Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə4/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
2- курс мажмуа лотин

Modulning maqsadi - talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik va zamonaviy texnologiyalar orqali, ya’ni tish qattiq to‘qima kasalliklarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinikalari, tashxis va qiyosiy tashxislari, davolash usullari hamda ularni oldini olish choratadbirlarini o‘rgata borish va shakllantirishdan iborat.
Modulning vazifalari:
− modulning bo‘limlariga tegishli bilimlar bilan talabalarni bosqichmabosqich tanishtira borish, o‘rgata borish va ko‘nikmalarni hosil qilish;
− yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, talabani klinik fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bilimini saqlash darajasini oshirish;
− terapevtik stomatologiyada zamonaviy usullari to‘g‘risidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatish;
− sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish;
− modul sohasiga taalluqli tish qattiq to‘qima kasalliklari tashxisi va qiyosiy tashxisi bosqichlarini, davolash va profilaktika usullarining zaruriy jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berish.
− talabaning klinik fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan standartga mos amaliy ko‘nikmalarni assistent-talaba, talaba-fantom, talaba-volontyor(bemor) uslubida avtomatizm darajasiga etkazish.

II. Asosiy nazariy qism ( ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
3-semestr
1-mavzu. Terapevtik stomatologiyada aseptika va antiseptika.
Tushuncha. Sterilizatsiyaga talablar. Qo‘llaniladigan vositalar va usullar.
2-mavzu. Terapevtik stomatologiya klinikasida bemorlarni tekshirish usullari. Tish emali va boshqa qattiq qavatlarning tuzilishi va vazifalari.
Terapevtik stomatologiya klinikasida bemorlarni tekshirish usullari, kasallik tarixini to‘ldirish, deontologiya, emal va boshqa qattiq qavatlarning tuzilishi, vazifalari, karies kasalligini epidemiologiya va etiopatogenezi, tasnifi. Kariesni patologik anatomiyasi. Emal kariesi. Dentin kariesi. Sement kariesi. Ildiz kariesi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə