Ularning xususiyatlari



Yüklə 26,01 Kb.
səhifə1/3
tarix29.09.2023
ölçüsü26,01 Kb.
#124777
  1   2   3
Biznesga krish (1)

Farg’ona Davlat Universiteti


Sirtqi bo’lim 20.106guruh talabasi Maxmudov Sardor
Biznesga kirish
fanidan
tayyorlagan mustaqil
Ishi

JAMOA TADBIRKORLIGINING KO‘RINISHLARI VA
ULARNING XUSUSIYATLARI
Jamoa tadbirkorligi jam oa a’zolarining mehnati hamda jam oa 
a ’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo‘lib, yuridik 
shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi 
bir qator ko‘rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo­
perativi, xo‘jalik shirkati, xo‘jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat 
tashkilotlari va boshqalar.
Ishlab chiqarish kooperativi - bu fuqarolaming shaxsiy ishtiroki 
va mulkiy pay badallarini birlashtirib, birgalikda ishlab chiqarish yoki 
boshqa xo‘jalik faoliyati yuritish uchun a’zolik asosida tuziladigan ix­
tiyoriy birlashmadir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- kooperativ a’zolari soni 5 kishidan kam bo‘lmaydi;
- kooperativga yuridik shaxslar ham a’zo bo‘lishlari mumkin;
- a’zolaming huquqlari ular qo‘shgan pay miqdori bilan bog‘liq 
emas;
- pay miqdoridan qat’i nazar, kooperativning har bir a’zosi umumiy 
majlisda bir ovozga ega;
- foyda hamda kooperativ tugatilganda qolgan mol-mulk va mablag‘ 
a’zolarining mehnatdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlanadi;
- kooperativdan chiqadigan a’zo mulkdagi ulushini emas, balki 
faqat pay badalini oladi;
- a’zolar kooperativ majburiyatlari bo‘yicha subsidiar (qo‘shimcha) 
javobgar hisoblanadilar;
kooperativ yuridik shaxs bo‘lib, ta’sis hujjati ustavdir.Kooperativning mulki dastlab a ’zolarining pay badallaridan tashkil 
topadi. Kooperativni boshqarish organlari: oliy organi - uning a ’zolari 
umumiy majlisi; kuzatuv kengashi (uni tuzish shart emas); ijro organ­
lari boshqaruv va (yoki) raisdan iborat. Kooperativning boshqaruv or- 
ganlarini tuzishda nomzodlar faqat uning a’zolaridan tanlanishi shart.
X o‘jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli­
yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir- 
lashuvidir. Xo‘jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;
- to ‘liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo‘lib, shirkat 
majburiyatlari bo‘yicha o ‘z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja- 
vobgar hisoblanadilar;
- har bir shaxs faqat birta shirkatga to'liq sherik bo‘lishi mumkin;
- shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar 
ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.
X o‘jalik shirkatining ikki ko‘rinishi mavjud: to‘liq shirkat va kom­
mandit shirkati. Ishtirokchilari o ‘rtasida o ‘zaro tuzilgan shartnomaga 
muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan 
hamda uning majburiyatlari bo'yicha o ‘zlariga tegishli barcha mol- 
mulk bilan javob beradigan shirkat to ‘liq shirkat hisoblanadi. Bunday 
shirkat ishtirokchilari to ‘liq sheriklar deb ataladi. To‘liq sheriklar bi­
lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha faqat o ‘zlari qo‘shgan 
hissa doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash- 
maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo‘lgan shirkat kom­
mandit shirkati hisoblanadi. Shirkatning to ‘liq bo‘lmagan ishtirokchi- 
iari hissa qo‘shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. 
Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi 
kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to'liq sherikka aylanadi.
X o‘jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir 
yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo‘li bilan tashkil qilina­
digan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk bir­
lashtiriladi;
- ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar 
(qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
- tadbirkorlik tavakkali ustav sarmoyasiga qo‘shgan badal bilan 
cheklanadi (qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyatdan tashqari);
ustav sarmoyasi hissa qo‘shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo- 
lat hisoblanadi;
- ustav sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlami xabar­
dor qilish kerak.
X o‘jalik jamiyatining uch ko‘rinishi mavjud: m as’uliyati cheklan­
gan jamiyat, qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati. 
Mas’uliyati cheklangan jam iyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni­
dan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq­
dordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar 
javobgarligi o ‘zlari qo‘shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir. 
Qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to­
monidan ta’sis etilgan, ustav sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan 
miqdordagi ulushlarga bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchi­
lari o ‘zlari qo‘shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda 
subsidiar javobgar bo4ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor 
(bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha ja ­
vobgarligi boshqa ishtirokchilari o ‘rtasida ularning qo‘shgan hissala- 
riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xo^alik jamiyatining yana bir ko'rinishi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib 
hisoblanadi. Ustav sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jam i­
yat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari 
(aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va 
jamiyat faoliyati bilan bogHiq zarar uchun o ‘zlariga qarashli aksiyalar 
qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki 
turi - ochiq va yopiq ko‘rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyatida uning ishtirokchilari o‘zlariga qarashli aksiyalami boshqa 
aksiyadorlarning roziligisiz o ‘zga shaxslarga berishlari yoki sotish- 
lari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o ‘zi chiqargan aksiyalarga 
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan shartlar asosida ochiq obuna 
o‘tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har 
yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag‘ ini 
barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vosi­
talari da e ’lon qilishi shart.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o'zining 
ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxs­
lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqa- 
radigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi

mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va 


eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlar soni 
belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi 
lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko‘rinishlaridan biri unitar kor- 
xonadir. 0 ‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor 
tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla­
nadi. Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa 
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Lekin korxona 
o 'z majburiyatlari bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja ­
vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, 
u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va 
ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsad- 
da - xo‘jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi 
mumkin. Shunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo‘ladi: xo jalik yuri­
tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga f soslangan 
unitar korxona. X o‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, 
mulkdor, yoki u vakil qilgan organning qarori bilan tuzi'.adi, uning 
ta’sis hujjati ustav hisoblanadi. U sho‘ba korxona tashkil etishi mum­
kin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan, 
davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning 
ham ta’sis hujjati ustavdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli 
bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar 
bo‘ladi.
Notijorat tashkilotlarining ayrimlari ham u yoki bu darajada jam oa 
tadbirkorligini amalga oshiradilar. Ularga matlubot kooperativi, ja- 
moat birlashmalari, ijtimoiy fondlar (jamg‘armalar), muassasalar kiradi 
(9.1-chizmaga qarang).
Matlubot kooperativi - bu ishtirokchilaming moddiy (mulkiy) 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolaming a’zolikka asoslangan 
ixtiyoriy birlashmasidir. U o‘z a’zolarining mulkiy (pay) badallarini 
birlashtirish yo‘li bilan tuziladi. Matlubot kooperativining a’zolari 
ko‘rilgan zarami yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobay- 
nida qo‘shimcha badallar to ‘lash yo‘li bilan qoplashlari kerak. A’zolari 
uning majburiyatlari bo‘yicha har bir a’zo to‘laydigan qo‘shimcha 
badalning to‘lanmagan qismi doirasida subisidiar javobgar bo‘ladilar.
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati, bu-biznesdir) — bu tavakkalchilik asosida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish ishlarini bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o`zi tavakkal qilib va o‗z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyatini maqsadi, turi va yo`nalishiga qarab ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlariga ajratish mumkin. Va bular ham o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linib ketadi. 141 Ishlab chiqarish: innovatsion, ilmiy-texnik, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish, iste‘mol xizmatlari ko`rsatish, axborot; Tijorat: savdo, savdo-xarid, savdo-vositachilik, tovar birjalari; Moliyaviy: bank, sug`urta, auditorlik, lizingli, fond birjalari; Konsalting: umumiy bosharish, mamuriy boshqarish, moliyaviy boshqarish, xodimlarni boshqarish, marketing, ishlab chiqarishni boshqarish, axborot texnologiyasi. Ishlab chiqarish tadbirkorlikni yetakchi turi deb atash mumkin. Bunda mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi. Biroq bozor iqtisodiyotiga o`tishda aynan shu faoliyat sohasi eng ko`p salbiy o`zgarishlarga duchor bo‗ldi: xo`jalik aloqalari uzildi, moddiy-texnik ta‘minot buzuldi, mahsulotni sotish keskin pasaydi, korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashdi. Shunga qaramay ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlikning asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Ze‘ro, bunday tadbirkorlik faoliyatida mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma‘lum ma‘naviy qadriyatlarlar yuzaga keladi. Ishlab chiqarish tadbirkorligining innovatsion turida yangi g`oyalar, yangiliklar va innovatsiyalar amalga oshiriladi. Tovar ishlab chiqarish tadbirkorligi turida tovar ishlab chiqarish bilan bog`liq jarayon amalga oshiriladi. Iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish tadbirkorligida aholi ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli tovarlar ishlab chiqarish bo`yicha ishlar amalga oshiriladi. Tijorat (arab. — savdo-sotiq) — savdo va savdo-vositachilik faoliyati, tovarlar va xizmatlarni sotishda ishtirok etish yoki sotishga koʻmaklashish, kengroq maʼnoda esa tadbirkorlik faoliyati. Foyda olishga qaratilgan har qanday xatti-harakat tijoriy faoliyat bo`ladi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan ham bevosita bog`liq. Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisi bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyati. Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‗ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‗ziga xos xususiyati hisoblanadi. ―Moliyaviy tadbirkorlik‖ tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishdan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. 142 Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi. Moliyaviy tadbirkorlik faoliyati turlaridan bir bu auditorlikdir. Auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tadbirkorlik faoliyati. Yana bir tadbirkorlik faoliyatlaridan biri lizing hisoblanadi. Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo`lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko`rsatkich 5-10% ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Konsalting (maslahat berish) - bu biznes-jarayonlarni optimallashtirish, faoliyatning asosiy ko`rsatkichlarini oshirish va takomillashtirish bo‗yicha keng ko`lamli iqtisodiy, sanoat, tijorat va boshqa masalalar bo`yicha korxonalar rahbarlari va xususiy tadbirkorlarga pullik ekspert maslahatlarini berishdir. Konsaltingning maqsadi boshqaruv tizimining ( boshqaruv ) belgilangan maqsadlariga erishishida yordam berishdir. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. O`zbekiston Respublikasida ―Tadbirkorlik to`g`risida ‖gi qonunning 5- moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:  Yakka tartibdagi tadbirkorlik;  Xususiy tadbirkorlik;  Jamoa tadbirkorligi;  Aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amlga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo'linadi: shaxsiy tadbirkorlik; birgalikdagi tadbirkorlik.Matlubot kooperativi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Lekin undan 
olingan foyda a’zolari o‘rtasida taqsimlanmay, uning faoliyatini rivoj­
lantirish uchun ishlatiladi.
Jamoat birlashmalari - m a’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtyojla- 
rini qanoatlantirish uchun o ‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida 
tuziladigan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ularning a’zolari 
o‘zlari bergan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydi- 
lar. Jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha uning a’zolari, 
a‘zolarining majburiyatlari bo‘yicha birlashmalar javob bermaydilar. 
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish 
yoki o'zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ularga 
diniy tashkilotlar (birlashmalar), xayriya tashkilotlari, siyosiy partiya- 
lar va boshqa jam oat harakatlari kiradi.
Tadbirkorlikning keyingi shakli jamoa tadbirkorligi bo`lib, bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma‘qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoaga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati ma‘no jihatidan keng ma‘noli tushuncha. Biznes va tadbirkorlik faoliyati o`ziga xos ahamiyatga ega bo`lib, bunda tadbirkorlik shakillariga qarab xar xil turdagi imtiyozlar ega va jamiyat ayni shu tadbirkorlik, biznes, tijorat va boshqa tarmoqlar orqali o`zi uchun o`z kelajagini barpo qila oladi desak, yashash uchun zamin yarata oladi desak mubolag`a bo`lmaydi.
- Jamoa — biznesning hayot-mamotini hal qiluvchi omillardan biri. Zo‘r jamoa biznesni rivojlantirib, yangi cho‘qqilarga olib chiqa oladi. Shuning uchun bunda shoshma-shosharlik va yuzaki qarash ish bermaydi. Bundan kelib chiqadiki, tadbirkor jamoani tuzishga vaqt va kuchni ayamasligi kerak. Lekin uzoq yillik tajribalarimiz shuni ko‘rsatadiki, aksariyat tadbirkorlar o‘z jamoasini birdamligi, zo‘r ichki muhitni shakllantirish ustida deyarli ishlamaydi.
Ko‘pchilik xodimlarni ishga oldim, ular o‘zidan-o‘zi ishlab ketadi, deb o‘ylaydi. Bundan tashqari, tanish-bilish, qarindosh-urug‘ yoki shogird yonimda bo‘lsa, sadoqat bilan ishlaydi, deb xotirjamlikka beriladi. Lekin u xodim nima maqsadda keldi, qanday ishga layoqati bor, jamoaga nima bera oladi kabi savollarga javob izlamaydi.

Yüklə 26,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə