish, yig'ish, payvandlash, quyish, silliqlash va boshqalar kabi operatsiyalarni o'z ichiga olishi mumkin.
Texnologik jarayonning asosiy vazifalari:
Ishlab chiqarishni optimallashtirish
Texnologik jarayonning asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishni optimallashtirishdir. Bu shuni anglatadiki, jarayon maksimal samaradorlikka erishish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun tashkil etilishi kerak. Buning uchun operatsiyalarni to'g'ri taqsimlash, maqbul usul va texnologiyalarni tanlash, shuningdek mahsulotning ishlashi va sifatiga ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olish kerak.

Mahsulot sifatini ta'minlash


Texnologik jarayonning yana bir muhim vazifasi mahsulot sifatini ta'minlashdir. Buning uchun xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishning har bir bosqichini nazorat qilish kerak. Sifat nazorati mahsulotlarning talablar va standartlarga muvofiqligini tekshirishni, nuqsonlar va og'ishlarni aniqlash va bartaraf etishni o'z ichiga oladi.

Texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirish – uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘langandir. Ishlab chiqarishni boshqarishning eng asosiy yo'li - avtomatlashtirishdir. Avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo. Aytib o'tish joizki, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq. Qolaversa, iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi. Chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash. Binobarin, loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli,,yosh“ ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng eskiradi va yangilashni talab qiladi, shu jumladan, amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va jihozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda – avtomatlashtirish katta samara beradi. Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi. Ularning qiymati boshqarish vazifasi va obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABTlarni algoritmik ta’minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo‘yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foydalanish hajmi bo‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o‘z vaqtida,,ko‘rib chiqish“ kerak. Bu talablarga interativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin:
1) texnologik nazorat va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish;
2) ko‘p o‘lchashli, raqamli boshqirishda;
3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda;
4) optimallash va koordinatlashda.
Texnologik jarayonning borishi ustidan markazlashtirilgan nazorat qilish — boshqarish maqsadida yoki operatorga tayyorlash uchun axborotni BHM da maxsus hisoblash usullari orqali amalga oshiriladi. Axborotni markazlashtirilgan nazorat qilish mashinalari ham signallarni qayta ishlashi mumkin. Datchiklarning sezgir elementlari, odatda, chiziqli bo’lmagan statik tavsiflariga ega. Bu teskari funksional o‘zgartirish to‘g‘ri chiziqqa keltirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Uzluksiz signallarni diskret o'lchashda analog signalli so‘roqlash chastotasini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. So‘roqlash chastotasi kamayib ketsa, axborotning yo'qolishiga, o'chov chastotasi haddan tashqari oshib ketsa, sxemaning murakkablashishi va mashina vaqtining isrof bo'lishiga olib keladi. Agar o'lchanayotgan qiymatning kattaligi kerak bo'lsa va u analog signalining so‘rash paytiga mos tushmasa, ekstrapolatsiya (yoki interpolatsiya) usullari ishlatiladi. Bizni qiziqtirayotgan o'lchanayotgan sonning qiymatini so‘roqlashlar natijalari asosida olish kerak boisa, unda ekstrapolatsiya usuli qo'llaniladi. Agar oxirgi analog signalining so‘roqdan oldingi oichanayotgan qiymati zarur bo’lsa, interpolatsiya usulidan foydalaniladi.


  1. Yüklə 44,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə