Abdulla qodiriy nomidagi


“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA HUKMDORLAR OBRAZI HAQIDA



Yüklə 112,6 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü112,6 Kb.
#160005
1   2   3   4   5   6
QO‘SHAROV HOKIM HUSANZODA

1.2 “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA HUKMDORLAR OBRAZI HAQIDA
“Saddi Iskandariy” qahramonlik epopeyasi Navoiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yorqin bir koʻzgusi boʻlib, unda adolatli va ma’rifatparvar podsho boshchiligida markazlashgan davlat uchun kurash gʻoyasi ilgari suriladi. Bu gʻoya Iskandar shaxsi va uning faoliyatida mujassamlantiriladi.
Iskandar nomi ostida, odatda, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida Iskandari Zulqarnayn, Iskandari Rumiy yoki Iskandar Maqdon deb yuritilgan Aleksandr Makedoniyalik tasavvur qilinadi.1
Iskandar tarixiy shaxs boʻlib, Aleksandr Makedoniyalik nomi bilan butun dunyoga shuhrati yoyilgan yunon podshohidir. U oʻzining qisqa, ammo shiddatli hayoti davomida qariyb yer yuzining yarmini zabt etib, markazlashgan davlat barpo etishga ulgurgan jahongir edi.
Oʻttiz uch yil umr koʻrgan bu qudratli fotih obrazi kishilik jamiyatining doimo diqqat markazida boʻlib kelgan. Zamonlar oʻtishi bilan dunyoni larzaga solgan Aleksandr shaxsi, uning zafarli gʻalabalari afsonalar qobigʻiga oʻralib, tarixiy qiyofasi oʻzgartirilgan holda talqin qilina boshlandi. Natijada afsonaga aylangan Aleksandr obrazi Iskandar nomi bilan Sharq xalqlarining zabardast shoirlari asarlari qahramoni uchun prototip boʻlib xizmat qildi.
Zamonlar oʻtishi bilan Iskandar haqida turli-tuman asarlar yaratildi va Iskandar tarixiy zamindan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima bir obrazga aylanib bordi. Iskandarni yo odil, yoki zolim podshoh obrazi sifatida tasvirlash, uni jahongir va faylasuf sifatida talqin etish bir adabiy an’ana tusini oldi.
Rumlik fotih Iskandar haqida toʻlaqonli obraz yaratib, uni markaziy siymo sifatida Sharq adabiyotida ilk bor talqin qilgan shoir – buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy boʻldi. U talqin qilgan Iskandar obrazi Dehlaviy, Jomiy va Navoiy asarlarida ham oʻz aksini topdi.
Iskandar haqidagi dostonda Iskandarning kelib chiqishi, nasl-nasabini aniqlashda shoirlar oʻrtasidagi qarama-qarshilikni yechishda Navoiy ustozi – Jomiy soʻziga tayanadi. Jomiy soʻzini eng moʻtabar dalil deb biladi va dostonda voqea yoʻnalishini shu asosda hal qiladi.
Navoiy dostonga Iskandar obrazini bosh ijobiy qahramon qilib oldi, lekin uning qozongan zafarlariyu erishgan buyuk muvaffaqiyatlarini, shon-shavkatiyu buyuk qudratini ulugʻlashni maqsad qilib qoʻymadi. U buyuk hukmdorning inson sifatidagi ijobiy xislatlarini va jahongirlik darajasiga erishuvi yoʻlida uning tabiatida roʻy bergan salbiy oʻzgarishlarni va nihoyat jahondor shohning qismati nima bilan tugaganini tasvirlashni maqsad qilib qoʻydi. Ikkinchi maqsadi esa, an’anaviy Iskandar obrazi orqali hayoti davomida yigʻilgan boy turmush tajribalarini oʻrtoqlashmoqchi, doʻsti Husayn Boyqaroga adolatli podshoh qanday boʻlishi kerakligi haqida nasihatlar qilmoqchi boʻladi. Shu bois Navoiy Iskandar obrazini ilohiylashtirmaydi, uning xarakteridagi ziddiyatlarni oshkora tasvirlaydi.
Skandarki farrux jahondor edi,
Ne shahliqqa matlub anga bor edi.2
Doimo xalqning osoyishtaligini koʻzlagan Navoiy askar surib jahonni egallamoq shohlik emas, balki haq hadya etgan zamindan tinchlik bilan hamma narsaning shukronasini qilib oqilona foydalanish haqiqiy shohlikdir, deya uqtiradi va dostonda tilga olingan yaqin doʻsti va shahzodani Iskandarning xalq farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida amalga oshirgan ishlaridan ibrat olishga, xalq manfaatiga zid keladigan ishlaridan oʻzini tutishga da’vat etadi. Demak, Navoiy Iskandarni ideal inson sifatida ham, ideal shoh sifatida ham tasvirlashni maqsad qilib qoʻymagan, balki uni qanday boʻlsa shundayligicha tasvirlab, inson va shoh sifatidagi xislatlarini ochib bergan.
Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida koʻplab tarixiy va afsonaviy podshohlar obrazini uchratish mumkin. Ularning ayrimlari adolatli, odil podshoh sifatida tasvirlanib, ibrat namunasi oʻrnida keltirilgan boʻlsa, boshqalari zolim, zulmkor hukmdor sifatida namoyon boʻladi.
Masalan, “Saddi Iskandariy” dostonining XXV bobida keltirilgan quyidagi baytda ikki tarixiy podshohlar nomini yonma-yon koʻrishimiz mumkin:
Eshittimki, Chingizu Xorazmshoh,
Adovatqa chun boʻldilar kiynahoh.3
Tarixdan ma’lumki, Chingizxon va Xorazmshoh bir davrda yashab, hukmronlik qiladi va ular oʻrtasidagi ayovsiz jang Chingizxon gʻalabasi bilan yakun topadi. Bu bobda Navoiy tomonidan shohlarning bir-biriga adovati tufayli jahon xalqi qiyin ahvolda qolishi, doʻstlik va bir-biriga jonfidolik esa doimo gʻolib boʻlishi haqidagi fikrlar ilgari surilgan.
Shuningdek, “Saddi Iskandariy”ning bir necha oʻrinlarida shoir qahramonning buyuk qudratini ta’riflashda an’anaviy Jamshid obrazining shavkat va hashamatidan foydalanadi.4
Yana shoh raxshanda xurshiddek,
Jahon mulki fathigʻa Jamshiddek.5
Barchamizga ma’lumki, tarixchilar Eron hukmdorlarini toʻrt tabaqaga ajratganlar, bular: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar. Navoiy oʻz asarida mana shu toʻrt tabaqaga mansub hukmdorlarni birini adolatli shoh sifatida, boshqasini zolim hukmdor sifatida talqin qiladi.
Jumladan, “Saddi Iskandariy” dostonida peshdodiylar tabaqasidan Kayumars, Hushang, Tahmuras, Manuchehr, Nuvdar, Tahmosp, Garshosp, Kirshosp, Faridun, Jamshid, Zob Tahmosb, Zahhoklar; kayoniylar tabaqasiga mansub Gushtosp, Kayqubod, Kaykovus, Kayxisrav, Tahamtan, Doro, Bahman, Asfandiyor, Iskandar, Dorob, Buxtunnasr, Muhrosb, Nev, Siyovushlar; ashkoniylardan Ashk bin Doro, Ardavon, Ashkon, Bahrom ibn Shopur, Gudarzi Ashgʻon, Gudarzi Tiyri, Narsi ibn Gudarz, Yalosh ibn Feruz, Yalosh ibn Bahrom, Hurmuz ibn Yaloshlar; sosoniylardan Anushirvoni Hurmuz, Kisri, Ardasher ibn Hurmuz, Yazdajurd, Bahrom binni Yazdajurd, Bahrom (Varaxran V), Narsi ibn Bahrom, Nushirvon, Parviz, Feruz ibn Yazdijird, Yalosh ibn Feruz, Hurmuz ibn Shopur, Hurmuz ibn Narsi, Husrav Parvez ibn Hurmuzlarning nomlari keltirilgan.
“Xamsa”ning oxirgi dostoni “Saddi Iskandariy”da ilgarigi toʻrt dostonda oʻrtaga tashlangan masalalarga munosib, ibratli javoblar beriladi, goʻyo aytilgan fikrlarga yakun yasaladi.
Kishilik tarixida shunday siymolar borki, ularning har qaysi davrda oʻz talqini, oʻziga xos badiiy qiyofasi yaratiladi. Badiiy adabiyotda bunday obrazlar an’anaviy obraz sifatida yashaydi. Bunday obrazlar sirasiga podshohlar obrazini kiritish mumkin. Hukmdorlar obrazi murakkab obraz sifatida koʻpgina tadqiqotlarga obyekt boʻla oladi. Birgina Alisher Navoiy asarlaridagi hukmdorlar obrazi alohida tadqiqotni, qiyosiy kuzatishni talab etuvchi mavzudir. Demak, tadqiq etishda davom etamiz…


Yüklə 112,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə