A O’quvchilarni ona tili faniga qiziqtirish b Vatanparvarlik g’oyalarini singdirish


O’qituvchi : Juda yaxshi , endi zidlov bog’lovchi qatnashgan qo’shma gaplar tuzamiz



Yüklə 73 Kb.
səhifə2/9
tarix02.05.2023
ölçüsü73 Kb.
#108103
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar

O’qituvchi : Juda yaxshi , endi zidlov bog’lovchi qatnashgan qo’shma gaplar tuzamiz .
1 – o’quvchi : Kecha yana qor yog’di , lekin havo unchalik sovuq emas edi .
2 – o’quvchi : Soni ko’p , ammo sifati yo’q .
3 – o’quvchi : Ular bir necha kun yurishdi , biroq hamon chegara ko’rinmasdi .
4 – o’quvchi : Xushnud yaxshi o’qiydi - yu , chiroyli yozmaydi .
5 – o’quvchi : Oyim meni koyidilar – u o’zlari yig’lab yubordilar .
62 – mashq
Zidlov bog’lovchilarini aniqlash .

  1. Ashular nihoyasiga yetdi , lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi .

  2. Bu daraxtning bo’yi baland , lekin mevasi kam .

  3. Oy yoriyadi , ammo isitmaydi .

  4. Maqtamasam moziyni , biroq o’tmishingni o’ylayman bir zum .

63 – mashq
Zidlov bog’lovchilari bilan - u ( -yu) , - da yuklamalari almashtirish mumkin bo’lgan gaplarni aniqlang .
1. Mayli , siz yashirdingiz , ammo men yashirmayman ( almashtirish mumkin emas )
2. Men o’z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman , lekin siz uni eshitishni xohlamayapsiz . ( - u yuklamasi bilan almashtirsa bo’ladi . )
64 – mashq
Gaplarni o’qib , zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplarni aniqlab ularni izohlash .
1 – o’quvchi : 1) Molu puling ketsa – ketsin , ammo vaqtingni zoye ketkazma - gapda ammo zidlov bog’lovchisi ishtirok etgan birinchi gapni ikkinchi gapga zidlab kelsin .
2 – o’quvchi : 2) Har kimning zari bo’lmasa – da hunari bo’lsin. - Bu gapda - da yuklamasi zidlov munosabatini ifodalab kelgan .
Musobaqa ;
O’quvchilar ikki guruhga bo’linishadi .
1 – guruh : Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap tuzadi 2 – guruh esa shu gapni zidlov munosabatli gapga aylantiradi .

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə