Abdulla qodiriy nomidagi


“Saddi Iskandariy” dostonlaridagi xulosaviy boblar sharhi



Yüklə 112,6 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü112,6 Kb.
#160005
1   2   3   4   5   6
QO‘SHAROV HOKIM HUSANZODA

2.2 “Saddi Iskandariy” dostonlaridagi xulosaviy boblar sharhi
«Sab`ai sayyor» Alisher Navoiy «Xamsa»sining to`rtinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan va dostonning ilmiy-tanqidiy matniga ko`ra hajmi besh ming to`qqiz baytdan iborat. U aruzning hafif bahrida yaratilgan. Alibek Rustamov doston vaznini «hafifi musaddasi maxbuni mahzuf va maqsur, maqtu` va maqtu`i musabbag`» deb belgilaydi: foilotun (yoki failotun) mafoilun failun (yoki failon) yo fa`lun yohud fa`loi) (Karang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari, Ilmiy ishlar, filologiya fanlari, 27-kitob, ToshDU, Toshkent, 1964, 27-bet). Filologiya fanlari doktori S. Hasanov esa, «Sab`ai sayyor» dostonida hafif bahrining yetti xil ko`rinishi mohirona qo`llanilganini ta`kidlaydi. (Qarang: S. Xasanov. Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 177— 181).
Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida «Yana chun «Sab`ai sayyora» rasadin zamirim bog`labtur. Ashraf «Haft paykar»ning yetti hurvashin peshkashimg`a yarog`labtur» (Alisher Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, Toshkent, 196-7, 120-bet, deb yozgan va doston nomini «Sab`ai sayyora» deb atagan bo`lsa-da, ammo dostonning xotimasida:
Lutf bu nazm aro bag`oyatdur, G`araz ammo yeti hikoyatdur.
Chunki qoyil yeti musofir edi Ki, alar sayr ishiga mohir edi.
Bo`ldi chun bu raqam ishi tayyor, Qo`ydum otini «Sab`ai sayyor».— deb ta`kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir bo`lgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini «Sab`ai sayyor», ya`ni «etti sayyor (kezuvchi)» deb ataganini uqdiradi.
«Sayyor» so`zi lug`atlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi. Navoiy dostonidagi asosiy g`oya sayyohlar va ularning hikoyatlari orqali yoritiladi, lekin sayyoralar bilan bog`liq masalalar ham bor. Shunga ko`ra, Navoiy «sayyor» so`ziga uning ikkala ma`nosini yuklab, dostonni «Sab`ai saiyor» deb atagan. Qolaversa, Nizo-miyniig «Haft paykar» dostoni nomidagi «paykar» (1. go`zal, 2. surat), Dehlaviyning «Hasht behisht» dostoni nomidagi «behisht» (1. taxt, 2. jannat), Ashrafning «Haft avrang*idagi «avrang» (1. taxt, 2. sayyora) so`zlari ham ikkala ma`nosida ishlatilgan. Shuningdek, «sayyor» ham «paykar», behisht», «avrang» so`zlari kabi yopiq bo`g`in bilan tugallangan.
Demak, Navoiy doston nomlanishida ham salaflari izidan borgan va dostonini «Sab`ai sayyor» atagan. Asar nomi haqida qarang: P. Shamsiev. «Sab`ai saiyor» dostonining ilmiy-kritik tekstini tayyorlash prinцiplari haqida, Alisher Navoiy. «Xamsa», «Sab`ai sayyor», Toshkent, 1956, 8-bet; S. Ayniy. Asarlar. 8 jildlik, 8 jild, 1967, 299-bet; A. Rustamov. Navoiy «Bahromnoma»sining nomi haqida, O`zbek tili va adabiyoti masalalari, 1961, 3-son; N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1963, 531-bet; M. Muhitdinov. Talqinlarda olamcha ma`no, Toshkent, 1984, 161-bet.
Dostonning birinchi kirish bobi o`tmishdagi badiiy asarlarga xos bo`lgan an`anaviy «Hamd» bilan boshlanadi*. Unda Xudo olamning yaratuvchisi sifatida maqtaladi va dostonning mazmuni taqozosi bilan shoir bu bobda yetti raqamiga alohida e`tiborni qaratib, badiiy san`atlardan iltizomni qo`llagani holda falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo`lingani, yetti ko`k, yetti yulduz (haftaning kunlariga nisbat berilgan) kabilar haqida fikr yuritadi. Bahrom va Dilorom so`zlarini asl va majozniy ma`nolarda qo`llaydi va sayyoralar olami, kosmogonik mifologiya bilan bog`liq holda dunyoning yaratilishi haqidagi o`z falsafiy qarashlarini ifodalaydi. («Sab`ai sayyor»da «etti» raqamining qo`llanpshi haqida qarang: S. Xasanov. , Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 125—132; Dostonning kirish qismlarpi va doston tilining badiiy xususiyatlari haqida qarang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari. ToshDU, Ilmiy ishlar, 27-kitob, 1964 yil).
Dostonning ikkinchi bobi «Munojot» deb atalgan va shoirniig yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o`z aksini topgan. Dostonning barcha bobi sarlavhalari nasrning saj`li turida yozilgan. Dostonning bu bobi «na`t» bo`lib, payg`ambarlar ta`rifiga bag`ishlanadi. To`rtinchi bob, me`roj kechasi ta`rifida. Bu bobda payg`ambar (Muhammad Alayhissallotu-vassalam)ning ko`kka (olloh oldiga) ko`tariladigan tuni tasvirlangan bo`lib, dunyoning moddiyligi haqidagi shoir qarashlari, koinot sirlari va burjlarga aloqador falsafiy fikrlari bayon etilgan.
Bu bob so`z ta`rifida. Unda dunyo vujudga kelganidan beri so`z ham mavjudligi, so`z insonni boshqa mahluqotdan ajratib turishi haqida fikr yuritilib, «so`z» asaldan shirin, la`ldan ham rangdor kabi ko`p sifatlarda ta`riflanadi va so`zning qudrati va sehri xususida qalam tebratiladi.
1. «kun» arabcha so`z bo`lib, «bo`l», «paydo bo`l» ma`nolarini bildiradi. Bu yerda Navoiy dunyoning paydo bo`lishi haqidagi afsonaga asoslangan. Afsonaga ko`ra olloh yetti qavat osmon va yerni paydo qilishda birinchi marotaba «paydo bo`l» (kun) so`zini qo`llagan. Bu yerda so`zning paydo bo`lishiga ishora qilingan.
Bu bobda nasrdan nazmning afzalligi xususida hikoya qilinadi. «Besh ganj» jamlovchilari Nizomiy va Dehlaviylar madh etiladi. Shoir dastlabki baytlarda «so`z fani»— badiiy adabiyotda ikki uslub, ya`ni nazmiy va nasriy uslub mavjudligini ta`kidlab, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustun ekanligini isbotlar ekan, she`riy asarlarda chiroyli, ta`sirli ibora va badiiy san`atlarni ko`plab qo`llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa, sochib yuborilgan javohir kabi go`zallikdan mahrum deydi.
1. Maydondan to`pni olib chiqib ketdi, ya`ni «go`y va chavgon» o`yinida yutdi. Bu yerda Nizomiyga nisbatan, u masnaviy yaratshida birinchi bo`ldi, deyilmoqda.
2. Birinchi yaratilgan «Xamsa»ning muallifi —Abu Muhammad Il`yos Yusuf o`g`li Nizomiy (1141 y. Ozarbayjonning Ganja shahri—1209 y Nizomiyni dunyoga mashhur etgan, uning vafotidan so`ng bir kitob shakliga keltirilib, «Panj ganj»—«Xamsa» deb atalgan besh yirik dostonidir. Ular «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Etti go`zal») va «Iskandarnoma» bo`lib, Nizomiy bu asarlari bilan Sharq adabiyotida xamsachilik an`anasini boshlab berdi. Nizomiydan so`ng «Xamsa» yaratgan Xisrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiygina bu an`anani muvaffaqiyatli davom ettirdilar. Navoiy «Xamsa» dostonlarining barchasida Nizomiy «Panj ganj»ini alohida hurmat bilan tilga oladi va uning, asarlariga o`z xolis munosabatini bildiradi. Bu hol ayniqsa, uning «Haft paykar» dostoni xususida yorqin ifodalangan va «Sab`ai sayyor» dostonining maxsus boblarida o`z aksini topgan.
Navoiy «Nasoyimul-muhabbat» asarida ham Nizomiyni alohida hurmat bilan tilga oladi (Qarang: Navoiy, Asarlar, 15-tom, 176-bet).
3. Qorun(iy)—juda ko`p boylikka ega bo`lgan shaxs. Bu yerda Nizomiy «Xamsa»si Qorun xazinasining beshtasiga qiyos qilinmoqda.
4. Amir Xusrav Dehlaviy (1258—1325) fors adabiyoti klassiklaridan bo`lib, ikkinchi yaratilgan «Xamsa»ning muallifidir.
Xusrav Dehlaviy 1299—1301-yillarda Nizomiyning besh dostoniga javoban «Matlaul-anvor» (Yoritqichlarning chiqishi), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oyinai Iskandariy», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat») dostonlarini yaratib, «Xamsa» yaratish an`anasini boshlab berdi. Xusrav Dehlaviy bir qator epik dostonlar, tarixiy mavzudagi ko`plab asarlar, bir qancha ilmiy risolalar muallifi bo`lib, mutaxassislar fikricha, uning poetik merosi 99 (ba`zi tazkiranavislar 199) nomda bo`lib, 500 ming bayt atrofida. Xusrav «Xamsa» dostonlarini uch yilda yaratgan deyilsada, u birinchi to`rtta dostonini yozishga o`n oygina sarflagan. «Hasht behisht» esa, ikki yildan ortiq muddatda yozilgan. Chunki muallif o`z dostonini sakkiz hikoyat asosiga qurib, asarning asosini tashkil etgan Bahrom va Dilorom sarguzashti qatoriga yetti hikoyat qo`shar ekan, bu hikoyatlarning yangi, xushchaqchaq va shu bilan birga hayotiy bo`lishi uchun ko`p izlandi, hind folьklori, tarixi bilan qizikdi va ulardan keng foydalandi.
Navoiy «Sab`ai sayyor» dostonida Xusravga ergashib, doston voqeasining boshlanishi (Bahromning taxtga o`tirishidan), Bahrom sevgilisning «Dilorom» deb atalishi va Dilorom taqdirining ayrim jihatlarini saqlab qoldi.
Navoiy Xusrav Dehlaviyni faqat xamsanavislikda emas, balki she`riyatda ham o`z ustozi deb bildi vz qator asarlarida buni ta`kidladi (Qarang: Yo. Ishoqoz. Navoiy va Xusrav Dehlaviy «Navoiy va adabiy ta`sir masalalari» to`plam, Toshkent, 1968, 88—106-betlar); Navoiy «nasoyimul-muhabbat» asarida ham Xusrav Dehlaviy haqida ma`lumot keltirgan (Navoiy, Asarlar. 15-tom, 178-bet).
5. Ashraf—(taxallusi)—to`liq ismi Ashraf ibn Shayxul-umam Abulhasai ibn al-Hasan al-Marag`oyi at Tabriziy (tug`ilgan yili noma`lum, vafoti 1450 yoki 1460 yil). Ashraf Marag`oyi XV asrning ko`zga ko`ringan shoirlaridan. U to`rtga devon sohibi, «Xamsa» ijodkori. Ashraf «Xamsa»sining yagona nusxasi Sksfordning «Badlean» kutubxonasida (inv. .N«875) saqlanadi, 1457 yilda ko`chirilgan, 23630 baytdan iborat. Ashraf «Xamsa»si «Minhojulabror», «Riyozul-oshiqin, «Ishqnoma», «Haft avrang», «Zafarnoma» dostonlaridan iborat (Qarang: T. Mugarremov. Ashraf Maragai Tabrizi i unikalьnыy rukopisь yego «Xamsы», Dokladы AN Uz, 1980, T. XXXVI, №5; S. Xasanov. Poema «Sab`ai sayyor» (Semь skitalьцev) Alishera Navoi v sravnitelьno-tipologicheskom osveщenin, ADD, Tashkent, 1990).
Alisher Navoiy Ashraf va uning asarlariga yuqori baho beradi va «Xamsa» dostonlarining kirish qismida, «Majolisun-nafois» (Asarlar, 12-tom, 14-bet), «Muhokamatul-lug`atayn (14-tom, 120-bet), «Nasoyimul-muhabbat» (15-tom, 182-bet) asarlarida shoirga alohida o`rin ajratadi.
6. Bu baytlarda Navoiy «Xamsa» yaratgan ikki buyuk ijodkor (Nizomiy va Dehlaviy)lar oldida o`zini kamtar tutib, ularni shaxmat donalaridagi oq otu (Nizomiy), qora filga (Dehlaviy, o`zini oddiy piyodaga nisbat beradi (bu yerda tashbeh san`ati qo`llangan).
Dostonning bu bobi Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiyga bag`ishlanadi. Abdurahmon Jomiy fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasidir. U 1414 yilda tug`ilib, 1492 yilda vafot etgan. Jomiy ham yetti dostondan iborat «Silsilatuz-zahab» (Oltin zanjirlar), «Salomon va Absol», «Tuhfatul-ahror» (Himmatlilar tuhfasi), «Subhatul-abror» (Yaxshi kishilar tasbihi), «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Xiradnomai Iskandar» (Iskandarning donishmandlik kitobi)—«Xaft avrang» (Etti taxt) asarini yaratdi va xamsachilik an`anasiga yangicha ulush kiritdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Jomiy «Haft paykar», «Sab`ai sayyor» tipidagi doston yaratmagan. Prof. N. M. Mallaev buning sababini Jomiyning «Xiradnomai Iskandar» dostoni muqaddimasida keltirilgan quyidagi fikrlarda ko`radi;
«...Xiradnoma z-on ixtiyori man ast, Ki afsonaxoni na kori man ast. Zi asrori hikmat suxan rondan, Beh az qissahoyi kuhan xondan...
Mazmuni: Xiradnoma (donishmandlik kitobi)—mening ra`yi-xohishimdir, afsonalar hikoya qilmoq mening ishim emas. Hikmat sirlari haqida so`z so`zlash eski qissalarni hikoya qilishdan yaxshiroqdir...» Shunga ko`ra Jomiy o`z «Xamsa»sida «Haft paykar» tipidagi doston yaratmay, falsafiy-didaktik dostonlar miqdorini ko`paytirgan bo`lsa kerak» (N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, 1963, 278-bet). Darhaqiqat Jomiy «Xamsa»siga kiritilgan yetti dostondan uchtasi falsafiy-didaktik dostondir («Tuhfatul-ahror», «Subhatul-abror», «Xiradnomai Iskandar»). Shuningdek, Jomiy o`z davri fanining turli sohalariga — adabiyot nazariyasi, tilshunoslik, tarix, falsafa, musiqa ilmiga oid qator risolalar bitdi.
Alisher Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiyga juda katta hurmat bilan qaragan, o`z ijodiy faoliyatida ham, ijtimoiy ishlarida ham Jomiy bilan maslahatlashib turgan va ustozi fikrlariga amal qilgan.
Navoiy Jomiyga atab maxsus «Xamsatul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) nomli besh bo`limdan iborat asarini yozgan. «Xamsa» dostonlarining har birida Jomiyga alohida boblar ajratgan. Shuningdek, «Majolisun-nafois», «Nasoyimul-muhabbat» asarlarida Jomiyga bag`ishlangan ayrim ravzalar mavjud. «Muhokamatul-lug`atayn», «Mahbubul-qulub» asarlari va «Arbain» tarjimasida ham Navoiy o`z o`rnida ustozi to`g`risida juda iliq va samimiy fikrlarini bildirgan (Bular haqda qarang: «Jomiy va Navoiy». To`plovchi va nashrga tanyorlovchi P. Shamsiev, Toshkent, 1966).
1. Ibni Hojib laqabli Abu Amr Jamoliddin Usmon binni Umar (1175—1249)—arab tili grammatikasi bilimdoni. Jomiy Ibni Hojibning «Qofiya» asariga sharh bitgan. Bu asar «Sharhi Mullo» nomi bilan mashhur bo`lib, asrlar davomida Xuroson va Turkiston madrasalarida birdan-bir darslik sifatida o`qitib kelingan.
2. Jorulloh Zamaxshariy unvoni bilan mashhur bo`lgan Abul-qosim Mahmud binni Umar (1075—1144) xorazmlik olim bo`lib, arab tili va adabiyotiga oid asarlar bitgan. Uning ilmiy asarlari 15 adadga yetadi.
3. Tafsir — qur`on oyatlari izohi.
4. Ibn Hajar — qur`on oyatlari va payg`ambar hadislariga sharh bitgan olim.
5. Arbain —«Arbann hadis»— Jomiyning asari. Unda qirq hadis forsiyga tarjima qilingan. Bu asarni Navoiy 886 yil xijriyda turkiy tilga o`girgan. (1481—82 y.).
6. Imomi A`zam— Islom huquqshunosi Abu Hanifaning laqabi. Bu misrada Jomiy fiqh ilmida Imom A`zamga tenglashtirilmoqda.
7. «Lavome` fi sharh ul-xamriya» asari, 1470—71 y. da so`fiy shoir ibn al-Faridning «Qasidai Xamriya»siga sharh tarzida bitilgan. Ikkinchi misrada lavome` — yaltiroq ma`nosida. (Iyhom san`ati qo`llangan).
8. «Lavoyih»— Jomiyning so`fiy va mashoyihlar haqidaga asari. Ikkinchi misrada lavoyih— ravshanliklar ma`nosida.
9. «Ashi`atul-lamaot»— Jomiyning falsafa va tasavvufga oid asari bo`lib, Hamadoniyning «Lamaot» asariga sharhdir. Ikkinch misrada shu`la, ziyo ma`nosida.
10. «Tovu Mimiya»— Ibn Forizning (arab huquqshunosi) fiqhga oid «Toiya» kitobiga Jomiy bitgay sharh, risola.
11. «Shavohid»—Jomiyning «Shavohidun-nubuvvat» nomli nasriy asari (payg`ambarlardan guvohlik beruvchi).
12. «Nafahot»—Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotul — quds» (Pok zotlar huzuridan esgan do`stlik hush islari) nomli asari. Unda Sharqning yirik faylasuflari, sufiylik oqimining taniqli namoyandalari haqida qimmatli ma`lumot to`plangan. Fors-tojik tilida yozilgan bu asarni Alisher Nazoiy 1495—96-yillarda (hijriy 901) turkiy tilga to`ldirilgan holda tarjima qilgan. U «Nasoyimul-muhabbat min shamoyimul-futuvvat» (Ulug`lik xushbo`yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari) asaridir. Alisher Navoiyning «Nasonimul-muhabbat» asari Jomiyning «Nafahotul-uns» asari asosida yaratilgan tarjimagina bo`lmay, balki Farididdin Attor («Tazkiratul-avliyo»), Shayx Farid Shakarganj kitoblarida nomlari zikr etilgan so`fiylar va Ahmad Yassaviydan tortib Navoiy davrigacha yashagan mashhur mashoyhlar haqidagi ma`lumotlar bilan to`ldirilgandir.
13. «Tuhfatul-ahror (Himmatlilar tuhfasi)—Jomiyning «Haft avrang» nomli yetti dostonidan biri, 1481—82 y. da yozilgan.
14. «Subha»—Jomining «Subhatul-abror» (Yaxshilar tasbehi)
dostoni, 1482 y. da yozilgan.
15. «Silsila»—Jomiyning «Haft avrang» asariga kiritilgan doston. U uch kitobdan iborat bo`lib, «Silsllatuz-zahab» («Oltin zanjir») deb ataladi, tarkibida «Salomon va Absol», «Layli va Majnun» hamda «Xiradno mai Iskandariy» bor.
16. Oshiqu ma`shuq—«Hafi avrang» dostonlaridan Yusuf va Zulayho haqidadir. («Yusuf va Zulayho» kim, «Oshiq va ma`shuq» g`a mavsumdur». Asarlar, 14-tom, 41-bet).
17. Qasoyid — qasidalar. Ular shoir devonlari tarkibida berilgan.
18. G`azaliyot—Jomiy nazmlari uch devonga tartiblangan. Ular 1479 y. da tuzilgan «Fatihatush-shabob» (Yigitlik ibtidosi), 1489 y. da tuzilgan «Vasatul-iqd» (O`rtacha marvarid shodasi), 1491 y. da tartib berilgan «Xatimatul-hayot» (Hayotning xotimasi) devonlaridir.
19. «O`zga har fandakim, rasoyil anga»— Navoiy «Xamsatul-mutahayyirin» asarida Jomiyning 40 dan ortiq asarlari nomini keltiradi. Unda adabiyot sohalarnga aloqador asarlari (qofiya, musiqa. muammo, naqshbandiya va b.) ham sanaladi (Qarang: Navoiy Asarlar, 14-tom, 40—41-betlar). Navoiy ustozi Jomiyni faqat «Sab`ai sayyor» dostonidagina emas, balki boshqa bir qator asarlarida ham hurmat bilan eslaydi. Navoiyshunos olim, yirik matnshunos P. Shamsiev Navoiyning barcha asarlaridagi Jomiy ta`rifiga oid qismlarini to`plab, 1958 yilda «Jomiy va Navoiy» asarini chop etgan.


Xulosa
« Xamsa” obrazlar tizimida Iskandar obrazi bilan yonma-yon keladigan yetti hakim obrazi ham muhim istioraviy vazifa bajarishi bilan ahamiyatli. Ammo yetti hakim obrazi talqinida baʼzi munozarali jihatlar mavjud. Avvalo, ular “Saddi Iskandariy”da bir butun tizim sifatida keladi. Biri boshqasini taqozo qiladi, toʻldiradi. Dostonda Iskandarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, qiyin vaziyatlarda maslahat beruvchi, hikmat aytuvchi, dunyo va oxiratga doir masalalarda xulosa bildiruvchi obraz vazifasini bajaradi. Ayni paytda ularning doston syujetiga kiritilishining tub sababi Iskandar obrazini toʻldirishdir. Iskandar obrazisiz ularning barchasi maʼno-mohiyatini yoʻqotadi. Yettilik tizim sifatida olinishi ham Iskandar fotihlik yoʻlida zabt etgan yetti bosqich bilan bevosita bogʻliq. Navoiy mazkur bosqichlarni quyidagi tartibda beradi:
1) yetti iqlimni qoʻlga kiritdi;
2) yer yuzining Iskandar oyogʻi yetmagan biror burchagi qolmadi;
3) jahonning yetti oʻlkasida podshohlik taxt-saltanatini qurdi;
4) yetti dengizni fath etdi;
5) yaʼjuj-maʼjujga qarshi devor barpo etdi;
6) koinot jismlari, ularning harakatlarini oʻrganish uchun “Usturlob”, “Oinai jahonnamo”ni kashf etdi;
7) valiylik, paygʻambarlik maqomiga erishdi. Iskandar bajargan ushbu ishlarning barchasida mana shu yetti hakim asosiy rolni bajaradi.
Masalaning bahsli jihati shundaki, mazkur obrazlarga berilgan ismlarning barchasi (Sakrat, Platon, Geraklit, Pifagor, Aristotel va hokazo) antik yunon madaniyati vakillariga tegishli. Ushbu ismlar ularning sharq dunyosiga moslashtirilgan va ayni tarzda mashhur boʻlgan nomlaridan aynan olingan. Voqean, Navoiy “Xamsa”si yozilgunga qadar arab, fors va turkiy dunyoda bu nomlar faqat xalq tilidagi afsona sifatida emas, balki aniq ilmlar, fanlarning bilimdonlari sifatida taniqli edi. Ularning asarlari Sharq tillariga tarjima qilingan, baʼzilariga raddiyalar, sharhlar yozilgandi. Shu sabab aksar tadqiqotlarda Iskandar, uning otasi Faylaqus va yuqorida nomlari sanalgan yetti hakim bilan antik yunon madaniyatining tarixiy vakillari oʻrtasida bogʻliqlik bor, degan fikrlar uchraydi. Masalan, dostonga berilgan izohlarda: “Iskandar, Iskandar Zulqarnayn – Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu obrazning paydo boʻlishi tarixiy yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bogʻliq. Iskandar Qurʼonning surasida eslangan Zulqarnayndir” yoki “Suqrot, Sakrat (mil. av. 470 (469) – Afina – 399) – qadimgi yunon faylasufi” degan soʻzlarni oʻqiymiz.


Yüklə 112,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə