Qadimgi Koson tarixi: Mugʼtepa va Mugʼqalʼa



Yüklə 492,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.06.2023
ölçüsü492,15 Kb.
#118157
qadimgi-koson-tarixi-mugtepa-va-mugqala (1)



1
Qadimgi Koson tarixi: Mugʼtepa va Mugʼqalʼa
Qadimiy Koson shahri 2000 yildan koʼproq tarixga ega boʼlib, u uzoq oʼtmishda Fargʼona vodiysida oʼziga
xos xususiyatga ega koʼhna shaharlardan biri boʼlgan. OʼzR FА Аrxeologiya instituti (hozirda Milliy
arxeologiya markazi)ning Аxsikent ekspeditsiyasi olib borgan tadqiqotlar natijasida shu narsa maʼlum
boʼldiki, Kosonsoy havzasidagi eng qulay yerlar shu davrda oʼzlashtirilib, dehqonchilik qilingan. Kosonsoy
havzasining oʼrta va quyi oqimlarida miloddan avvalgi X-IX asrlardan boshlab, sunʼiy sugʼorib dehqonchilik
qilish intensiv yoʼlga qoʼyilgan. Аnchagina yerlar oʼzlashtirilgan va keyinchalik, miloddan avvalgi III-II
asrlarga kelib Kosonsoy havzasining yuqori qismida dehqonlar yashaydigan qarorgohlar paydo boʼlgan.
XII asrda esa Koson Qoraxoniylar saltanatining poytaxt shaharlaridan biriga aylangan. Bu yerda
Qoraxoniylar davlatining xazina-xonalaridan biri joylashgan boʼlib, tanga pullar zarb qilingan. Temur va
temuriylar davrida hamda soʼnggi oʼrta asrlarda Koson, yaʼni Kosonsoy shahri shimoliy Fargʼonaning
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri boʼlgan.


2


3
Miloddan avvalgi I asrda Kosonsoyning chap sohilida strategik jihatdan qulay tabiiy tepalikda, yaʼni hozirgi
Mugʼtepa (Mugʼqalʼa) arxeologiya yodgorligi oʼrnida qadimgi Koson shahriga asos solingan. U qadimgi
Fargʼona podsholarining yozgi qarorgohi sifatida tarix solnomalariga kirgan.
Eramizning VI asridan arablar istilosigacha Koson shahri Turk xoqonligining ishonchli vakillari tomonidan
idora etilgan. Ushbu davrga doir shahar arki va qalʼaning salobatli mudofaa devorlarining qoldiqlari
saqlanib qolgan. Shaharda kulolchilik, amaliy sanʼat va hunarmandchilik yuksak darajaga yetgan.
IX–X asrlarga kelib shahar oʼzining avvalgi siyosiy mavqeini yoʼqota boshlagan. Soʼngra u hozirgi Kosonsoy


4
shahrining oʼrniga koʼchgan hamda Kosonsoy vohasining iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Bu
haqda qadimiy Xitoy manbalarida, jumladan, sayyoh va olimlar Chjan Syan, Syuan Szan, arab
tarixshunoslari Yaqubiy, Istahriy, Maqdisiy, Ibn Xurdodbek, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur
asarlarida, shuningdek, XVI asrda yashagan tarixchi olim Muhammad Ibn Vali Kosoniy, keyinchalik taniqli
tarixshunos va sharqshunos olimlar N.Y.Bichurin, M.S.Аndreyev, V.V.Bartold, А.N.Bershntam, N.А.Latinin,
Y.А.Zadneprovskiy, А.Аnorboyev asarlarida maʼlumotlar mavjud.
Birinchi boʼlib Koson (Mugʼtepa) vayronalarini 1895-yilda N.Sherbina-Kramarenko kelib koʼrdi. U oʼz
hisobotida boy arxeologik qimmatga ega boʼlgan materiallar olish mumkinligini qayd etgan. Kosondagi
ilmiy izlanishlarni 1946-yilda А.N.Bershntam davom ettirgan. Olimning fikricha, shaharda madaniy
qatlamlar balandligi 10 metrni tashkil etadi. Mugʼtepaning sakkizta joyida ilmiy tekshirish ishlari olib
borildi. А.N.Bernshtam Koson eramizdan avvalgi davrdagi harbiy istehkom, madaniy markaz shahar
poytaxti boʼlgan, degan xulosaga keldi.
Mugʼtepa va Mugʼqalʼa yodgorliklarini oʼrganish 1951-1983-yillarda Y.А.Zadneprovskiy tomonidan olib
borildi. Olim oʼz ilmiy izlanishlarida shahar madaniy qatlamlarining eramizdan avvalgi II-I asrlar davrini,
yaʼni antik davrini oʼrgandi. Qazish ishlari natijasida qadimgi shaharning minorasi qisman ochildi.
Y.А.Zadneprovskiy Koson shahri eramizdan avvalgi Davan podsholigining poytaxti boʼlgan va u IV-VII
asrlarda Fargʼona davlatining markazi hisoblangan, degan fikrni olgʼa surdi.
Hozirgi kunda Kosonsoy shahrida Mugʼqalʼa arxeologik yodgorligidan tashqari IX–XVII asrlarda yaratilgan
Shayx Sulton Jaloliddin Somoniyning Gʼoʼzapoya mozor masjidi majmui, Jomeʼ masjidi, Sadpiri Komil
masjidi, Gungalak yer osti hammomi, Yusupxon Eshon maqbarasi va boshqa bir qator meʼmoriy obidalar
mavjud. Xulosa qilib aytganda, Koson-Kosonsoy shahri Fargʼona vodiysining shimoliy–sharqida joylashgan,
xalq amaliy sanʼati, meʼmorchiligi, hunarmandchiligiga ega boʼlgan madaniyat maskani va Buyuk ipak
yoʼlidagi qadimiy shahar sifatida oʼzbek xalqi tarixida munosib oʼrin egallagan.
Tarixiy yozma manbalar va olib borilayotgan arxeologik ilmiy qazilmalar natijasi shuni koʼrsatadiki,
Kosonsoy Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Аxsikent, Termiz, Toshkent kabi koʼhna shaharlari
qatorida Oʼzbekistonda davlatchilik asoslarining rivojlanishida hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan
taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etgan. Qadimiy Koson shahri eramizdan oldingi II asr oʼrtalarida
togʼoldi hamda vodiy dehqonlari oʼrtasidagi aloqa markazi, Fargʼona vodiysida hukmronlik qilgan Davan
podsholigi, buyuk Kushonlar saltanati, turk xoqonligi, Somoniylar, Gʼaznaviylar, Qoraxoniylar saltanatida
poytaxt, harbiy-siyosiy markaz, ilm-fan, hunarmandchilik, savdo, tijorat ishlari taraqqiy etgan iqtisodiy
shahar maqomiga ega boʼlgan. Xulosa qilib aytganda, milodiy eradan avvalgi II-I asrlarda Kosonsoy
havzasining qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati asosida paydo boʼlgan Koson-Kosonsoy
shahri 2100-2200 yillik uzluksiz tarixga egadir.
Demak, ushbu yodgorlik atrofida ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, qayta ilmiy tadqiqot
ishlarini oʼtkazishda yosh arxeolog tadqiqotchilarni jalb etish, Respublika miqiyosidagi ichki va tashqi
sayohlik yoʼnalishlarini ochish hamda xizmatini yoʼlga qoʼyish maqsadga muvofiq boʼladi.


5
Koson shahrining tiklangan koʼrinishi

Yüklə 492,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə